한국   대만   중국   일본 
Qovurg?a - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Qovurg?a

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qovurg?a  ? umurtqa pog?onasi bilan birikkan, yoysimon qayrilgan juft suyaklar. Sudralib yuruvchilar, qushlar, sut emizuvchilar va odamda to?sh suyagi bilan birlashib, ko?krak qafasini tashkil etadi. Q.larga muskullar birikkan bo?lib, u nafas olish va chiqarishda qo?krak qafasining kengayib-torayib turishiga imkon beradi.

Odamda XII juft Q. bor. Har qaysi Q. ikki qismdan, ya?ni orqa qismi suyak va oldingi qismi tog?aydan tuzilgan. Q.ning orqa qismi boylamlar yordamida ko?krak umurtqalariga tutashadi. Suyak qismi uzun, kambar, yoysimon qayrilgan plastinkaga o?xshash. [?VII juft Q. (chin qovurg?alar) tog?ay qismi orqali bevosita to?sh suyagiga birikadi. VIII?IX?X juft Q.ning (soxta Q.) oldingi qismlari bevosita to?sh suyagiga yopishmasdan, o?zidan yuqorida joylashgan VII qovurg?aning tog?ayiga tutashadi. Qolgan XI?XII juft q. tog?aylari hech qayerga birikmay, qorin muskullari orasida erkin joylashgan, shu sababli u juda harakatchandir; ularni yetim Q.lar deyiladi. Q.larning oldingi, orqa uchlari va bularning oraliq qismi, tanasi bor. Ko?pchilik Q. ichki yuzasining pastki chekkasiga yaqin joyida, Q. egatchasi bo?lib, unda qon tomirlar va nerv tolalari joylashadi. Q.larning shakli va uzunligi ko?krak qafasining tuzilishiga va shakliga bog?liq; ularning uzunligi 1-Q.dan 7-Q.gacha ortib borib, 8-Q.dan oxirgi 12-Q. gacha qisqarib kamayadi.

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]