Robert Oppenheimer

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
J. Robert Oppenheimer
Tavalludi 22-aprel 1904-yil
New York shahri, AQSh
Vafoti 18-fevral 1967-yil ( 1967-02-18 )
(62 yoshda)
Princeton (New Jersey) , AQSh
Fuqaroligi AQSh [1] [2] [3]
Sohasi Nazariy fizika
Ish joylari
Tezis sarlavhasi Zur Quantentheorie kontinuierlicher Spektren
Akademik rahbarlari Max Born
Mashhur shogirdlari
Mashhur ishlari
Mukofotlari
Turmush o?rtog?i

Julius Robert Oppenheimer (1904-yil 22-aprel New York  ? 1967-yil 18-fevral, Prinston) ? amerikalik fizik. Harvard universitetini tugatgan (1925), Cambridge va Gyottingen universitetlarida ham o?qigan (1925?1927-yillar). Leyden va Syurixda ishlagan (1928?1929), Kaliforniyadagi universitet va texnologiya instituti professor (1929), Prinstondagi Fundamental tadqiqotlar instituti direktori (1947-yildan) [4] . Ilmiy ishlari kvant mexanika , kosmik nurlar fizikasi , nisbiylik nazariyasi , elementar zarralar fizikasi , neytron yulduzlar nazariyasiga oid. Ikkinchi jahon urushi yillari (1939?1945)da Los-Alamosdagi yadro labaratoriyasiga rahbarlik qilgan, atom bombasining yaratilishida faol ishtirok etgan. Vodorod bombasini joriy etishga qarshilik ko?rsatgani va atom energiyasidan faqat tinch maqsadlarida foydalanish tarafdori bo?lganligi uchun 1954-yilda maxfiy ishlar bilan bog?liq bo?lgan barcha vazifalaridan chetlatilgan [5] .

Biografiya [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Robert Oppenheimer 1904-yilning 22-aprelida Nyu York shahrida, badavlat oilada tug?ilgan. 1922-yilda Garvard universitetiga o?qishga kirib, ta?limning keyingi bosqichlarini Yevropaning nufuzli oliy o?quv yurtlarida davom ettirgan. Xususan u Kembrij, Gettingen, Syurix va Leyden universitetlarida tahsil olgan. Oppenheimer Kembrijda o?qiyotganida, buyuk fizik Ernest Rezerford (1871-1937) laboratoriyasida bir muddat ishlagan va o?sha yerda nurlanib qolgan. Gettingenda esa, kvant mexanikasi nazariyasi ustida ishlayotgan Verner Geyzenberg (1901-1976) bilan birga ishlagan. Oppenheimer 1927-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan va AQSHga qaytib, Pasadenadagi Kaliforniya texnologiya universitetida o?qituvchilik qila boshlaydi. 1928-yilda u Berklidagi Kaliforniya universitetida adyunkt-professor unvoni bilan, nazariy fizika bo?yicha tadqiqotlar olib borishga kirishadi, bir vaqtning o?zida texnologiya universitetidagi o?qituvchilik faoliyatini ham olib boradi.

Keyingi bir necha yil mobaynida olib borgan ilmiy izlanishlari tufayli, Oppenheimer, 1930-1940-yillarning AQSHdagi eng yetuk nazariyotchi fizik olimi darajasiga ko?tariladi. U fanning turli sohalarida ? astrofizika, kosmik nurlar, kvant tunnel effekti hodisalari bo?yicha ilmiy izlanishlar olib bordi. Oppenheimerfan tarixida birinchilardan bo?lib, qora tuynuklarning mavjudligi haqida fikr bildirgan edi. 1936-yilda Robert Oppenheimer professor unvoniga erishgan. [6]

Urushni boshlanishi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

1939-yilga kelib, jahon siyosiy sahnasi beqaror tusga kirdi. Fashistlar Germaniyasi allaqachon imi-jimida qalab yuborgan urush olovi, 1-sentyabr sanasida Polshaga rasman urush e?lon qilinishi bilan, alangalanib ketdi. Bu paytga kelib, AQSH maxsus xizmatlarida ommaviy qirg?in qilish xususiyatiga ega bo?lgan atom bombasi haqida axborot mavjud edi. Uning tayyorlash texnologiyasi olimlarga ma?lum bo?lib, faqat reaksiya zanjirini uzviyligini ta?minlaydigan radioaktiv moddaning kritik massasini qanday qilib ixcham o?lchamlarga joylay olish masalasi ochiq qolayotgan edi.

