한국   대만   중국   일본 
Qoraqalpog?iston - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Qoraqalpog?iston

Koordinatalari : 43°2′24″N 58°51′36″E  /  43.04000°N 58.86000°E  / 43.04000; 58.86000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qoraqalpog'iston Respublikasi
Qaraqalpaqstan Respublikası

Gerb
Gerb
Bayroq
Bayroq
O?zbekiston Respublikasi tarkibidagi suveren demokratik Respublika
Madhiya: Jayxun jag'asinda o'sken bay terek, Tu'bi bir shaqasi min bolar demek.
Tarkibida 16 tuman va Nukus shahri
Ma?muriy markazi Nukus
Yirik shahari Nukus
Boshqa yirik shaharlari Xo?jayli , Qo?ng?irot , Beruniy , To?rtko?l , Chimboy , Bo?ston , Kegeyli , Mang?it , Oqmang?it , Taxiatosh , Mo?ynoq , Qorao?zak
Asos solingan sanasi 1924-yil 14-oktabr
Qoraqalpog?iston respublikasi Joqarg'ı Ken'esi raisi Orinbayev Amanbay Tleubayevich
Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisi Sariyev Qahramon Ramatullayevich
Rasmiy tillar Qoraqalpoq tili , O?zbek tili
Aholi  ( 2024 )
2 000 000
(4 % ,  (9-o?rin)
Zichligi 12,03 kishi./ km²  (13- o?rin)
Dinlar tarkibi Islom-Sunniylar, Xristianlar va boshqalar
Maydoni 166 600 km²  (40 %, 166.600-o?rin)
Balandligi
dengiz sathidan
 Baland cho?qqisi
 O?rtacha balandligi


 473 m
 120 m
Vaqt mintaqasi UTC+5
Qisqacha UZ-QR
Kod ISO 3166-2 UZ-QR
Indeks FIPS UZ-KRK
Telefon kodi +998
Pochta indeksi 2301XX
Internet domeni .uz
Avtomobil raqami kodi 23 (1998?2009-yillardagi ko?rinishi)
95 ? 99 (2009-yildan keyingi yangi ko?rinishi)
Rasmiy sayti http://joqargikenes.uz/
Xaritada
Qoraqalpog'iston Respublikasi xaritada
Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xarita
43°2′24″N 58°51′36″E  /  43.04000°N 58.86000°E  / 43.04000; 58.86000

Qoraqalpog?iston ? Maydoni 166,6 ming km². Aholisi 2 million (2024). Respublika poytaxti ? Nukus shahri. Tarkibida 16 tuman, 12 shahar, 14 shaharcha va 124 fuqarolar yig?ini bor. [1]

Davlat tuzumi

Qoraqalpog?iston ? parlament boshqaruv shakliga ega bo?lgan O'zbekiston respublikasi tarkibidagi suveren demokratik respublika. Qonun chiqaruvchi oliy davlat vakolatli organi ? ko?p partiyaviylik asosida 5 yil muddatga saylangan deputatlardan iborat Qoraqalpog?iston hududi Jo?qorg?i Kengeshi (QR JK). Qoraqalpog?iston hududi Jo?qorg?i Kengeshi raisi respublika rahbari hisoblanib, u Jo?qorg?i Kengesh deputatlari orasidan 5 yil muddatga saylanadi (faqat ketma-ket 2 muddatdan oshmaydi). Davlat hokimiyatining oliy ijro etuvchi-boshqaruvchi organi Qoraqalpog?iston Respublikasi Vazirlar Kengashi , ya?ni Qoraqalpog?iston Respublikasi hukumati hisoblanadi. Qoraqalpog?istonda O?zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan bir vaqtda Qoraqalpog?iston Oliy kengashining 1993-yil 9-apreldagi 12-chaqiriq 12-sessiyasida qabul qilingan Qoraqalpog?iston Hududi Konstitutsiyasiga amal qilinadi. Qoraqalpog?iston o?z davlat ramzlari: gerb, madhiya va bayrog?iga ega. [1]

Tabiati

Qoraqalpog?iston Qizilqum cho?lining shimoli-g?arbiy, Ustyurt platosining janubi-sharqiy qismi va Amudaryo deltasida joylashgan. Orol dengizining janubiy qismi Qoraqalpog?iston hududida. Qizilqumning shimoli-g?arbiy qismi Orol dengizi tomon pasayib boruvchi keng yassi tekislik bo?lib, qator tepa va qumli barxanlar (balandligi 75 m dan 100 m gacha) uchraydi. Alohida tog? massivlari (eng yirigi ? Sulton Uvays tog?i, cho?qqilari 473 m va 485 m) bor. Sug?oriladigan yerlar va sug?orish kanallari, asosan, deltaning o?ng sohilida. G?arbida bir nechta botiqli ( Borsakelmas , Asakaovdon botiqlarining balandligi 29?101 m) Ustyurt platosi joylashgan. Plato Orol dengizi va Amudaryo deltasiga tik yon bag?irli jarlik ? chinklar hosil qilib tushgan. Ustyurtdan janubi-sharqda Sariqamish soyligining shimoliy chekkasi joylashgan.

Foydali qazilmalardan osh tuzi va glauber tuzi, mineral xom ashyo hamda qurilish materiallari va boshqalar bor. Iqlimi keskin kontinental, yozi quruq va qishi nisbatan sovuq, qor kam yog?adi. Yanvar oyining o?rtacha temperaturasi janubda -4,9°, shimolida -7,6°, iyulda janubida 28,2°, shimolida 26°. Yillik yog?in 110 mm, asosan, qish va bahor oylarida yog?adi. Vegetatsiya davri 194?214 kun. Eng yirik daryosin? Amudaryo (quyi oqimi). Amudaryo havzasi qadimdan sug?oriladigan hudud sifatida ma?lum. Daryo suvidan sug?orishda foydalaniladi. Nukus shahrida joylashgan suv xo?jaligi boshqarmasi Taxiatosh gidrouzeli, Qipchoq gidropostidan Orol dengizigacha bo?lgan (283 km) hududdagi daryoning barcha suv chiqarish inshootlarini nazorat qiladi. O?rta va yuqori oqimlarda daryo suvi sug?orishga ko?p sarflanishi natijasida hozirgi Amudaryo Orol dengiziga bevosita quyilmaydi.

Qoraqalpog?istonning eng yirik ko?li ? Orol dengizi, shuningdek, Xo?jako?l ? Qora-jar ko?llar sistemasi bilan bog?langan Sudochye ko?l sistemasi hamda Orol dengizining qurib qolgan qismida tashkil etilgan sun?iy suv havzalari ham mavjud. So?nggi 40 yil ichida Amudaryo va Sirdaryo havzalarida sug?oriladigan yerlarning kengayishi natijasida Orol dengizi suv sathi 2005-yil boshida 23 m pasaydi. Qoraqalpog?istonning barcha suv havzalaridan baliq ovlanadi, ularda baliq xo?jaliklari tashkil etilgan. [1]

Tuprog?i, o?simlik va hayvonot olami

Amudaryo deltasida allyuvial-o?tloq, allyuvial o?tloq-to?qay, qurib qolgan ko?l va botqoqliklarda tipik sho?rxok, Ustyurt platosida va Qizilqumda taqir tuproqlar , Qiziljar, To?qmoqtog? va Ustyurt platosida kulrangqo?ng?ir, Orol dengizining qurib qolgan tubida qumli cho?l tuproqlari tarqalgan.

Qoraqalpog?istonda yuksak o?simliklarning 979 turi uchraydi. Ularning 41 tasi madaniy turga mansub. Yovvoyi o?simliklarning 176 tasi endemik, 11 tasi qoldiq (relikt) va 33 turi madaniy o?simliklarning yovvoyi ajdodlari. 7 turdagi o?simlik O?zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Qoraqalpog?iston hududi tropik bo?lmagan cho?l zonasida joylashganligi sababli o?simlik qoplami zonalar bo?yicha ajralib turadi: Ustyurt platosi, Amudaryo deltasi, Qizilqum shimoli-g?arbiy va qoldiq past tog?lar tabiiy geografik zonasi. Ustyurt land-shafti gipsli, sho?rxok va qumli cho?l bo?lib, o?simliklari gipsofit, galofit va ozroq psammofitlardan iborat. Bu hududda 400 dan ortiq yuksak o?simlik turi mavjud.

