Qishki Osiyo o?yinlari 2011

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qishki Osiyo o?yinlari 2011
Mezbon Olmaota & Ostona
Mamlakat Qozogʻiston bayrogʻi Qozog?iston
Shior Maqsadi birning ruxi bir! ( qozoqcha : Ма?саты б?рд?? - рухы б?р )
Voqealar 5 sport turi bo?yicha 69 ta musobaqa

2011-yilgi qishki Osiyo o?yinlari ( qozoqcha : 2011 жыл?ы ?ыс?ы Азия ойындары ) ? 2011-yil 30 yanvar kuni boshlanib, 6-fevral kuni yakunlangan. Qozog?istonning Astana va Olmaota shaharlari musobaqalarga mezbonlik qilgan. Qozog?iston Sovet ittifoqi tarkibidan mustaqil davlat sifatida ajralib chiqqanidan keyingi ilk yirik musobaqa [1] . Musobaqalarga Qozog?iston davlati mezbonlik qilishini tasdiqlovchi hujjatlar 2006-yilning 4-mart kuni Kuvaytda imzolangan [2] .

Tayyorgarlik [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Xarajatlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Qozog?iston sport vaziri Temirkhan Dosmukhambetov 2008-yilgi davlat byudjetidan qurilish va rekonstruksiya ishlari uchun 726 million AQSh dollari ajratilganini aytib o?tgan. Olimpiya shaharchasining qolgan xarajatlari investorlar tomonidan moliyalashtirilgan. Umuman olganda, Qozog?iston o?yinlarni o?tkazishga tayyor bo?lish uchun 1,4 milliard dollardan ortiq mablag? sarflagan [3] .

Joylar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Shimbuloq tog?-chang?i kurortida chang?i sporti bo?yicha musobaqalar o?tkazilgan
Medeu sport majmuasi.

Astana meri Imangali Tasmagambetov 15 ming tomoshabinni o?z bag?riga sig?dira oladigan keng imkoniyatli Sport saroyi, biatlon stadioni va sportchilar shaharchasi qurilishini e?lon qilgan. Markaziy Stadion, B.Sholak Sport saroyi, Medeo sport majmasi va Shimbulak kurorti rekonstruksiya qilingan. 2008-yilda Medeu majmuasi va Shimbuloq kurortiga gondolali lift qurilishi rejalashtirilgan edi. Lekin qurilish ishlari 2010-yilning yoziga kelibgina boshlanganligi va vaqt kamligi sababli bu reja amalga oshmay qolgan. Medeu sport majmuasi Tyan-Shan tog?larida joylashgan. Shahar markazidan mashina orqali borilsa taxminan 30 daqiqalik yo?l [3] . 2008-yilda Medeu majmuasi va Shimbuloq kurorti o?yinlarga tayyorgarlik ko?rish uchun rekonstruksiya qilingan. Qozog?iston tog? chang?isi federatsiyasi raisi o?rinbosari Vladimir Smirnov Shimbuloq tez orada dunyodagi eng yirik kurortlardan biriga aylanib, Olimpiya o?yinlarini o?tkazish imkoniyatiga ham ega bo?lishini ta?kidlab o?tgan.

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. ?Sports: Asian Winter Games challenge for Kazakhstan“ . The Independent  (2011-yil 10-yanvar). 2011-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2011-yil 14-yanvar.
  2. ?Almaty is a Rightful Host of 2011 Asian Winter Games“ . almaty.kz . 2011-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2011-yil 14-yanvar.
  3. 3,0 3,1 ?2014 Winter Olympics“ . 2008-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2008-yil 13-avgust.