Rostov viloyati
?
Rossiya Federatsiyasi
tarkibidagi viloyat. 1937-yil 13 sentabrda tuzilgan. Janubiy federal okrugiga kiradi. Maydoni 100,8 ming km². Aholisi 4406,7 ming kishi (2002), asosan, ruslar, shuningdek, ukrain, arman, belorus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi ? 67,6%. Viloyat tarkibida 43 ma?muriy tuman, 23 shahar, 25 shaharcha bor. Markazi ? Rostov Don shahri. Boshqa yirik shaharlari: Taganrog, Shaxti, Novocherkassk, Volgodonsk, Novoshaxtinsk.
Rostov viloyati Rossiya Yevropa qismining janubida joylashgan. Janubi-g?arbda Azov dengizining Taganrog qo?ltig?iga tutash. Relyefi, asosan, tekislik. G?arbida Donetsk kryajining sharqiy etaklari (eng baland joyi ? 253 m), shimolida Don gryadasi, janubi-sharqda Yergeni qirlari, janubida KumaManich botig?i joylashgan. Foydali qazilmalari: temir rudasi, antratsit, kokslanuvchi kumir, kvarsit, ohaktosh, qurilish materiallari, osh tuzi, tabiiy gaz va boshqa
Iqlimi mo??tadil kontinental. Yanvarning o?rtacha temperaturasi ?9° dan (shimolida) ? 5°gacha (janubida), iyulniki 22°, 24°. O?rtacha yillik yog?in 400?650 mm. Vegetatsiya davri 165?180 kun. Asosiy daryolari ? Don va uning irmoqlari (Severe kiy Donets, Sal, Manich va boshqalar).
Qoratuproq, kashtan, sho?rtob tuproqlar tarqalgan. Har xil boshoklilar, betagachalov, shuvoq o?sadi. Tulki, sayg?oq, sassiqko?zan, yumronqoziq, qo?shoyoq, bedana, kaklik yashaydi. Viloyat hududida Rostov qo?riqxonasi joylashgan.
Sanoatining yetakchi tarmoqlari: mashinasozlik va metallsozlik, shu jumladan, qishloq xo?jaligi (kombaynlar, kultivatorlar va boshqa ? "Rostselmash" ishlab chiqarish birlashmasi), energetika; temirchilikpresslash ("Donpressmash" ishlab chiqarish birlashmasi), metallurgiya, neft, savdo jihozlari, metallsozlik stanoklari, asboblar, elektrovozlar (Novocherkassk elektrovoz zavodi), ekskavatorlar, optikamexanika, uyro?zg?or elektr asboblari, neftgazni qayta ishlaydigan jihozlar va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish. Qora va rangli metallurgiya, kimyo va neft kimyosi (kimyo tolasi, plastmassa, texnik rezina, lokbo?yoq mahsulotlari), oziq-ovqat (go?sht, yog?moy, konserva va boshqalar) sanoatlari ham rivojlangan. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Toshko?mir qazib olinadi (Donetsk havzasi). Novocherkassk va boshqa issiqlik elektr stansiyalari, Simlyansk GES bor. Qishloq xo?jaligining yetakchi tarmog?i ? dehqonchilik. Bug?doy, arpa, sholi, kungaboqar, poliz, sabzavot, kartoshka, yemxashak ekinlari ekiladi. Tokchilik va mevachilik rivojlangan. Chorvachiligi go?shtsutga ixtisoslashgan. Qoramol, qo?y va echki, cho?chqa, parranda boqiladi. Azov dengizi, Don, Severskiy Donets, G?arbiy Manich daryolarida kema qatnaydi. Dengiz porti ? Taganrog; daryo portlari ? RostovDon, UstDonetskiy. Transport yo?lilar uz. 1865 km, kattik qoplamali avtomobil yo?llar uz. 10988 km (2002). 16 oliy o?quv yurti, 8 muzey, 7 teatr, filarmoniya, sirk, kimiz bilan davolaydigan Manich iklim kurorti, Vyoshenskaya kurorti va 12 sanatoriy mavjud.
[1]
- ↑
O?zME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil