한국   대만   중국   일본 
Qutb yog?dusi - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Qutb yog?dusi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shimoliy qutb yog?dusi, Alyaska .

Qutb yog?dusi yoki shimol yog?dusi ? atmosferaning yuqori siyrak qatlamida hosil bo?ladigan yorug?lanish. Shimoliy kengliklarda u aurora borealis ( Qadimgi Rim mifologiyasida Avrora - shom ma?budasi, yunonchada borealis - "shimoliy shamol") deyiladi. Aurora borealis ko?pincha sentyabr-oktyabr hamda mart-aprel oylarida kuzatiladi. Janubiy yarimshardagi qutb yog?dusi esa aurora australis ( lotincha australis - "janub") deyiladi.

Shakllanishi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Qutb yog?dulari zaryadli zarrachalar - ionlarning Yer magnitosferasiga (yer sathidan taxminan 80 km balandlikda) sekundiga 300?1200 km tezlikda kelib urilishi natijasida paydo bo?ladi. Bu ionlar Quyosh shamoli deb ataluvchi plazma oqimida keladi. Ionlar odatda 1-15 keV darajasigacha energiya tashiydi; va bu energiya atmosferadagi gaz atomlariga urilib, ularning energiya darajasini ko?taradi. Natijada zarbaga uchragan atomlar foton chiqara boshlaydi (bu hodisani neon lampalarida ham kuzatish mumkin). Qo?zg?algan atomlar odatda kislorod bo?lgani uchun, qutb yog?dulari atomar kislorod uchun xos yashil rangda (to?lqin uzunligi 557.7 nm ), past energiya sharoitida esa to?q qizil rangda (630.0 nm) yorug?lik chiqaradi. Har bir ion zarbasidan so?ng nafaqat fotonlar, balki elektronlar nurlanishi ham ro?y berib, elektronlar esa o?z navbatida boshqa atomlarga urilib, ulardan ham foton va elektron chiqarib, hodisa toki energiya tugaguncha davom etaveradi (0.5-1 sekund atrofida). Agar Quyosh shamoli intensiv bo?lsa, bu yog?dular uzoq davom etadi. Yog?dulardagi boshqa rangli to?lqinlar azot atomlari va molekulalarining nurlanishi oqibatida hosil bo?ladi [1] .

Ko?rinuvchi yorug?likdan tashqari, qutb yog?dulari infraqizil , ultrabinafsha va hatto rentgen nurlanishlarini ham yuzaga keltiradi. Lekin ultrabinafsha va rentgen spektrdagi to?lqinlar atmosferada yutilib ketadi, shuning uchun ularni faqat koinotdan kuzatish mumkin.

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. ?Why are there Colors in the Aurora?“ . 2011-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2007-yil 30-avgust.