Amudaryo deltasida 655 turdagi gulli o?simlik o?sadi. Deltaning suv havzalarida, aksincha, o?simlik turi kam, asosan, qalin to?qay o?simliklari va qamishdan iborat. Qizilqumning shimoli-g?arbiy qismida katta maydonlarda siyrak o?t-butali cho?lga xos o?simliklar ( kserofil boshoqlilar , qorabosh , efemerlar , yulg?un , oq saksovul ) o?sadi.

Qoldiq tog?larda o?simlik turi nisbatan ko?p. Bu yerda 506 turga mansub yuksak o?simlik uchraydi.

Hozirgi vaqtda Qoraqalpog?iston tabiiy o?simliklaridan yem-xashak, o?rmon (to?qay) xom ashyosi va dorivorlar sifatida, 50 % yer maydonidan (9387,7 ming gektar) yaylov sifatida foydalaniladi. Qoraqalpog?iston o?rmon-to?qay fondi 1129 ming gektar maydonni egallaydi. To?qaylar asalarichilikda ham ahamiyatga ega. Respublikada dorivor o?simliklarning 364 turi mavjud.

Hayvonot dunyosi ham xilma-xil: umurtqali hayvonlarning 500 ga yaqin, shu jumladan, sut emizuvchilarning 68, qushlarning 300 dan ziyod, sudraluvchilarning 33, suv va quruqlikda yashovchilarning 2, baliqlarning 50 ga yaqin turi ma?lum. Umurtqasiz hayvonlarning 3500 dan ortiq turi aniqlangan. So?nggi 10 yil ichida Qoraqalpog?iston hayvonot dunyosi ancha o?zgarishlarga uchradi. Ko?pgina turlar soni qisqardi va ular noyob yoki yo?qolib borayotgan turlar qatoriga kiritildi. Sut emizuvchilarning 10, baliqlarning 12, qushlarning 37, sudralib yuruvchilarning 10 turi O?zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Cho?lda sudralib yuruvchilardan kaltakesak , ilonlar ; kemiruvchilardan yumronqoziq , qumsichqon , qo?shoyoq ; yirik sut emizuvchilardan jayron , bo?ri , tulki ; qushlardan saksovul soykasi , burgut , tuvaloq , so?fito?rg?ay ; o?rgimchaksimonlardan chayon , falanga va boshqalar yashaydi. To?qaylarning hayvonot dunyosi nisbatan boy: qirg?ovul , o?rdak , g?oz , qoravoy , loyxo?rak ; sut emizuvchilardan chiyabo?ri , to?qay mushugi , bo?ri, tulki, tolay quyon , qobon , ondatra va boshqalar iqlimlashtirilgan. Amudaryo va Oroldan pilmay , sazan , taran , laqqa baliq kabilar ovlanadi. Ba?zi turlar yo?qolib ketgan va sanoat ahamiyatini yo?qotgan. Shu bilan birga Qoraqalpog?iston suv havzalarida baliqning yangi 14 turi iqlimlashtirilgan.

Respublikada 3 maxsus qo?riqlanadigan tabiiy hudud: ?Badayto?qay“ davlat qo?riqxonasi, ?Sayg?oq“ va ?Sudochye“ buyurtma qo?riqxonalari tashkil etilgan. Qo?riqlanadigan hududlarning umumiy maydoni 1056,5 ming ga. [1]

Hududiy bo?linishi

Tuman nomi Tuman markazi
1 Amudaryo tumani Mang?it (shahar)
2 Beruniy tumani Beruniy (shahar)
3 Chimboy tumani Chimboy
4 Ellikqal?a tumani Bo?ston
5 Kegeyli tumani Kegeyli
6 Mo?ynoq tumani Mo?ynoq
7 Nukus tumani Oqmang?it
8 Qanliko?l tumani Qanliko?l
9 Qo?ng?irot tumani Qo?ng?irot
10 Qorao?zak tumani Qorao?zak
11 Shumanay tumani Sho?manoy
12 Taxtako?pir tumani Taxtako?pir
13 To?rtko?l tumani To?rtko?l
14 Xo?jayli tumani Xo?jayli

Aholisi

Aholisi, asosan, o?zbeklar va qoraqalpoqlar, shuningdek, qozoqlar, qirg?izlar, turkmanlar, rus, ukrainlar tatar, koreyslar va boshqa o?tizga yaqin millatlar yashaydi. Aholining o?rtacha zichligi 1 km²ga 9,4 kishi. Shahar aholisi 48,5 %, qishloq aholisi 51,5 %. Davlat tillari ? qoraqalpoq va o?zbek tili . Etnik tarkibi ? O'zbeklar (38,8 %), Qoraqalpoqlar (35,8 %) Qozoqlar , (11,8 %) va boshqa millatlar. Dindorlari ? musulmon sunniylar. Yirik shaharlari: Nukus (siyosiy ahamiyati bo?yicha Toshkentdan keyin 2-o?rinda), To?rtko?l , Taxiatosh , Xo?jayli , Qo?ng?irot , Chimboy . [1] Qoraqalpog?iston Respublikasida 2 millionga yaqin kishi yashaydi.(2022-yil)

Davlat boshqaruvi

Qoraqalpog?iston Respublikasining Jo?qorg?i Kengesi oliy davlat vakillik organi hisoblanadi. Qoraqalpog?iston Respublikasi Jo?qorg?i Kengesi Raisi Qoraqalpog?iston Respublikasining eng yuqori lavozimli shaxsi hisoblanadi. U bir vaqtning o?zida O?zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Raisining o?rinbosari hamdir. Qoraqalpog?iston Respublikasi Vazirlar Kengashi davlat hokimiyatining oliy ijro etuvchi-boshqaruvchi organi hisoblanadi. [1]

Tarixi

Qoraqalpog?iston hududida odam so?nggi paleolit davridan yashay boshlagan. Miloddan avvalgi 5-ming yillik?2-ming yillik boshlarida aholi, asosan, Amudaryo deltasi va Orol, Kaspiy dengizlari yon atroflaridagi cho?llarda joylashgan. Miloddan avvalgi 2-ming yillik oxirida bu hududda sug?oriladigan dehqonchilik paydo bo?lgan. Miloddan avvalgi VI asrlarda Qoraqalpog?iston hududida qadimgi davlatchilik markazlari yuzaga kelgan. Miloddan avvalgi IV asrda Axomaniylar saltanati tarkibidan ajralib chiqqach, yagona qadimgi Xorazm davlati tashkil topdi. Qo?yqirilgan-qal?a, Oybo?g?ir va Burliqal?a shaharlari xarobalarini qazish vaqtida qad. yozma yodgorliklar (miloddan avvalgi IV asrga oid), Qo?yqirilganqal?a va Oqshoxonqal?ada qadimiy tasviriy san?at va haykalta-roshlik yodgorliklari topildi. xorazmshoxdarning Tuproqqal?a (milodiy 3- IV asr boshlari) saroyi so?nggi antik dav. rning eng ulkan yodgorliklaridan biri hisoblanadi. VIII asrda arablar olib kelgan islom dini zardushtiylik aqidalarini surib chiqardi. XII?XIIIasrlarda buyuk Xorazmshohlar davlati G?arbiy Osiyo va Urta Sharqda eng yirik va kuchli davlat edi. XIII asrda mo?g?ullar isti-losidan so?ng bu davlat parchalanib ketdi. XIV asrda Xorazm Oltin O?rdaning eng boy va madaniy viloyatiga aylandi. Qoraqalpog?iston hududidan Osiyodagi qo?shni mamlakatlar, Dashti Qipchoq va Volga bo?yiga muhim savdo yo?llari o?tgan va xalqaro savdoda muhim ahamiyatga ega bo?lgan.

Qoraqalpoqlarning eng qadimgi etno-genezi Amudaryo deltasi va OrolKaspiybo?yi cho?llarida miloddan avvalgi VII?IV asrlarda yashagan sak-massaget qabilalari bilan bog?liq. VI?VIIIasrlarda mahalliy aholi bilan turkiy qabilalar qisman aralashib ketgan. VIII?Xasrlarda bijanak (pecheneg va o?gizlar muhitida qoraqalpoq millati shakllana boshladi. Chingizxonning bosqinchilik harakatlari vohani cho?lga aylantirgan, Amudaryo quyi oqimi atroflarida yashagan aholining ko?plab ko?chib ketishiga sabab bo?lgan. Qoraqalpoqlar g?arbga O?zbo?y, Volga va Ural tomonga ko?chib o?tganlar. U yerda Oltin O?rda tarkibida bo?lganlar. Ular Rashiduddin asarida ?qavmi kulohi siyoh“ deb atalgan.

