한국   대만   중국   일본 
Rostov-Don - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Rostov-Don

Koordinatalari : 47°14′0″N 39°42′0″E  /  47.23333°N 39.70000°E  / 47.23333; 39.70000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rostov-Don

Ростов-на-Дону
shahar
{{{rasmiy_nomi}}}ning bayrogʻi
Bayroq
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
47°14′0″N 39°42′0″E  /  47.23333°N 39.70000°E  / 47.23333; 39.70000
Mamlakat Rossiya
Federal subyekt Rostov viloyati
Hukumat
 ?  Hokim Mixail Chernishov
Asos solingan 1749
Qachondan beri shahar 1807
Maydon 354 km 2 (137 kv mi)
Markazi balandligi 50 m
Aholisi
  (2015)
1 115 000 [1]
Zichligi 3118 kishi/km 2
Milliy tarkib
Vaqt mintaqasi UTC+4
Telefon kodi 863
Pochta indeks(lar)i 344000?344999
Avtomobil kodi 61, 161
OKATO kodi 60401
Rostov-Don xaritada
Rostov-Don xaritada
Shahar Dumasi binosi.

Rostov-Don ( ruscha : Ростов-на-Дону ) ? Rossiyadagi shahar, Rostov viloyati markazi. Yirik temir yo?l, shosse va havo yo?llari tuguni. Daryo porti. Don daryosi bo?yida, uning Azov dengiziga quyilish joyidan 46 km uzoqlikda joylashgan. Aholisi 1 115 000 kishi (2015). [1] 7 tumanga bo?lingan.

Rostov-Don ? yirik sanoat markazi. Asosiy sanoat tarmoqlari: mashinasozlik, shu jumladan, qishloq xo?jaligi (?Rostselmash“ ishlab chiqarish birlashmasi va boshqalar), dastgohsozlik, aviasozlik, elektrotexnika, radioelektron, kimyo, yengil (ko?n-poyabzal, trikotaj birlashmasi, tikuvchilik fabrikalari), oziq-ovqat (tamaki, qandolat fabrikalari, go?sht mahsulotlari, vino zavodlari), yog?ochsozlik sanoatlari mavjud.

Shaharda 9 oliy o?quv yurti (shu jumladan, universitet), konservatoriya, 4 teatr faoliyat ko?rsatadi. O?lkashunoslik, tasviriy san?at muzeylari bor. Rostov-Donga 1749-yilda Temernitskaya bojxonasi va porti sifatida asos solingan. 1761-yilda mitropolit Dmitriy Rostovskiy sharafiga ?Rostovskaya“ deb nomlangan qal?aning qurilishi boshlangan. 1806-yildan Rostov-Don nomini olgan. 20-asr boshlarida Rostov-Don hududiga Naxichevan-Don shahri (1778-yilda asos solingan) ham kiritilgan. Ikkinchi jahon urushi davrida shaharni 2 marta nemis fashistlari egallagan. 1943-yilda ozod qilingan. [2]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]