1938-yilda Germaniyada(!) nemis olimlari ? Otto Gan (1879-1968) va Frits Shtrassman (1902-1980) Uran yadrosini neytronlar bilan bombardimon qilish orqali yadroviy parchalanishiga erishishgan edi. Biroq ular yadroning parchalanishi davomida, bir yadroga tegishli zarrachalarning boshqa yadrolarni ham bombardimon qilib, o?z navbatida ulardan ajralib chiqqan zarrachalar ham keyingi boshqa yadrolarni bombardimon qilib parchalanishga majbur qiladigan reaksiya zanjirining uzviyligini ta?minlay olishmadi. Otto Gan va Frits Shtrassmanlarning tajribalaridan keyin, Uran-235 atomining reaksiya zanjirini uzviy borishi uchun yetarli miqdorini qanday qilib nisbatan kichik hajmdagi joyga joylashtirish, ya?ni kritik massasini aniqlash qolgan edi. Mazkur tajribalar shundoqqina natsistlarning burnini tagida, fashizmning qo?l uzatsa yetadigan joyda amalga oshirilganini o?ylasam, ba?zan, insoniyatni baloning kattasidan xudoni o?zi saqlagan ekan deb o?ylab qolaman. Agar o?shanda atom bombasi fashistlarning qo?liga tushib qolganida bormi…

Manxetten loyihasi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Urush avj olib, dahshatli, dushman uchun eng maksimal talafot yetkaza oladigan qurolga ehtiyoj paydo bo?ldi. Bu borada AQSHning o?sha vaqtdagi prezidenti Franklin Delano Ruzvelt tomonidan, ?Manxetten loyihasi“ kodli nomi ostida maxsus dastur qabul qilindi. Bu dastur, atom bombasining tezroq yasalishi va AQSHning bunday qudratli qurolga ega bo?lishini ko?zda tutar edi. 1942 yilda qabul qilingan ?Manxetten loyihasi“ga olimlardan aynan Oppenheimer loyiha rahbari etib tayinlandi. (shuningdek harbiy rahbar ? Lesli Grouvs ham bor edi). Mazkur loyihaga Oppenheimer o?z davrining eng yetuk olimlarini jalb qildi. Xususan Enriko Fermi va Nils Borlar ham ushbu loyihada ishtirok etishdi. ?Manxetten loyihasi“ bo?yicha asosiy amaliy ishlar 1942-1945 yillarda Oukridj (Tennisi shtati) va Los-Alamos (Nyu Meksiko shtati) ilmiy markazlarida olib borildi. Uzoq va mashaqqatli mehnat natijasida 1945-yilga kelib Oppenheimer va uning jamoasi tarixdagi ilk atom bombasini tayyorlashga erishdi. 16 iyul 1945-yilda Nyu Meksiko shtatining Alamogordo shahridan 80 km shimoliy-g?arbda atom bombasining birinchi marta portlatish-sinov amaliyoti o?tkazildi. Bu sinovdagi atom bombasi portlatish loyihasiga Oppenheimer ?Uchlik“ (Trinity), portlash amaliyotining o?ziga esa, Klementina deb kodli nomlash biriktirgan edi. Insoniyat tarixidagi birinchi atom bombasi, (uning nomi ? ?Baqaloq“ edi) portlashi, Alamogordo vaqti bilan tonggi soat 530 da ro?y berdi. Bomba 33 metrlik temir-beton konstruksiyasi ustiga joylashtirilgan bo?lib, olimlar jarayonni 8 km masofadan turib kuzatib borishdi. Jarayonning dahshatini o?z ko?zi bilan ko?rgan fizik olim Otto Frish taassurotini quyidagicha bayon qilgan edi: ?…keyin men sukunat ichra quyosh porlayotganini ko?rdim. Bu shunday manzara edi“. ?Baqaloq“ ning portlashi, sahro uzra quyosh o?ta pastlab chiqqandek taassurot uyg?otib, dahshat namoyon qilgan edi. Otto Fishning so?zlariga quyidagi fotosurat ham dalolat berib turibdi.