Qoraqalpoqlarning aksariyat qismi XVII?XVIIIasrning o?rtalarida Sirdaryoning o?rta va quyi oqimlarida yashagan. XVIII asrning o?rgalarida siyosiy voqealar, ya?ni qozoq xoni Abulxayrxon qoraqalpoq yerlariga hujum qilishi oqibatida ular Sirdaryo deltasidagi g?arbiy tarmog?i ? Janadaryo bo?ylariga ko?chib o?tdilar va Amudaryoning quyi oqimida yashovchi qoraqalpoqlar orol o?zbeklari bilan birlashib, markazi dastlab Qo?ng?irot, so?ngra Shohtemir (hozirgi Chimboy) bo?lgan davlat (Orol mulkini) tuzdilar. Qoraqalpoklar asosan, chorvachilik, dehqonchilik va baliq ovlash bilan shug?ullanganlar.

1811-yilda qora-qalpoqlar Xiva xonligiga tobe bo?ldi. 1873-yildarus podsho qo?shinlarining Xivaga qilgan yurishidan so?ng va Gandimiyon shart-nomasi tuzilgach, Amudaryoning o?ng sohilidagi qoraqalpoqlar yashaydigan hudud Rossiyaga qo?shib olingan va bu yerda Turkiston general-gubernatorligining Sirdaryo viloyati Amudaryo bo?limi tashkil etilgan. Amudaryo bo?limi 2 uyezd: markazi To?rtko?l qal?asi bo?lgan Sho?raxon va markazi Chimboy bo?lgan Chimboy uyezdiga ajratildi. Shunday qilib, qoraqalpoqlar yashaydigan hudud 2 ga ajratib tashlandi. Chap sohil qismi Xiva xonligi tarkibida qoldi. Bu esa qoraqalpoqlarning siyosiy va milliy birlashuviga g?ov bo?ldi. Mustamlakachilik zulmi XX asr boshlarida zo?rayib ketdi. 1916-yilda Chimboy, To?rtko?l va boshqa joylarda podsho Rossiyasi siyosatiga qarshi qo?zg?olonlar bo?ldi. 1917-yilda podsho hukumati ag?darilgach, o?ng sohil qismi Turkiston ASSR tarkibiga kirdi, 1918-yilda bu yerda sho?rolar hokimiyati o?rnatildi. 1919-yilda Chimboy volostida xalq qo?zg?olonlari boshlandi. 1920-yilda Amudaryo bo?limi Turkiston ASSRning Amudaryo viloyatiga aylantirildi. 1920-yil aprelda Xiva xonligi hududida Xorazm Xalq Sovet respublikasi tuzildi va uning tarkibiga qoraqalpoqlar yashaydigan joylar ham kiritildi. 1924-yil aprelda Qozog?istonQoraqalpog?iston muxtor viloyati tuzildi. Usha yilda chap vao?ng sohil birlashib, yagona Qoraqalpoq muxtor viloyati maqomida qozog?iston muxtor respublikasi tarkibiga kirdi. 1924-yil oktabrda O?rta Osiyo sovet respublikalarida milliy-davlat chegaralanishi davomida Turkiston ASSR tarkibidagi Qoraqalpog?iston muxtor viloyati tuzildi.

1929-yilda Taxtako?pirda ko?plab mahalliy aholi kolxozlashtirish siyosa-tiga qarshi chiqdi. Bu voqea Qoraqalpog?istonni Rossiya Federatsiyasiga bevosita qo?shib olish uchun asosiy sabab bo?ldi. 1932-yil martda Qoraqalpog?iston muxtor viloyati q. muxtor respublikasiga aylantirildi . 1936-yildan O?zbekiston tarkibida.

Qoraqalpog?iston bir qancha repressiyalarni boshdan kechirdi: 1917?1922, 1928?1930, 1932?1933, 1934?1936, 1936?1938, ikkinchi jahon urushi va urushdan keyingi yillarda. O?sha davrlarda an?anaviy jamoat, xo?jalik va madaniy munosabatlar yo?q qilindi, bir necha o?n ming kishi qatag?onga uchradi.

1950?1980-yillarda Qoraqalpog?istonda totaligar boshqaruv tizimi hukmron bo?ldi. Paxta yak-kahokimligi, qishloq xo?jaligidagi ma?muriy buy-ruqbozlik siyosati agrof muhitning buzilishi va Orol dengizining qurishiga olib keddi. Orol fojiasi regionda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni keltirib chiqardi, aholi sog?lig?ining yomonlashuviga olib keldi. 1990-yil 14-dekabrda Qoraqalpog?iston Respublikasi suvereni-teti e?lon qilindi. 1991-yil 31-avgustda bu holat ?O?zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari to?g?risida“gi Qonunda o?z aksini topdi. 1993-yil 4-dekabrda davlat madhiyasi tasdiqlandi. Milliy mustaqillik davrida respublika suverenitetining me?yoriy-huquqiy asoslari mustahkamlandi, yangi ma?muriy hokimiyat tuzilmalari faoliyati o?rnatildi. Respublikada 17 shahar va tuman hokimiyati, fuqa-rolarning mahalliy o?z-o?zini boshqarish organlari tashkil etildi, 200 dan ortiq jamoat tashkilotlari ishlab turibdi.

Asosiy siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari va boshqa jamoat tashkilotlari. Qoraqalpog?istonda O?zbekiston Xalq Demokratik partiyasining Qoraqalpog?iston Respublikasi tashkiloti (1995.25.12), ?Adolat“ Sotsial Demokratik partiyasining Qoraqalpog?iston Respublikasi tashkiloti (1996.27.02), ?Fi-dokorlar“ Milliy Demokratik partiyasining Qoraqalpog?iston Respublikasi tashkiloti (1999.22.01), O?zbekiston tadbirkorlar harakatining Liberal Demokratik partiyasi Qoraqalposhston Respublikasi tashkiloti (2004.23.01) hamda ?Kamolot“ yoshlar ijtimoiy harakatining Qoraqalpog?iston Respublikasi tashkiloti faoliyat ko?rsatadi.

Dastlabki kasaba uyushmalari tashkilotlari XX asrning 20-yillarida tashkil etilgan. 1951-yilning avgust oyida Qoraqalpog?iston viloyat kasaba uyushmalari kengashi tashkil topgan. 2005-yilning mart oyida kasaba uyushmalari kengashi Qoraqalpog?iston Respublikasi kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi deb qayta nomlandi. Uning tarkibiga ishchi-xizmatchilarning 11 dan ortiq kasaba uyushmasi kiritilgan: agrosanoat majmuasi, avtotransport va pul xo?jaligi, aloqa. ta?lim va fan, sog?liqni saqtash, davlat muassasalari, madaniyat, mebel sanoati va kommunal-xo?jalik korxonalari, yoqilg?ienergetika, geol. va kimyo sanoati, kichik biznes. iste?molchilar kooperatsiyasi, savdo va tadbirkorlar, qurilish va sanoat qurilishi materiallari.

Qoraqalpoqlar etnogenezining qadimiy bosqichlari bizning eramizdan avvalgi VII?IV asrlarda Orol-Kaspiy sahrosi va Amudaryo deltasining hududlarida yashab o?tgan sak va massagetlar qabilalari bilan bog?liq. VI?VIII asrlarda bu yerdagi aholi bilan turkiy qabilalar qisman qorishadilar. VIII?X asrlarda bijanaklar va og?uzlar orasida qoraqalpoqlarning shakllanishi boshlangan. Bijanaklar bir qismi Irtishdan kelgan qipchoqlar bilan qorishib, asta-sekin ularning tilini qabul qila boshlagan. Qo?lyozma manbalarda (rus yilnomalarida) ?Chyornie klobuki“, ?Qavmi kulaxi-siyax“ (Rashid ad Din) to?g?risida ma?lumotlar berilgan. Qoraqalpoqlar Sirdaryoning o?rta va quyi oqimlarida, Amudaryoning quyi qismida yashaganlar hamda Orol o?zbeklari bilan birgalikda davlat barpo etadilar (Orol-hukmronligi), uning poytaxti dastlab Qo?ng?irot, keyinchalik Shaxtemir (hozirgi Chimboy tumani) bo?lgan. Qoraqalpoqlar yarim ko?chmanchi, chorvachilik va irrigatsion dehqonchilik hamda baliqchilik bilan shug?ullanadi.

1811-yildan boshlab Qoraqalpoqlar Xiva xonligiga qaram bo?lganlar. 1873-yilda chor qo?shinlarining Xivaga yurishi va Gandimyon shartnomasi tuzilgandan so?ng Amudaryoning o?ng sohilida joylashgan Qoraqalpoqlarning hududi Rossiyaga qo?shildi. Bu yerda Turkiston General?gubernatorligi Sirdaryo viloyatining Amudaryo bo?limi paydo bo?ladi. Amudaryo bo?limi 2 ta uchastkaga bo?linadi: Petro-Aleksandrovsk qal?asi markazi bo?lgan Sho?raxon uezdi (hozirgi To?rtko?l shahri) va markazi Chimboy bo?lgan Chimboy uezdi. 1924-yilda millatlarni e?tiborga olgan holda hududga bo?lish jarayonidan keyin Qoraqalpoq avtonomiyasi tashkil topib, Qozoq avtonom respublikasi tarkibiga kiritiladi. [1]

1930-yil 20-iyulda Qoraqalpoq avtonomiya bo?limi RSFSR tarkibiga kiradi.

1932-yil 20-martda u Qoraqalpoq ASSRga o?zgaradi.

1936-yildan boshlab Qoraqalpog?iston ASSR O?zbekiston SSR tarkibiga kiradi. Qoraqalpog?iston ASSR 1990-yil 14-dekabr sanasida davlat suverenitetini elon qiladi. 1992-yilidan Qoraqalpog?iston ASSR Qoraqalpog?iston suveren Respublikasi maqomiga ega bo?ladi.

1993-yilda Qoraqalpog?iston Respublikasi O?zbekiston tarkibida 20 yil mudatga qolishga so?ng 2013-yili referendum yo?li bilan mustaqil davlat bo?lishga ikki tomomlama shartnoma tuziladi.

Xo?jaligi va Sanoati

Qoraqalpog?iston ? xo?jaligi rivojlangan respublika shunga qaramay O?zbekistoning Dotatsiyon mintaqasi hisoblanadi. Qoraqalpog?iston hududida foydali qazilmalardan gaz, gaz kondensati, neft, qurilish va qoplama toshlar, gips va ohaktosh, keramzit, sement, kon-ruda va kon-texnika xom ashyosi olinadi.

Sanoatida ishlov beruvchi va xom ashyo yetkazib beruvchi tarmoqlar mavjud bo?lib, ular quyidag?ilardan iborat: elektroenergetika; yoqilg?i sanoati; kimyo va neft kimyosi; mashi-nasozlik va metallsozlik; o?rmon. yog?ochni qayta ishlash va sellyuloza-qog?oz; un-yorma va aralash yem; poli-grafiya sanoatlari.

Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi respublika va qo?shni viloyatlarning elektr energiyasiga bulgan talabini qondiradi (stansiyaning o?rtacha yillik quvvati 443,4 MVt). 1996-yilda Qo?ng?irot tumanida ?Ustyurtgaz“ korxonasining ishga tushirilishi bilan yoqilg?i sanoati vujudga keldi. 2004-yilda respublika buyicha 1697,1 mln. m1gaz va 30,4 ming t kondensat yetkazib berildi. 1993-yilda ?Nukuskabel“ ishga tushirilishi bilan kabel sanoati vujudga keldi. Mustaqillik yillarida Qo?ngirot un zavodi (1993), ?To?rt-ko?ldon“ (1997), kichik novvoyxonalar va makaron ishlab chiqarish korxonalari bunyod etildi.

Yirik sanoat korxonalari Amudaryo tumanida (paxta zavodi va ip pigiruv va to?qimachilik fabrikasi), Beruniy tumanida (paxta, yog?-moy zavodlari, to?qi-machilik korxonasi). Qung?irot tumanida (paxta, un-yorma zavodlari, ?Us-tyurtgaz“), To?rtko?l tumanida (paxta, un tortish zavodlari), Xo?jayli tumanida (paxta, yog?-moy, ta?mirlash-me-xanika va gisht zavodlari). Chimboy tumanida (paxta, yog?-moy, unyorma zavodlari), Ellikqal?a tumanida (paxta zavodi, ?Elteks“ aksionerlik jamiyati va ?Yuniver“ qo?shma korxonasi), shuningdek, Nukus shahrida (vino zavodi, poligrafiya kombinati, ?Kateks“, ?Nukus non“, ?Daunt“ korxonalari, un-yorma zavodi, 2 ta qurilish sanoati korxonasi) va taxiatosh shahrida (ta?mirlash-mexanika va uyayorma zavodlari) faoliyat ko?rsatadi.

Respublikada benzin, kerosin, dizel yonilg?isi, ohaktosh, qoplama materiallar, yig?ma temir-beton buyumlari, mebel, ip tolasi, paxta, tikuvchilik mahsulotlari. to?qimachilik galantereyasi, o?simlik moyi, go?sht va go?sht mahsulotlari. non, qandolatchilik va makaron mahsulotlari, un, yorma va boshqa ishlab chiqarish yo?lga qo?yilgan.

Qishloq xo?jaligi, asosan. paxtachilik, g?allachilik (sholi va bug-doy yetishtirish) va chorvachilik (go?sht, sut, qorako?lchilik)dan iborat. Qishloq xo?jaligining yalpi mahsuloti hajmida paxta 22,4 %, g?alla ekinlari 22,1 %, chorva mahsulotlari 36,4 % ni tashkil etadi. 2004-yilla umumiy ekin maydoni 251,2 ming ga, shundan 92,9 ming ga maydonga donli ekinlar, 102,9 ming ga yerga paxta. 13 ming ga yerga sabzavot-poliz, 34,2 ming ga yerga yemxashak ekinlari ekildi.

Chorvachilik, asosan, go?sht-sut yetishtirishga ixtisoslashgan. 2005-yilda barcha toifadagi xo?jaliklarda 437,7 ming qoramol, 539,9 ming qo?y va echki, 844,7 ming parranda, 15,8 ming ot boqildi. [1]

Transporti

Qoraqalpog?iston keng va turli-tuman transport tarmog?iga ega. Transport yo?li, havo, avtomobil transportlaridan keng foidalaniladi. 1994-yilda avtomobil yo?llarining umumiy uz. 4295 km, shu jumladan, qattiq qoplamali yo?llar 4235 km bo?lgan. 1999-yilda Amudaryoga Nukus va Xo?jayli shaharlarini birlashtiruvchi avtomobil yo?lli ko?prik qurildi. Qorao?zak ? Miskin, Miskin -Gazo?choq. Miskin-Buzoqboshi temir yo?l qurib ishga tushirildi. 2005-yilda temir yo?l uzunligi 984 km ga yetdi. Nukusda trolleybus qat-novi yo?lga qo?yilgan (1991). Nukus aeroporti 1940-yilda qurilib. 2003-yilda rekonstruksiya qilingan. 1 soatda 200 kishiga xizmat ko?rsatadi. 1998-yilda Qoraqalpog?istonda ?O?zdunrobita“ O?zbekiston ? Amerika qo?shma korxonasinkng uyali telefon tarmogi faoliyat boshlagan. [1]

Tibbiy xizmati

Respublikada 70 ta tibbiy muassasa (9485 o?rin), 246 am-bulatoriya-poliklinika muassasasi, ularning tarkibida 20 qishlok, uchastka vrachlik punkti, 6 shahar va mahalla vrachlik punkti, tuman markaziy kasalxonalariga qarashli 14 poliklinika, 20 respublika va shahar hamda kasalxonalar bilan birlashgan 20 poliklinika, 3 bolalar poliklinikasi, 2 respublika muassasalariga qarashli poliklinika bor. 1991?2005-yillarda 61 qishloq vrachlik punkti; Nukus shahrida Respublika akusherlik va ginekologiya ilmiy tadqiqot institutining filiali, 2 poliklinika (100 bemorni qabul qilishga mo?ljallangan) qurildi. Qoraqalpog?istonda 3,6 ming vrach (har 10 ming aholiga 23,1 vrach, 15,5 ming o?rta tibbiy xodim (har 10 ming kishiga 98,7) faoliyat yuritadi. Har 10 ming kishiga kasalxonalarda 60,6 o?rin to?g?ri keladi. Aholiga O?zbekiston respublika shoshilinch tibbiy yordam markazining Nukus shahridagi filiali, shuningdek, 14 tuman markaziy kasalxonasi va taxiatosh shahri kasalxonasi qoshidagi tez tibbiy yordam bo?limlari xizmat ko?rsatadi. Nukus shahrida 2 ta shahar poliklinikasi ?oilaviy poliklinika“ sifatida faoliyat yuritadi. Keyingi 10 yil ichida respublikada hamshiralik par-varishi bo?yicha 75 o?rin tashkil etilgan. Nukus shahrida 1998-yildan Skrining markazi, 2003-yildan esa bir smenada 100 o?smirni qabul qilishga mo?ljallangan respublika o?smirlar markazi ishlab turibdi. Respublikada Toshkent pediatriya institutining filiali, 4 tibbiyot kolleji mavjud. 9 sanatoriy-profilak-toriy (1200 o?rin) faoliyat ko?rsatadi. [1]

Sporti

Qoraqalpog?iston sportchilari sportning kurash, boks, futbol, og?ir atletika, voleybol, basketbol, ot sporti turlari va boshqa bo?yicha mamlakat muso-baqalarida ishtirok etib kelmoqdalar. Qoraqalpog?istonda 14 stadion, 467 sport zali, 3159 sport maydonchasi, 3 suzish havzasi, tennis kortlari va boshqa sport inshootlari bor. Bir qancha qoraqalpoq sportchilar O?zbekiston, Osiyo, jahon sport musobaqalarida qatnashib, g?oliblikni qo?lga kiritganlar yoki sov-rinli o?rinlarni egallaganlar. Qoraqalpog?iston sportchilari ?Umid nihollari“, ?Barkamol avlod“, studentlar universia-dalarida muvaffaqiyatli qatnashib kelmoqdalar. Muaytay bo?yicha 5 karra jahon chempioni Erkin Qutiboyev, og?ir atletika bo?yicha Osiyo chempioni Baxtiyor Nurullayev, Olimpiada o?yinlari kumush medali sovrindori Sergey Sirsovning nomlari mashhur. 12-Osiyo o?yinlarida boks bo?yicha Alisher Avezboyev, futbol bo?yicha Berdax Allaniyazov, eshkak eshish bo?yicha Baxtiyor Davletyarovlar g?oliblikni qo?lga kiritdilar. Respublikada xalqaro toifadagi sport ustalari, sport ustaligiga nomzodlar, 1 toi-fadagi sportchilar tayyorlanadi. [1]

Maorifi, ilmiy va madaniy-ma?rifiy muassasalari

2004/05 o?quv yilda Qoraqalpog?istonda 763 umumiy ta?lim maktabi faoliyat ko?rsatib, ularda 338 mingdan ziyod o?quvchiga 36,1 ming o?qituvchi ta?lim beradi. ?Pro-T4-Sh gress“ ta?lim va taraqqiyot markazi O?zbekistondagi XXI asr maktabining andozasi sifatida tan olindi. O?qitishning noan?anaviy uslublaridan foydalanish, eng yangidarsliklar, o?quv dasturlari, audio va videotexnikalarni qo?llash o?quvchilarga ingliz tilini o?rganishga yordam beradi. Uning filiallari Qo?ng?irot, To?rtko?l, Xo?jayli tumanlarida ochilgan. O?quvchilarning kompyuter savodxonligini oshirishga alohida e?tibor berilgan. 6 yoshdagi bolalarni kasbiy yo?naltirish va ularni maktabdagi o?qishga tayyorlash maqsadida shahar va tuman xalq ta?limi bo?limlari qoshida ?Diagnostika markazlari“ tashkil etilgan. 72 kasb-hunar kolleji, 5 akademik litsey bor. Bu o?rta maxsus o?quv yurtlarida 60,6 ming o?quvchi o?qiydi. Qoraqalpog?istonda Qoraqatoq universiteti, Nukus pedagogika instituti hamda Toshkent tibbiyot pediatriya instituti bilan Toshkent agrar universitetining filiallari bor. Ularda 9 mingga yaqin talaba ta?lim olmoqda.

35 ilmiy muassasa, shu jumladan, O?zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog?iston bo?limiga qarashli 6 ta bo?linma (O?zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog?iston bo?limining tabiiy fanlar kompleks instituti, Bioekologiya instituti, Orolbo?yi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar instituti, N.Dovqorayev nomidagi Til va adabiyot instituti, Tarix, arxeologiya va etnografiya instituti, Qoraqalpog?iston klinik va eksperimental tibbiyot ilmiy tadqiqot instituti), Botanika bog?i ishlab turibdi. [1]

Matbuoti, radioeshittirish va televideniyesi

Qoraqalpog?istonda 5 respublika, 14 tuman, 1 shahar (Nukus), 20 tarmoq gazetalari, 2 byulleten va 9 jurnal nashr etiladi. Shulardan yiriklari: ?Erkin Qaraqalpaqstan“ (1924-yildan), ?Vesti Karakalpakstana“ (1919-yildan), ?Qaraqalpaqstan jaslari (1931-yildan)“, ?Amu tani“ (1991-yildan), ?Ustoz jolim“ (1998), ?Garezsizlik xem nızam“ (1996-yildan), ?Davr ko?zgusi“ (1978-yildan), ?Madeniyat xam sport“ (1997-yildan), ?Amudarya“ (1932-yildan), ?Vestnik“ (1960-yildan), ?Aral qizlari“ (1991-yildan), ?Ilim xam jemiyet“ (1991-yildan), ?Saniyat“ (2003-yildan), ?Ekonomika xem bank“ (2003-yildan), ?Karakalpakstan“ (2002-yildan), ?Bilim xam ondiris“, ?Jipek jolim“ (1999-yildan). Qoraqalpog?iston radiosining eshittirishlari 1932-yil yanvarda boshlangan. Dastlab radioeshittirishlar qisqa axborotlar tarzida tashkil qilingan. 1935-yilda ularning hajmi 3 soatgacha yetkazilgan. Hozirgi kunda Qoraqalpog?iston radiosi kuniga 6,5 soat hajmda eshittirishlar olib boradi.

Qoraqalpog?iston televideniyesi dastlab 1964-yil 5-noyabrda efirga chiqdi. Ilk faoliyati davrida ko?rsatuvlar kechki paytda 1,5 soat hajmda berilgan. Hozirgi kunda ertalab 1,5 soat va kechki payt soat 19 dan yarim tungacha, dam olish kunlari teleko?rsatuvlar olib boriladi. [1]

Adabiyoti

Qadimgi va boy tarixga ega qoraqalpoq folklorining asosini lirik va epik asarlarning barcha turlari tashkil etadi. Lirik janr asarlariga xalq, marosim qo?shiqlari (yor-yor, xaujar, jo?qlov, yaramazon, gulap-san, badik va boshqalar), aytis (aytishuv, qo?shiq-bellashuvlar), matal va maqollar, masallar, tez aytish; epik janr asarlariga ertak, to?lgov, terma, dos-tonlar kiradi.

Dostonlar qoraqalpoq folklorining asosiy janri bo?lib, 4 tur (qahramonlik, lirik, ijtimoiy-maishiy, tarixiy dostonlar)ga bo?linadi. Qoraqalpoqlarda keng tarqalgan doston ?Alpamis“ dostoni. Shuningdek, ?Yedige“, ?Qublon“, ?Qirq qiz“ dostonlari mashhur.

Qoraqalpoq mumtoz adabiyotining yirik namoyandasi shoir Jiyen jirovning (1730-84) faoliyati muhim ahamiyatga ega. O?zining ?Ulug? tog?“, ?Po?sgan yel“ dostonlarida qoraqalpoqlarning Xorazmga ko?chib kelish tari-xini yozgan. Qoraqalpoqlarning turkistondan ko?chib kelishiga shoirning yana bir ?Xush bo?ling, do?stlar“ she?ri bag?ishlangan. Yana bir shoir Kunxo?ja she?rlarida o?zi yashagan davrdagi xalq hayotini tasvirlagan. Ajiniyazning ijodi XIX asrda ijod qilgan qora-qalpoq shoirlari orasida yetakchi o?rinni egallaydi. Uning asarlari alohida to?plamlar sifatida qoraqalpoq, o?zbek, qozoq va rus tillarida chop etilgan. Berdaq shoirning lirik, satirik, didaktik she?rlari, tarixiy dostonlari diqqatga sazovor. Shuningdek, Otesh Alshinbay o?g?li (1828- 1902), Kulmurot Qurbon o?g?li (1845- 1926), Omar Sugirimbet o?g?li va boshqa shoirlarning she?r, doston va boshqa asarlari qoraqalpoq adabiyoti tarixida munosib o?rin egallaydi.

20-asr boshlarida qoraqalpoq adabiyotida she?riyat yetakchilik qildi. Hozirgi zamon qoraqalpoq adabiyotining asoschilari A. Musayev, S. Majitov, K. Avezov, K.Yormanov, I. Fozilov, N. Dovqorayev, A. Begimov, J. Aymurzayev, D. Nazberganov, M. daribayev, A. Shomuratov, S. Qurbonniyozov va boshqalarning ijodida madaniyat va ma?rifat, ta?lim, mehnat, tabiat gi, ayollar tengligi niy masalalar asosiy bo?ldi.

20-asrning 20-40-yillaridagi qoraqalpoq adabiyotida Qozi Maulik Bekmuham-mad o?g?li (1885?1950), A. Dabilov, S. Nurimbetovlar ijodida xalq og?zaki ijodining boy an?anaviy merosi keng tasvirlangan. 1940?1945-yillarda qoraqalpoq adabiyotida tashviqot-targ?ibot yo?nalishidagi publitsistik asarlar bilan felyeton, ocherk, qisqa hikoyalar yaratila boshladi. Badiiy asarlarning asosiy mavzusi fashizm ustidan g?alaba qozonish, qahramonlik g?oyalari bo?lib, badiiy asarlarda ham urush qahramonlarining obrazlari yaratilgan.

Urushdan keyingi davrda (1946?1960) she?riyat, proza, dramaturgiya, bolalar adabiyoti, adabiyotshunoslik va adabiy tanqidchilik rivojlandi. O?sha davrda yozuvchi va shoirlardan I. Yusupov, T.Jumamuratov, B. Qaipnazarov, B. Ismoilov, X.Turimbetov, O.Xo?janiyozov, T.Qaipbergenov, K.Sultonov, G.Seytnazarov, T.Seytjonov, J. Dilmurotov, S. Pirjonov va boshqaning ijodi samarali bo?ldi. Adabiy tarjimashunoslikka ham ko?p e?tibor berildi. Qoraqalpoq yozuvchilarining ko?p asarlari, ba?zi adiblarning to?plamlari o?zbek, rus, qozoq tillariga tarjima qilindi. O?z navbatida boshqa xalqlar adabiyot vakillarining saylanma asarlaridan qoraqalpoq tiliga o?gi-rilgan tarjimalari nashr qilina boshlandi.

1960?1980-yillar qoraqalpoq dramaturgiyasida P.To?legenovning ?Onalar“, ?Ko?lanka“, ?Inson taqdiri“, J. aymurzayevning ?Ber-daq“, ?Qadrdon doktor“, S.Xojaniyozovning ?Suymaganga suykanma“, ?Ahmoq podsho“, T. Seytjonov, I. Yusupovning pyesalari (A.Shamuratov bilan birgalikdagi) muhim ahamiyat kasb etadi. Shu davrda lirik-epik she?riyat mazmuni va mavzusi, uning janr jihatdan o?ziga xosligi rivojlandi va boyidi.

1970?1980-yillar dramaturgiyasida teatr sahnalarida qo?yilgan K.Rahmonovning (1942?2002) ?U dunyoga taklif“ tragikomediyasi, ?Injiqning muhab-bati“ komediyasi, I.Yusupovning ?Ajiniyaz“ operasi librettosi yangi muhim hodisa sifatida tan olindi. X. Saparov, Sh. Dilmurotov va boshqalarning she?riy to?plamlari qoraqalpoq bolalar adabiyotiga qo?shilgan muhim hissa bo?ldi. 1970?1980-yillardagi qoraqalpoq prozasi G.Yesemuratova, U.Pirjanov, A.Atajanov, J. Seytov, S.Bahodirova, X.Hamidov, K. Mambetov, O.Bek-baulov, I.Qurbonboyev, S.Soliyev, M.Qayipov kabi yozuvchilar bilan boy-idi. Hozirgi zamon qoraqalpoq prozasining rivojlanishida T.Qaipbergenovning ijodi alohida o?rin tutadi.

Hozirgi zamon qoraqalpoq she?riyatini g?oyaviy-mavzuli badiiy-estetik jihatdan boyitishga I.Yusupov salmoqli hissa qo?shdi. 1980-yillarning 2-yarmida K.Mambetovning ?Xujdan“. O.Abdurahmonovning ?Bo?sag?a“, A.Otepbergenovning ?Do?zax ichida“, K.Rahmonovning ?Oqibat“, Sh. Seytovning ?Xalqobod“ romanlari yaratildi. She?riyatga o?z ovoziga ega bo?lgan K. Karimov, K. Reymov, N. Toreshova, M. Jumanazarova, O. Seytayev, O. Satbayev, J. Xo?shniyozov, X. Dauletnazarov, J.Izboskanov, X.Ayimbetov kabi iste?dodli ijodkorlar kelib qo?shildi.

Teatr sahnalarida tragediya, komediya, tragikomediya janrlaridagi K. Rahmonovning ?Laqqilar kasalxonada“, S.Jumagulovning ?Ekstrasens“, ?Kuyovingni berib tur“, K. Matmurotovning ?Farzand“, M.Nizamovning ?Noyob nusxa“, J. Xo?janovning ?Qo?shnimning qizi“ asarlari qo?yildi.

Qoraqalpog?iston adabiyotshunoslik faniga 1930-yillarda N.Dovqorayev (1905?1953), K.Aymbetov (1908?1973), I.Sagitov (1908?1993)lar tomonidan asos solingan. Ularning davomchilari: M.Nurmuhammedov (1930 ? 86), N.Japakov (1914?1975), S.Ahmetov (1929?1996), K.Maksetov (1927?2003), G.Yesemuratov (1930), J.Narimbetov (1937 ? 2004), K.Sultanov (19322000). K.Mambetov (1942?2001), T.Mambetniyazov (1930), K.Bayniyazov (1934), S. Bahodirova (1944), A.Paxretdinov (1938) va boshqalar. [1]

Me?morligi va tasviriy san?ati

Qoraqalpoqlar san?atini o?rganish xalqning uzoq o?tmishi bilan tanishishga imkon beradi. Uning izlarini antik davr me?moriy yodgorliklari-da, mas, Tuproq-qal?aaatch Xorazm sivilizatsiyasiga, oid devoriy tasvirlarda ko?rish mumkin. Qoraqalpoqlar san?atining sarchashmalari Sharqiy Yevropa va Osiyo qad. madaniyati bilan chambarchas bog?liq. Qoraqalpoq ornamentlari Kiyev yaqinidan topilgan ? kumushdan yasalgan tamg?ali belbog? qadamalari, fibullar va chakka xalq-alarida ham uchraydi. Bu tasodifiy emas, chupki ?qora kulohlar“ qabilalari 12-asrda Kiyev Rusining chegarasida yashagan. Chirikrabotpa topilgan zargarlik buyumlaridagi motivlarni qoraqalpoq ornamentining timsoli deb hisoblash mumkin. Qoraqalpoqlarda xalqning o?ziga xos etnik xususiyatlari gilam va kashta buyumlarida yaqqol aks ettirilgan. Ularga qo?shni bo?lgan xalqtar orasidan qoraqalpoqtarda ko?proq turkman ornamenti va naqshlariga yaqinlik seziladi. Qoraqalpoq kigiz va namatlaridagi bezaklar juda qiziqarli bo?lib, ularga naqsh tushirish texnikasi o?ziga xos. qozoqlarnikidan farqli o?laroq, applikatsiya yo?li bilan tushiriladi. Ularda bezaklar to?lqin ko?rinishida bo?ladi, bu juda qad. ornament bo?lib, suv ramzini bildiradi. Chunki qoraqalpoqlar qad. dan daryo va ko?l bo?ylarida yashab kelganlar. Ularda qadimdan movut va fil suyagi bilan qadama naqshli yog?och o?ymakorligi rivojlangan. Qoraqalpog?iston hududida antik, o?rta asr va yangi davrlarga oid me?morlik yodgorliklari mavjud. Me?morlik va tarixiy yodgorliklardan 237 tasi ro?yxatga olingan, ulardan 145 tasi arxeologiya, 25 me?morlik va 67 tasi monumental yodgorliklardir. beruniy tumanidagi Sulton Uvays Bobo (P-14-asrlar), kechirmas Bobo (17- 19-asrlar); To?rtko?l tumanidagi Qalan-dardag? (18-19-asrlar). Norinjon Bobo (12-14-asrlar) majmualari, Xo?jayli tumanidagi Mazlumxon Sulu va Mizdahqon (11 ?19-asrlar); Qo?ng?irot tumanidagi Beleuli (12- 14-asrlar). davut Ota maqbarasi; Mo?ynoq tumanidagi Hakim Ota maqbarasi va qabristoni, Ellikqal?a tumanidagi Ayozqal?a-1 va Ayozqal?a-2 (3-8-asrlar), Tuproqqal?a (3-asr) eng muhim yodgorliklardir.

