Richard Wagner

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Richard Wagner
Tavalludi 22-may 1813-yil
Vafoti 13-fevral 1883-yil ( 1883-02-13 )
(69 yoshda)
Venetsiya , Italiya
Fuqaroligi Kingdom of Saxony
Otasi Carl Friedrich Wagner
Onasi Johanna Rosina Wagner-Geyer

Wilhelm Richard Wagner ( Vilgelm Rixard Vagner , odatda birinchi ismisiz aytiladi ? shunchaki Richard Wagner ; 22 may , 1813 , Leypsig ? 13 fevral , 1883 , Venetsiya ) ? nemis opera bastakori , dirijyor , dramaturg (o?z operalari librettolarining muallifi), faylasuf , revolutsiyachi .

VAGNER (Vagner) Vilgelm Rihard (1813.22.5, Leypsig - 1883. 13.2, Venesiya) ? nemis kompozitori, dirijyor, musiqa yozuvchisi, opera islohot-chisi. Vyursburgda xormeyster (1833), Magdeburg, Kenigsberg, Riga, Drezden teatrlarining mu-siqa rahbari (1834-49). 1849-yil gi Drezden qo?zg?olonida qatnashga-ni uchun 13-yil ga surgun qilingan. Keyinchalik aso-san Shveysariya va Bavariya (Myunxen, Bayreyt) da yashab, ijod bilan shug?ul-langan, dirijyor sifatida ko?pgina Yevropa mamlakatlarida gastrolda bo?lgan. Bayreyt opera teatrini tashkil etgan (1876). Dastlabki asarlari ("Parilar", 1834; "Gollandiyalik uchar", 1841; "Tangeyzer", 1845) da nemis romantik opera (K. M. Veber) an?-analarini davom ettirgan. "Loengrin" operasida (1848) yangi uslubga burilish namoyon bo?lgan. Keyingi asarlari ("Tristan va Izolda", 1859; "Nibelung uzugi" tetralogiyasi, 1856?74; "Parsifal", 1882) da tugal ariya, ansambl, xor va balet sahnalaridan voz kechib, ular o?rniga erkin shakldagi musiqiy monolog va dialoglarni kiritgan. Shuningdek, orkestrning musiqiy ifodaviyligiga alohida ahamiyat bergan, uning badiiy vazifalari doirasini kengaytirib, operadagi musiqiy dramatik keskinlikni kuchaytirgan. V. ning opera islohoti dunyo, xususan o?zbek kompozitorlari ijodiga ta?sir qilgan.