한국   대만   중국   일본 
Qurol-yarog?lar - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Qurol-yarog?lar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qurol-yarog?lar ? dushmanning jonli kuchlarini, texnikasini safdan chiqarish va inshootlarini vayron qilish uchun mo?ljallangan qurilma va vositalarning umumiy nomi. Ibtidoiy jamoa davrida ov va mudo-faa ehtiyojlari uchun dastlabki qurollar: so?yil (yo?g?on tayoq), cho?qmor tosh, o?tkir uchli yog?och nayza (keyinchalik temir uch qadalgan), sopqon va nayza uloqtirish moslamasi paydo bo?ldi. Mezolit davrida kamon ; neolit davrida toshbolta, to?qmoq, xanjar yasay boshlandi. Temir ishlatish rasm bo?lgach (miloddan avvalgi 1-ming yillik boshi) tig?li qurollar ? qilich va nayzalar tay-yorlana boshladi. Qad. sharqdavlatlari qo?shinlarida zalvor tosh va g?o?lalarni irg?ituvchi moslama (kata-pulta, manjaniq va boshqalar) keng qo?llangan. Porox kashf etilgach, o?tsochar qurollar yasaldi (mas, ilk o?tsochar qurol ? modfani 12-asrda arablar yaratishgan). Keyinchalik (14-, 15-va 16-asrlarda) pilta miltiq, to?ppon-cha, artilleriya zambaraklari paydo bo?ldi. 19-asr o?rtalaridan o?yiq stvolli artilleriya, karabin miltiqlar, minalar, torpedalar yaratildi. 19-asr oxirlari va 20-asr boshlarida avtomat qurollar (pulemyot va boshqalar) paydo bo?ldi. 20-asr 10-yillarida aviatsiya bombalari yara-tidsi, kimyoviy qurol va olov purkovchi (ognemyot)lar rasm bo?ldi. 20-asr 30-yil lari oxiridan reaktiv snaryadlar yara-tildi. 1945-yil avgust oyida AQSH qurolli kuchlari Yaponiyaga qarshi yadro quroli qo?lladi. Q.-ya. keyingi paytlarda sifat jihatidan takomillashtirib borildi.

Q.-ya. vazifasi, tuzilishi, qo?llanish ko?lami va boshqa alomatlari bo?yicha farqlanadi. Vazifasiga ko?ra, individual (yakka tartibdagi) va yalpi qirg?in qurollariga; tuzilishiga ko?ra, oddiy (mexanik) va avtomatik qurollarga; qo?llanish ko?la-m i g a ko?ra, strategik, operativ-taktik va taktik qurollarga bo?linadi va h.k. Hozirgi Q.-ya.ning turlari: tig?li va o?tsochar qurollar (qarangArtilleriya), raketa quroli, reaktiv qurol, minalar, torpedalar, yadro quroli, kimyoviy qurol, bakteriologik qurol . Tig?li qurollar?pichoq, qilich, xanjar, miltiq shtigi, nayza; o?tochar qurollar ? to?pponcha, miltiq, pulemyot, to?p, reaktiv artilleriya (mas, "Katyusha"). Vayronlik keltirish ko?lamiga ko?ra, yadro, kimyoviy va bakteriologik Q.-ya. ommaviy (yalpi) qirg?in qurollari hisoblanadi, boshqa Q.-ya.larning barchasi oddiy qurollar jumlasiga kiradi. Q.-ya.ning qo?zg?almas asosga o?rnatilgan muqim (ba?zi raketa komplekslari turi, qirg?oq va kazemat arterilleriya to?plari va boshqalar); harakatlanuvchi asosga o?rnatilgan muqim (aviatsiya, tank Q.-ya.lari), o?ziyurar (to?plar, raketa komp-lekslari va boshqalar); shatakka olib yuriladigan (artilleriya to?plari, minometlar), transportga ortiladigan, indi-vidual va guruh uchun mo?ljallangan xillari bor. Artilleriya o?qlari, sna-ryadlar, raketa va torpedalarning jan-govar qismlari, aviatsiya va suv osti bombalari, granatalar, minalar, fu-gaslar, yadro qurollari va boshqa o?q-dorilar deb ataladi. Q.-ya. ishlatishda aviatsiya, tank, jangovar kemalar, eltuvchi raketalardan foydalaniladi. kelgusida shu maqsadda yerning sun?iy yo?ldoshlaridan foydalanish loyihasi ham mavjud.