Rok-musiqa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rock
Uslubiy ildizlari: Rock end roll , blyuz , kantri musiqasi
Madaniy ildizlari: 1940-lar oxiri, AQSh
Xos cholg?u asboblari : Gitara , Bass , Dovul , ba?zan Sintezator
Mashhurligi: 1950-lardan beri butunjahon
Yaqin janrlar: Alternativ rock - Xevi metal - Pank rock
Aloqador mavzular
Bekbit - Rock opera - Rock guruhi - Rock madhiya - Ijtimoiy ta?sir

Rok , rok-musiqa  ? 1950 -yillarda paydo bo?lgan zamonaviy musiqa yo?nalishi, shuningdek o?ziga xos turmush tarzi , submadaniyat . Atama butkul ta?riflanmagan, zero ba?zi musiqiy uslublarning rock-musiqaga aloqadorligi shubha ostidadir. Rock-musiqa keng tarmoqlangan: unga rock-n-rolldan metalgacha bo?lgan janrlar kiradi. Qo?shiqlar matni ham turfa: yengil, quvnoq she?rlardan to falsafiy, depressiv mazmunlilarigacha.

Rock-musiqa AQSh va Birlashgan Qirollikdan tarqalib, qo?shiqlar butun dunyoda ingliz tilida kuylangan. Lekin keyinchalik deyarli har bir mamlakatda milliy rock-guruhlar paydo bo?la boshladi. SSSRga rock-musiqa 1960 -yillarda kirib keldi. Shu yillarda O?zbekistonda , xususan Toshkentda ham rock-guruhlar yuzaga kela boshladi.

Rock musiqa 1950-yillarda AQShda tijoratko?ngilochar san?atining yangi (rocknroll) shakli sifatida yuzaga kelgan (B.Xeyli, F. Domino, E. Presli, Ch. Berri). O?sha davrda keng tarqalgan ?shirin ohang“ qo?shiqlar (F. Sinatra va boshqalar)ga qarshi o?laroq Rockda jo?shqin ritm, baland tovush (dinamika), g?ayratli va ehtirosli kuylash uslubi, qushiq matnlarida qo?pol (adabsiz) iboralar keng o?rin olgan. Rock ansambllar tarkibi asosini yakka xonanda, elektr (solo, ritm va bas) gitaralar va urma cholg?ular tashkil etadi. Ijro uslubi, ayniqsa, elektrogitaraning jarangdor, kuchli va ta?sirli ovozi, keng texnik va ifodaviy imkoniyatlar yordamida shakl topgan (J. Xendriks, R. Blekmor va boshqalar). 60-yillardan Rock Amerika va Yevropa yoshlarining jamiyatdagi iqtisodiy, siyosiy va axloqiy qadriyatlarga qarshi ijtimoiy (bitniklar, xippi, keyinchalik panklar va boshqalar) harakatlarning ma?naviy asosi sifatida yirik madaniy jarayon bo?lib rivoj topgan. Bu davrda Yevropa (jumladan, Angliya) guruhlari (?The Beatles“, ?Rolling Stones“ va boshqalar) Rock taraqqiyotiga alohida hissa ko?shgan. Tarixiy rivoji jarayonida Rock bir necha uslub va yunalishlarga ega bo?lgan. ?Hardrock“ (?og?ir, qattiq rock“ ? ?Led Zeppelin“, ?Black Sabbath“, ?Scorpions“, ?Nazareth“ va boshqalar), ?xevi metal“ (?og?ir metall“ yoki ?og?ir qurollar“ ? ?Black Sabbath“, ?Deep Purple“, ?Led Zeppelin“, ?Metallica“, ?Rammstein“), ?psixodelik rock“ (?Pink Floyd“ va boshqalar), ?artrock“ (mumtoz musiqa namunalariga asoslangan rock ? ?Deep Purple“, ?Urian Heep“, ?Queen“ va boshqalar), ?folkrock“ (Bob Dilan va boshqalar), ?glemrock“ (?jozibali, yoqimli rock“ ? ?Kiss“, E. Kuper va boshqalar), ?pankrock“ (?yomon, yaramas rock“ ? ?Sex Pistols“ kabi) va boshqa O?zbekistonda birinchi Rock guruhlari 1960-yillarning 2-yarmida paydo bo?lgan (?Kiberglar“, 1967, ?Sigma“, 1968 va boshqalar). Ular repertuaridan Yevropa Rock namunalari bilan birga qayta ishlangan o?zbek xalq kuylari, O?zbekiston kompozitorlari asarlari ham o?rin olgan. 1970-yillarda asosan, folkrock (?Yalla“, ?Kvazarlar“, ?Navo“ va boshqalar), jazrock (?Sintez“, ?Inter“, ?Sato“ va boshqalar), keyinchalik xevimetal (?Reys 09“, ?Daumetal“) kabi va boshqa uslublar rivoj topgan. [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. Bekov, Olimjon. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]