한국   대만   중국   일본 
Reyunion - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Reyunion

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Reyunion
fransuzcha : La Reunion
Shior Florebo quocumque ferar
( Qayerga olib kelsam, gullab-yashnayman )
Madhiya :   La Marseillaise (Milliy)

P'tite fleur aimee (Mintaqaviy)
Location of Reyunion
Poytaxt Sen-Deni
Rasmiy til(lar) fransuzcha
Hukumat
? Mintaqa kengashi raisi
Yugget Bello
? Departament kengashi raisi
Siril Melhior
Maydon
? Butun
2,511 km 2
Aholi
? 2023-yilgi ro?yxat
873,102 kishi
Pul birligi Yevro

Reyunion ( fr . Reunion , reyu. kreol . Renyon ) ? Fransiyaning dengizorti mintaqasi. U Hind okeanidagi xuddi shu nomdagi orolda, Madagaskardan 700 km sharqda joylashgan.

Geografik joylashuvi va tabiati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Reyunion ? Madagaskardan sharqda joylashgan Hind okeanidagi vulqonli orol. Eng baland nuqtasi so?ngan vulqon Piton-de-nej (3069 m).

Iqlimi - tropik. Orolning janubi-g?arbiy qismi cho?lbiyobonlardan iborat. Shimoli-sharqiy tomonida hind xurmosi, temir va zaytun daraxtlari, daraxtsimon paporotniklar va palmalar o?sadi.

Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Davlat tuzilishi ? Fransiyaning dengizorti departamenti. Orolni Fransiya tomonidan tayinlanadigan prefekt boshqaradi. O?z-o?zini boshqarish organlari ? Bosh va Mintaqaviy Kengashlar. Hududiy jihatdan ikki okrugga bo?linadi. Siyosiy partiyalari: Kommunistik partiya, Demokratik tashkilotlar.

Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Qurilish mahsulotlari, shakar ishlab chiqarish zavodlari, konserva korxonalari faoliyat ko?rsatadi.

Baliqchilik va ovchilik rivojlangan. Shakarkamish, vanil va boshka ekinlar yetishtiriladi. Mamlakat iqtisodida turizm ham alohida ahamiyat kasb etadi. Importi: iste?mol va sanoat mahsulotlari. Eksporti: shakar, vanil, yorongul yog?i va boshqalar. 2006-yilda YAIM mikdori 4790 mln (aholi jon boshiga - 5995) dollarni tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: Fransiya va YeI mamlakatlari.

Asosiy porti ? Le-Por.

Tarixi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Orol 1513-yili portugallar tomonidan ochilgan va bungacha bu yer kimsasiz bo?lgan. Reyunionning geografik jihatdan qulay (Yevropa va Afrika o?rtasidagi dengiz savdo yo?lida) joylashganligi rivojlanishini ta?minladi. 1869-yilda Suvaysh kanalining ishga tushirilishiga qadar orol strategik jihatdan ahamiyati yuqori edi. 1642-yili fransuz dengizchilarining orolga tushishi natijasida orol Fransiyaga ko?shib olindi va Burbon deb nomlandi. XVII asr oxirida qaxva plantatsiyalarida ishlatish uchun Madagaskardan qullar olib kelindi. Fransiyaning respublika deb e?lon kilinishi bilan orol nomi Reyunion deb o?zgartirildi. 1946-yil martida Reyunion “dengizorti departa- menti”, 1974-yildan esa dengiz orti ma?muriy hududi≫ maqomini oldi. 2005-yilda Mozambik bo?g?izidan kichik orollar - Yevropa va Basas-da-Indiya Fransiyaning Janubiy va Antarktika hududlari ittifoqiga o?tdi.

Manba [ tahrir | manbasini tahrirlash ]