Professor Robert Oppenheimer va general Lesli Grouvs atom bombasining ilk sinovidan so?ng portlagan joyni ko?zdan kechirishmoqda

Oppenheimerning o?zi esa, hodisani kuzata turib, hind eposidagi ? ?Men ? dunyolarni vayron qiluvchi buyuk ajalman“ satrlarini takrorlagan ekan. Atom bombasining portlashi butun osmonni yoritib yubordi va 30 soniyadan keyin, zarba to?lqini butun hudud bo?ylab tarqaldi [7] [8] .

Raqiblar javobi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Bu paytga kelib, fashistlar Germaniyasi so?zsiz kapitulyatsiya bergan bo?lsa-da, uning uzoq sharqdagi ittifoqdoshi ? Yaponiya hali urushni davom ettirayotgan edi. AQSHning Pirl-Xarbor portidagi xunrezliklar va boshqa harbiy amaliyotlar yuzasidan Yaponiyaga javob tariqasida, Oppenheimer texnologiyasi asosidagi atom bombani, Xirosima shahriga tashlashga qaror qilindi. 6-avgust, 1945-yili Xirosimaga tashlangan atom bombasining vayronkorlik ko?lami, kutilganidan ham ziyoda bo?lib chiqdi. Xirosima yer bilan yakson bo?ldi, hamda, 70 mingga yaqin tinch aholi qurbon bo?ldi. keyingi yillar davomida ham, Xirosimaning 60 mingga yaqin aholisi, atom bombasi portlashi natijasida kelib chiqqan nurlanish tufayli halok bo?ldi. 3 kundan keyin, ikkinchi atom bombasi Nagasakiga tashlandi. U yerda ham 70 mingdan ziyod aholi qurbon bo?ldi. 15-avgust kuni esa Yaponiya ham so?zsiz kapitulyatsiya hujjatiga imzo chekdi va insoniyat tarixidagi eng dahshatli II-jahon urushi nihoyasiga yetdi. Biroq, Nagasaki va Xirosima shaharlarida keyingi bir necha o?n yilliklarda ham insonlar nurlanish kasalliklari tufayli halok bo?lishi davom etdi. Yangi tug?ilgan chaqaloqlarda gen mutatsiyalari, irsiy o?zgarishlar paydo bo?la boshladi. o?sha vaqtlarda atom bombasining bunday asoratlari haqida juda kam bilishar edi. 1945-yilning oktyabr oyida Oppenheimer, kelgusida ?Manxetten loyihasi“da ishtirok etishdan voz kechdi.

?Manxetten loyihasi“ da 1942-1946 yillarda ishlagan fizik Edvard Teller (1908-2003) tarkibida vodorodning deyteriy va tritiy izotoplari tutadigan, ?vodorod bombasi“ tayyorlash haqida g?oya ilgari surgan edi. Teller fikriga ko?ra, bunday bomba, atom bombasidan ham kuchliroq bo?lib, geliy yadrosi hosil qilinishi bilan kechadigan jarayonda yuzaga chiqadigan katta miqdordagi energiyaning portlash kuchidan foydalanishni ko?zda tutar edi. Bunday jarayon ? yadro sintezi deb ataladi. 1949 yil 29 avgustda sobiq ittifoq ham o?zining ilk atom bombasini sinovlarini o?tkazganligi haqida axborot berganida, Teller o?zining vodorod bombasi haqidagi g?oyalarini yanada qattiqroq targ?ib qila boshladi. II jahon urushidan keyin yuzaga kelgan ?sovuq urush“ holatida, okeanning ikki tarafida hosil bo?lgan siyosiy qutbli qarama qarshilik tufayli, davlatlar o?rtasida qurollanish poygasi avjiga chiqqan, dahshatli qirg?in qurollarining yangi-yangi turlari paydo bo?layotgan davr edi u. Oppenheimer bunday jarayonning oqibati yaxshilikka olib kelmasligini hammadan ham ko?proq anglar edi. Bu paytga kelib u Atom energiyasi bo?yicha muvofiqlashtiruvchi kengashning raisi lavozimida faoliyat olib borayotgandi. 1949-yilning oktyabrida u vodorod bombasining tayyorlanishi borasida o?zining noroziligini rasman bildirib, ?bunday bombaning portlash kuchi chegara bilmaydi va u aholini qirg?in qilishda, atom bombasidan ham ko?proq talafot yetkazishi mumkin“ deb ta?kidladi.

