한국   대만   중국   일본 
Qo?ng?izlar - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Qo?ng?izlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qo?ng?izlar
lotincha : Melolontha melolontha

Qo?ng?izlar ? hasharotlar turkumi. 140 oilasi, 300 mingdan ortiq turi ma?lum. Q.ning tana uz. 0,25?180 mm. Yumshoqtanlilar oilasining vakillaridan boshqalarida tana qoplami sklerotlashgan. Bosh, ko?krak, qorin qismlari bir-biridan aniq chegaralangan. Oldingi juft qanotlari qattiq ustqanot (elitra)ga aylangan bo?lib, qorin va ikkinchi ? orqa juft parda qanotlarini himoya qiladi. To?la o?zgarish bilan rivojlanadi (qarang Hasharotlar ). Ovalsimon tuxumlari silliq qobiq bilan o?ralgan. Lichinkalari 2 xil: kampodesimon ? harakatchan, oyoqlari yaxshi rivojlangan, yirtqich (mas, sassiq qo?ng?izlar, yumshoqtanlilar, bitxo?r xonqizi qo?ng?izlari va boshqalar) va eruksimonlar ? seret, kamharakat. Q.ning ko?pchiligi qishloq xo?jaligi ekinlari, daraxt va oziq-ovqat mahsulotlarining zararkunandasi (yana q. Ombor zararkunandalari ). Yetuk hasharotlar hamda ular lichinkalarining shikastlash xarakteriga qarab, Q. barg kemi-ruvchilar (mas, bargxo?rlar, uzun-tumshuklar va boshqalar), po?stloq osti yoki yog?ochda rivojlanuvchi p oya-tana kemiruvchilar (tilla qo?ng?izlar, po?stloqxo?rlar, uzun mo?ylov qo?ng?izlar va boshqalar), tuproqdagi ildiz kemiruvchilar (asosan, may qo?ng?izi lichinkalari, qora Q. qirsildoq Q), meva va urug? zararkunandalari (nay o?rovchilar, urug?-xo?rlar, donxo?rlar va boshqalar), g?alla mahsulotlari vateri zarar-kunandalariga bo?linadi. Sug?orma dehqonchilik mintaqasida foydali Q. (xonqizi qo?ng?izlari, sassiq qo?ng?izlar) ham yashaydi. Go?ngxo?r Q, o?limtikxo?r q. kabi turlari chirindi va o?limtiklar bilan oziqlanib, tabi-atda sanitar vazifasini o?taydi. [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. "Qo?ng?izlar" O?zME . Q-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil