Qonun

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qonun ( falsafada ) ? narsa va hodisalar o?rtasidagi muhim, zaruriy, barqaror, takrorlanuvchi munosabat. Mazkur munosabat obyektiv voqelikka mansub bo?lsa, u voqelik Qonunlari deb yuritiladi. Voqelik Qonunlarining inson tomonidan o?rganilib, muayyan nazariy tilg?a ko?chirilishi fan Qonunlari deyiladi. Shu jihatdan fan qonunlari voqelik qonunlarining tafakkurda in?ikos etilishidir. Fan qonunlari, o?z navbatida, aks ettiruvchi ob?yektiga ko?ra, tabiat qonunlari, jamiyat qonunlari, tafakkur qonunlariga bo?linadi. Tasodifiy yoki o?tkinchi munosabatlar esa qonunni asoslashga yetarli emas. Zaruriylik qonunning muhim belgisidir, chunki undan kelib chiqadigan natijalarning yuz berishi muqarrardir. Qonun tushunchasining mohiyati qonuniyat tushunchasiga yaqin turadi. Qonuniyat qonundan farqli ravishda sistemaning o?zgarishlaridagi barqaror jihatlarni va yo?nalishlarni ifodalaydi. Shu jihatdan, fanda statistik va dinamik qonuniyatlarga tayanib ish yuritiladi. Dinamik qonuniyatlarda o?rganilayotgan jarayonlarning kelajagi aniq, muayyan va bir xil ko?rinishda bashorat qilinadi, ya?ni sistemaning kelajakdagi holati uning oldingi holati bilan uzviy bog?langan bo?ladi. Statistik qonuniyatlarda esa, jarayonlarning kelajagini bashorat qilish ehtimol shaklida bo?lib, muayyan miqdordagi tasodiflar ichidan ro?yobga chiqishi mumkin bo?lgan ehtimollar nazarda tutiladi, ya?ni bunda bir qancha o?zaro bog?langan aloqadorliklar ichidan ro?yobga chiqishi mumkin bo?lgan imkoniyat darajasi ehtimollik bilan chamalab olinadi. Qonunlar ob?yektlar o?rtasidagi, sistema rivojlanishining turli holatlari va bosqichlari o?rtasidagi aloqadorliklarni ifodalaydi. Qonunlar o?zining umumiylik darajasi va ta?sir etish doirasiga ko?ra, xususiy umumiy va eng umumiy qonunlarga bo?linadi. Xususiy Qonunlar narsa va hodisalar o?rtasidagi nisbatan tor doiragi achoqalarni funknional tarzda aks ettiradi (mas. mexanikada tezliklarni qo?shish Qonunlari). Umumiy qonunlar narsa va hodisalarning umumiy xossalari o?rtasida munosabatni, eng umumiy qonunlar esa tabiat, jamiyat , tafakkur rivojining eng umumiy munosabatlarini, tomonlarini, taraqqiyotini, tendensiyalarini ifodalaydi. Butun olam tortishish qonuni umumiy qonunga, olamning rivojlanish qonunlari esa eng? umumiy qonunga misol bo?lishi mumkin. Umumiy Qonunlar bilan xususiy qonunlar o?rtasida o?zaro bog?liqlik mavjud. Umumiy qonunlar xususiy qonunlar orqali amal qiladi, xususiy Qonunlar esa umumiy Qonunlarning bir ko?rinishi bo?lib, obyektiv xarakterga ega. Qonunlar, birinchidan, narsa va hodisalar va ular orasidagi munosabatlarning mohiyati, sababi, kelib chiqishi, rivojlanish tendensiyasini tushuntiradi; ikkinchidan, Qonun hodisadagi rivojlanish tendensiyasi va yo?nalishini aks ettirish orqali jarayonlarning kelajagini bashorat qilish funksiyasini bajaradi. Tabiat va jamiyat Qonunlari obyektiv jarayonlarni aks ettiradi. Agar tabiat Qonunlari bizga stixiyali tarzda bo?lib ko?rinsa, jamiyat Qonunlari esa kishilarning ongli faoliyatida namoyon bo?ladi. Qonunlarni bilish asosida kelajak haqida bashorat qilish, tabiiy va ijtimoiy jarayonlarni boshqarish mumkin. Tafakkur Qonunlarini mantiq fani o?rganadi. Qonunlar haqida Forobiy, Xorazmiy, Farg?oniy, Beruniy, Ibn Sino, Ulug?bek kabi mutafakkirlar maxsus risolalar yozishgan. Huquqqa doir, xususan, shariat Qonunlariga oid asarlar ichida Burhoniddin Marg?inoniyning "Xidoya" kitobi dunyoga tanilgan. Qonunlarni anglab olish, bilish olamning rivojlanish xususiyatlarini bilib olish va uni o?zlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.