SSSRga maxfiy ma?lumotlar yetkazish ayblovi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Biroq, prezident Garri Trumen vodorod bombasi tayyorlash va bu orqali qurollanish poygasida SSSRni ortda qoldirish fikrini ma?qulladi. 1952-yil 1-noyabr kuni, Tinch okeanidagi Marshall orollari Enivetok attolida, tarixda birinchi vodorod bombasining sinov-portlash amaliyoti o?tkazildi. Portlashdan keyin, tuproqda 1600 metr kenglikdagi krater hosil bo?ldi. vodorod bombasining portlash kuchi, Nagasakiga tashlangan atom bombasinikidan 500 barobar katta edi.

Qurollanish poygasida SSSR ham o?z javobini tayyorlab qo?ygan edi. 1953-yil 12-avgustda shimoliy-sharqiy Qozog?iston, Semey (Semipalatinsk) shahri yaqinida SSSR ham o?zining dastlabki, AQSHnikidan ham kuchliroq vodorod bombasining sinov-portlatish ishlarini amalga oshirdi. Bu esa AQSH hukumatida o?ziga xos intrigani keltirib chiqardi.

Hukumatdagilardan ko?pchiligi, Oppenheimening vodorod bombasining tayyorlanishiga qarshilik qilganligi faktini, uning kommunistlar bilan aloqasi borligida, sovet ittifoqiga Los-Alamos maxfiy sirlarini yetkazganlikda va vodorod bombasining tayyorlanishiga qarshilik qilish orqali unga SSSR avvalroq erishishiga intilganlikni ro?kach qilib, Oppenheimerni SSSR foydasiga josuslik qilishda ayblashdi. Bu amalda Oppeneymerni davlat xoini deb e?lon qilinishi bilan teng edi. 1953-yilning 21-dekabrida Oppenheimer ga nisbatan rasmiy ayblov e?lon qilindi va uning davlat maxfiy loyihalariga bo?lgan kirish huquqi bekor qilindi.

Oppenheimer o?z ayblovi bo?yicha ko?rsatma berishga rozi bo?ldi. U o?zining aybsizligini isbotlamoqchi edi. Sud qaroriga ko?ra, uning bo?ynidagi davlatga xiyonat qilganlik ayblovi bekor qilindi. Biroq, sud Oppenheimerning davlat maxfiy loyihalariga bo?lgan huquqini tiklab bermadi. Shuningdek u atom energetikasi kengashidagi lavozimidan ham mahrum etildi. Oppenheimerga qarshi guvohlik berganlardan eng asosiysi Edvard Teller edi. U sud majlisidagi nutqida, Oppenheimerning ?AQSH hukumatiga nisbatan“ xayrixoh ekanligini ta?kidlagan bo?lsa-da, gap oxirida, ?O?z vatanimning hayotiy muhim qiziqishlarini o?zim yaxshiroq tushunadigan va demakki, ko?proq ishonadigan odam qo?liga topshirishni ma?qul ko?rardim“ degan shubhali jumlani qistirib o?tdi. Uning so?zlar, Oppenheimerning sud qilinishiga norozilik bildirgan boshqa ko?plab olimlarning g?azabini qo?zg?atdi. Biroq sudda baribir Tellerning so?zlari hal qiluvchi bo?lib chiqdi. bu AQSHda o?ziga xos iz qoldirgan Makkartizm zamoni edi.