20-asrda Qoraqalpog?istonda gasviriy san?at shakllari rivoj topdi (I.Savitskii, Q.Soipov, J.Izentayev, J.Quttimurodov va boshqalar). Nukusda Qoraqalpog?iston davlat sanat muzeyi, Qoraqalpogiston Respublikasi o?lkashunoslik muzeyi faoliyat ko?rsatmoqda. Qoraqalpoq san?ati an?anaviy shaklga, chuqur tarixiy o?tmishga ega. Bugungi Q. san?atda o?ziga xos milliylik saqlanib qolgan mintaqadir. Xalq orasida o?tov, hovli an?anaviy yashash joylari hisoblanadi. Bugungi kunda ham san?atdagi an?anaviylik hamda milliy o?ziga xoslik saqtanib qolgan va o?z rivojlanishiga ega. [1]

Musiqasi

Qoraqalpog?iston musiqa madaniyati uzoq tarixga ega bo?lib, hozirgi kunda boy musiqiy folklor, og?zaki an?anadagi professional musiqa va, shuningdek, 20-asrda rivoj topgan kompozitorlik ijodiyoti namunalariga egadir.

Musiqiy folklor shakllar asosini qo?shiqlar tashkil etadi. Xalq marosimlari bilan bog?liq bir qancha janrlar (mav-sum marosim qo?shiqlardan ?Aydar-aydar“ ? shamolni chaqirish, dinii marosim ? ?Yaramazan“, oilaviy marosim va maishiy qo?shiqlardan ?Yar-yar“, ?Heujar“, ?O?len“, ?Sinsiu“, ?Joqlau“ va boshqalar) uning eng qad. qatlamini tashkil etadi. Badiiy mazmuniga ko?ra xalq qo?shiqlari ishqiy-lirik, tarpxiy, marosim, ayollar (qizlar), bolalar qo?shiqtaridan iborat. Ularning aksariyati diatonik ladlarga asoslanib, ohanglari melizmatik bezaklarga boy, kuychanlik xususiyatlarga ega. Qoraqalpoqtarda islomdan oldingi madaniyat hisoblanuvchi ruhlarni chaqirish. ular yordamida bemorlarni davolash uchun por-xan (parixon)lar tomonidan ijro etilgan aytimlar ham saqtangan (?badik“, ?gulapsan“). Folklor musiqasida ayollar (qizlar)ning changqo?biz musiqasi, yigit-qizlarning teatrlashgan o?yinqo?shiqtari, laparlari (?yag?ln baxar“) mavjud.

Qoraqalpoqparning og?zaki an?anadagi professional musiqasining markaziy qismini doston musiqasi egallaydi. Qoraqalpoq doston ijrochilari 3 turga bo?linadi; jirovlar, bax-shilar va qissaxonlar. Ularning har biri o?ziga xos ma?lum ijtimoiy-siyosiy sharoitda yuzaga kelgan bo?lib. bir-biridan repertuarilagi dostonlar mazmuni, ijro uslubi. doyeton aptim kuylarn hamda muspqiy cholgu jo?rna-vozligi jihatidan farq qpladi. Jirovlar faoliyati an?anaviy ijodning eng qad. qatlamiga mansub bo?lib, qahramonlik dostonlarni (?Qoblan“. ?Sharyar“, ?Yedige“, ?Atpamis“. ?Mas-patsha“), tarixiy to?lgovlarni ichki ovozda qo?biz jo?rligila ijro etishadi. Baxshi (baqsi)lar ishqiy-lirik va qahramonlik dostonlarni (?Yusuf-Zulayha“, ?ZaureTlyir“. ?Yusuf-Ahmet“, ?Go?ro?g?li“) hamda mumtoz she?riyati asarlarini ochiq ovozda. dutor va g?ijjak jo?rligila (gohida bulamon ham qo?shiladi) ijro etishadi. Kuylar murakkabligi. ifoza vositalar boiliti bilan jirovdan farq qiladi. Kissaxoplar ko?pincha savodxon shaxslar bo?lib, xalq yig?nnlarida dostoi qulyozmalarini o?qib yokn yoddan aytib berishadi. Ular sherlarni faqat o?ziga xos. nuchq intonaiiyasiga yaqin aytim kui (namaTtarga solib, musiqiy cho.pu jo?rligisnz ochiq ovozda ijro etishadi.

Millny musiqa cholg?ulari qatoriga dostonchilarching cholgulari bo?lmish qo?biz, lutor, gijjak (girjek) va bo?lamondai tashqari chapgqo?biz, qamish surnay va bolalar xushtagi (?iskirauik“) kiradi. Utmishda qoraqadpoklarda chindov\l. surnay. karpay. nogora, dap (doira) kabi cholg?ularning mavjudligi haqida qahramonlik dostonlarida ma?dumotlar sakdangan. Bularlan qo?biz va d\tor keng tarqalgan. ularda mohir sozandadar tomonidan krrakalpoq mumtoz cholgu kuylari chalinadp. Ayniqsa. dutor kuplari orasnda ?Mu-xalles“, ?Nalish“ kabi tutjumip kunlar shaklan murakkab va pfoda vositalarining boyligi bilan ajralib turali. Qoraqalpoq an?anaviy musiqa rivojlanishiga 20-asrla Nuraoullo jnrsv. Yerpo?lat jirov. Ho?qnz jirov, Jumaboy jirpv, Qiyos baxshi Hayratdinov. Japak baxish Shomurotov. Yesjap baxshi Qospo?latop, Kenjaooi baxshi Tilevmurotov, Qoraqalpog?pston xalq artisti T.Qurbonov va 6 salmoqli hissa qo?shdilar.

20-asrning 2 choragidan boshlab milliy kompozitorlik ijodiyoti shakllana boshladi. Musiqali dramalar, kichik simfonik asarlar, kamer asarlar va h.k. yozildi. Bu sohaga Jaaq baxshi Shomurotov salmoqli hissa qo?shdplar. 1970?1990-yillarga kelib opera, opatoriya. Simfoniya, sonata kabi iirik janrlardagi asarlarning ilk tajribalari paydo bo?ldi ?Ajiniyaz“ operasi (1974), ?Birinchi qoraqalpoq simfoniyasi“ (1971). birinchi milliy baleti ?Oy-jamol“ (1996), G?.Demesinovning 2 simfoniyasi, fortepiano va orkestr uchun konnertlari va boshqa O.Shomurotova, Ye.Sheraziyeva, R. Seshpov, S.Mambetova, O.Otamurotova, I.Rafiqova. D.Kaipov va boshqa zamonaviy musiqa madaniyatiga sad\yuqli hissa qo?shdilar. Respublikaning madaniy hayotida si.m-fochik orkestr. katta xor jamoasi va balet truppasi fao.t ishtirok etmoqla. Shuningdek, Berdaq nomidagi filarmoniya (1946-yil), Qoraqalpoq davlat teleradioqo?mitasi qoshidagn xalq chol-g?ulari orkestori, ?Jaslar“ orkestori ?Ayqulash“ ashula va raqs ansambli, ?Muxalles“ dutorchilar ansambli va boshqa musiqiy jamoalar faoliyat yuritmoqta. Qoraqalpog?iston o.m-maviy (estrada) musiqasi sohasida ?O?ynasin“ vokal cholgu ansa\:bli. ?Yeulzor“, ?Saubet“. ?Miiras“, ?Jigitlar“ guruhlari, Z.Xo?janazarova (1961?1992).’ r’Kutekeyeva. M.Sapayeva. D. Mambetmuratov. Ye.Munteyeva, M.Otamurotov. G.Ollabergenova kabi estrada xonanlalarn mashhur.