Hurmatini tiklanishi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Oppenheimerning hurmati 1963-yilda yangi prezident Lindon Jonsonning hukumat tepasiga kelishi bilan qayta tiklandi. Undan barcha ayblovlar olib tashlandi va to?liq oqlandi. Rasmiy uzr so?rashning ramziy ma?nosida Robert Oppenheimerga Fermi mukofotini prezident Jonsonning o?zi shaxsan topshirdi. Oradan to?rt yil o?tib, Robert Oppenheimer tomoq saratoni kasalligidan vafot etdi.

Ommaviy axborot vositalarida [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

2023-yilda Openheimer hayotiga bag?ishlangan Oppenheimer filmi suratga olinib keng ommaga taqdim etilgan. Film Christopher Nolan rejissyorligi ostida yaratilgan. Filmda Robert Openheimer rolini taniqli aktyor Cillian Murphy o?ynagan [9] .

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. (unspecified title)
  2. (unspecified title)
  3. (unspecified title)
  4. ?Фа?атгина атом бомбаси ≪отаси≫ эмас. Оппен?еймер аслида ким эди?“ . 2023-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2023-yil 6-avgust.
  5. "Robert Oppenheimer" O?zME . O-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  6. [Robert Oppenheimer - 1904-yilning 22-aprelida Nyu-York shahrida, badavlat oilada tug‘ilgan. 1922-yilda Garvard universitetiga o‘qishga kirib, ta'limning keyingi bosqichlarini Yevropaning nufuzli oliy o‘quv yurtlarida davom ettirgan. Xususan u Kembrij, Gettingen, Syurix va Leyden universitetlarida tahsil olgan. Oppenheimer Kembrijda o‘qiyotganida, buyuk fizik Ernest Rezerford (1871-1937) laboratoriyasida bir muddat ishlagan va o‘sha yerda nurlanib qolgan ekan. Gettingenda esa, kvant mexanikasi nazariyasi ustida ishlayotgan Verner Geyzenberg (1901-1976) bilan birga ishlagan. Oppenheimer 1927-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan va AQSHga qaytib, Pasadenadagi Kaliforniya texnologiya universitetida o‘qituvchilik qila boshlaydi. 1928 yilda u Berklidagi Kaliforniya universitetida adyunkt-professor unvoni bilan, nazariy fizika bo‘yicha tadqiqotlar olib borishga kirishadi, bir vaqtning o‘zida texnologiya universitetidagi o‘qituvchilik faoliyatini ham olib boradi. Keyingi bir necha yil mobaynida olib borgan ilmiy izlanishlari tufayli, Oppenheimer, 1930-40 yillarning AQSHdagi eng yetuk nazariyotchi fizik olimi darajasiga ko‘tariladi. U fanning turli sohalarida - astrofizika, kosmik nurlar, kvant tunnel effekti hodisalari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bordi. Oppenheimer fan tarixida birinchilardan bo‘lib, qora tuynuklarning mavjudligi haqida fikr bildirgan edi. 1936-yilda Robert Oppenheimer professor unvoniga erishgan. ?J. Robert Oppenheimer“] . britannica . Qaraldi: 2022-yil 3-avgust.
  7. ??аммасига Эйнштейн айбдорми ? ядровий ?урол устида ишланган ≪Ман?еттен лойи?аси≫ ?андай бошланганди?“ . 2023-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2023-yil 6-avgust.
  8. ?J. Robert Oppenheimer“ . atomicheritage . Qaraldi: 2022-yil 3-avgust.
  9. Kroll, Justin ?Cillian Murphy Confirmed to Star As J. Robert Oppenheimer In Christopher Nolan's Next Film At Universal, Film Will Bow in July 2023“  (en-US). Deadline Hollywood (2021-yil 8-oktyabr). 2021-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2021-yil 8-oktyabr.