Musiqiy bilim sohasida bolalar musiqa maktablari. Nukusda musiqa koldeji. madaniyat kolleji. oliy o?quv yurtlari (Nukus universiteti va boshqalar)da musiqiy kafedralar faoliyat ko?rsat\:oqda. [1]

Teatri

Drama va teg.trning e.tement-darida qoraqatpoq xalqnning urf-odatlari va o?ppnlarida, xatq dostonlari-da. xalq ustalarining ijodiyetida, professionat so?z ustalarining san?ati (0\1irbek laqqi. Kampakat-Kampir. Davlat Laqqi. Tinnmqiz)da mujassamlashgan. 19-asrda masxarabozlarning san?ati keng tarqalgan. 20-asr boshlarpga kelib teatr professionaz san?at darajasida shakllanli. 1930-yil To?rtko?lda musiqali drama teatrp tashkil etildi. keyinchashk unga K.S. Stanislavskiy. 1990-yilda Berdaq nomi berildi. Undan tashqarp Respublikada Qoraqalpoq teatri, 1978-yilla tuzilgan S. Xo?janiyozov nomidagi Davlat yosh tomoshabinlar teatri va 1990-yildan Davlat ko?g?irchoq teatri faoliyat ko?rsatmokdaKinosi. 1970 i. 19-fevralda Nukusda O?zbeknston ilmiy-ommabop va hujjatli fnlmlari Toshkent kinostudiyasining Qoraqalpoq filiali ochildi. 1970-yilning o?rtalariga kelib yosh qoraqalpoq kino san?ati rivojlana boshladi. 1990-yil aprelda ushbu filial bazasida Nukus shahrida ?Qoraqalpoq-film“ kinostudiyasi vujudga keldi. T.Kalimbetovning ?Qalpoqcha“ (1990), ?Qaytish“ (1992) kabi dastlabki badiiy qisqa metrajli filmlari yara-tildi. A.Sultonov ssenariysi asosida ?Elim degan er edi“. ?Ayriliq“ kabi hujjatli filmlari ekranga chiqli. Ekologiya, Afgon urushi. X\okayli arxitekturasi, MDH prezidentlarining uchrashuvi mavzularida filmlar yaratildi. 2002-yilda ishlangan ?Ona“ filmi Buxoro kinofes-tivalining maxsus mukofotiga sazovor bo?ldi. 2003-yil iyul oyida Ins-bruk shahri (Avstriya)da o?tkazilgan 12-Xalqaro kinofestivalida ?Otabegi“ hujjagli filmi qatnashdi. 2004-yil noyabr oyida Gollandiyada o?tkazilgan.YUG?A xadqaro kinofestivalida qagnashgan ?Quduq“ hujjatli filmi shu oyning o?zida Bilbao (Ispaniya) shahrida o?tkazilgan Xalqaro kinofestivalida festivalning eig yaxshi rejissura uchun kumush sovriniga ega bo?ldi. [1]

Tashqi iqtisodiy aloqalari

Respublikaning tashqi savdo aylanmasi 2004-yil uchun 95559,4 ming AQSH dollari yoki 2003-yil darajasidan 50.2 % ortiq. Jumladan. eksport 35160,5 ming AQSH dollari yoki 2003 n.darajasidan 45.2 % ortiq; import 60398.9 ming AQSH dollari yoki 2003-yildarajasidan 53,3 % ko?p.

2004-yilda tashqi savdo aylanmasining umumiy hajmiga nisbatan asosiy ta.shqi savdo hamkorlari: Xi-toy ? 33.4 %. Yeyermaniya ? 14,6 %, Buyuk. Britaniya ? 8,1 %, Shveysarnya ? 6,4 %. Avstriya ? 5.7 %. Italiya ? 4.1 %. Fransiya ? 2,9 %. AQSH ? 2.5 %. Potsha ?2,3 %, Belgiya ? 1.7 %ni tashkil qi.t.ti. Asosiy savlo hamkorlari bo?lib yaqin xori-jiy mamlakatlardan Rossiya (13.1 %) va Qozog?iston (1.0 %) hisoblanadi.

Xarita

Eksportdagi asosiy o?rinni paxta tolasi egallaydi, uning ulushi umumiy eksportga nisbatan 85,3 %, shundan uzoq xorij mamlakatlariga eksport 87,1 % va yaqin mamlakatlarga 12,9 %ni tashkil qiladi. Import strukturasida asosiy ulush mashina va asbob uskunalari ? 78,3 %, kimyo mahsulotlari ?6,7 %, qora va rangli metallar ? 5,9 %, oziq-ovqat mahsulotlari ? 3,2 %ga to?g?ri keladi. [1]

Geografiyasi

Qoraqalpog?iston Qizilqum sahrosining shimoliy-g?arbiy qismini, Ustyurt platosining janubiy-sharqiy qismini, Amudaryo deltasini egallaydi. Orol dengizining janubiy qismi Qoraqalpog?iston hududida joylashgan. Ma?muriy ? hududiy qurilishi 14 tumandan iborat: Amudaryo, Beruniy, Qorao?zak, Kegeyli, Qo?ng?irot, Qanliko?l, Mo?ynoq, Nukus, Taxtako?pir, To?rtko?l, Xo?jayli, Chimboy, Shumanay, Ellikqal?a, Nukus va Taxiatosh shaharlari hamda tumanlarga qarashli shaharlar, elat va qishloqlardan iborat.

Qoraqalpog?iston haqida statistik ma?lumot

Tartib raqami Shahar va tumanlar Umumiy maydoni Lalmikor yerlar Ekin yerlari Ko?p yillik o?rmonlar Qo?riq o?rmonlar Dasht va yaylovlar Qishloq xo?jaligi yerlari (umumiy) Meva-sabzavot xo?jaligi Melioratsiya-qurilish yerlari Umumiy o?rmonlar yeri Boshqa yerlar
1 Nukus shahri  21,2 1,5 0,2 0,1 - 7,1 7,4 2 0,1 0,3 11,4
2 Taxiatosh shahri  2,3 0,2 0,1 - - - 0,1 2,1 - - 0,1
3 Amudaryo 102,1 39,5 32,8 1,4 - 8,7 42,9 5,9 - 5,6 47,7
4 Beruniy 395,2 33 30,4 0,8 - 294,4 325,6 4,3 1,5 8,4 55,4
5 Bo?zatov 226,9 30 14,4 - 0,4 100,2 115 0,6 0,2 21,5 89,6
6 Kegeyli 92,4 28,1 24,6 0,3 0,2 13,9 39 2,3 3,1 2,2 45,8
7 Mo?ynoq 3748,7 11,9 8,4 - 0,8 186,9 196,1 0,4 1,1 132,1 3419
8 Nukus 95,3 31 22,7 3,7 2,5 22,9 51,8 0,9 2,4 4,8 35,4
9 Taxtako?pir 2112,2 34,6 32,6 0,1 0,5 1569,1 1602,3 1,4 2,4 98,4 407,7
10 To?rtko?l 748,3 32 26,9 0,8 0,6 564,1 592,4 4,9 1,8 48,7 100,5
11 Xo?jayli 235,3 35,2 32,3 0,2 - 110,2 142,7 5,1 1,2 1,4 80,5
12 Chimboy 144,4 48,8 41 0,2 2,5 51,3 95 3,9 2,8 0,4 42,3
13 Shumanay 63,6 28,7 20,4 - - 15,2 35,6 2,3 1 - 24,7
14 Elliqala 541,9 34 28,7 0,9 0,4 357,5 387,5 4,1 3,5 29,2 117
15 Qanliko?l 74,4 34,7 32,5 0,5 0,1 13,2 46,3 1,1 3,5 1,6 21,9
16 Qorao?zak 605,3 35,4 32,1 0,1 1,2 384,9 418,3 2,1 0,6 2,6 181,7
17 Qo?ng?irot 7449,6 41,5 38,7 0,1 0,9 1698,4 1738,1 1,9 1,7 145 5499,9
18 Jami 16659,1 500,1 418,8 9,2 10,1 5398 5836,1 45,3 26,9 502,2 10181,2

Yana qarang

Manbalar

  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 1,15 1,16 1,17 "Qoraqalpog?iston" O?zME . Q-harfi [ sayt ishlamaydi ] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar