한국   대만   중국   일본 
Qaychiqo?l Edvard - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Qaychiqo?l Edvard

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qaychiqo?l Edvard
Rejissyor(lar) Tim Burton
Prodyuser(lar)
Ssenariynavis(lar) Caroline Thompson
Hikoya
Rollarda
Bastakor(lar) Danny Elfman
Kinematografiya Stefan Czapsky
Muharrir(lar)
Distribyutor 20th Century Fox
Chiqarilgan sanasi
  • 6-dekabr, 1990-yil ( 1990-12-06 ) ( Los Angeles )
  • 7-dekabr, 1990-yil ( 1990-12-07 ) (United States)
Davomiyligi 105 daqiqa [1]
Mamlakat United States
Til ingliz tili
Byudjeti $20 million [2]
Daromadi $86 million [3]

Qaychiqo?l Edvard ( inglizcha Edward Scissorhands  ? Tim Burton rejissorlik qilgan 1990-yilgi Amerika gotik romantik fantaziya filmi [4] . Film Burton va Caroline Thompson hikoyasiga asosan yozilgan va Denise Di Novi va Tim Burton tomondan ishlab chiqarilgan. Bosh rollarni Johnny Depp , Winona Ryder , Dianne Wiest , Anthony Michael Hal l, Kathy Baker , Vincent Price va Alan Arkin ijro etgan. Film qo?llari o?rnida qaychilar mavjud bo?lgan, shahar yaqinida yashovchi oila tomonidan asrab olingan va oilaning o?smir qiziga oshiq bo?lgan tugallanmagan sun?iy inson haqida hikoya qiladi.

Burton Qaychiqo?l Edvardni Kaliforniya shtat ining Burbank shahrida kechgan bolalik davrida yaratgan. Beetlejuicening dastlabki ishlab chiqarilishi paytida Caroline Thompson Burton hikoyasini sahnalashtirish uchun ishga olingan va film Warner Bros. tomondan rad etilgach, 20th Century Fox kompaniyasida ishlab chiqarish boshlangan. Qaychiqo?l Edvardning suratga olinishi Burton ning Batmen filmining tanqidiy va moliyaviy muvaffaqiyatidan keyin tezlashtirildi. Film, shuningdek, Burton va kino kompozitor Danny Elfman o?rtasidagi to?rtinchi hamkorligi va Vincent Price ning hayotligi davomida chiqarilgan so?nggi kino roli edi.

Qaychiqo?l Edvard tanqidchilar tomonidan ijobiy qabul qilingan va moliyaviy muvaffaqiyatga erishgan. O?zining 20 million dollarlik byudjetidan to?rt baravar ko?proq daromad qilgan.   Film British Academy film Award for Best Production Design va Hugo Award for Best Dramatic Presentation va Academy Awards , British Academy Film Awards , Saturn Awards da ko?plab nominatsiya larni qo?lga kiritgan. Burton ham, Elfman ham Qaychiqo?l Edvardni o?zlarining eng shaxsiy va sevimli asarlari deb hisoblaydilar.

Mazmuni [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Qor yog?ayotgan bir kechada keksa ayol nabirasiga uxlashdan oldin qo?llari o?rnida qaychilar bo?lgan Edvard ismli yosh yigit haqida hikoya aytib beradi.

Ko?p yillar oldin, Avon lik mahalliy savdogar Peg Boggs Edvard yashaydigan buzg?unchilikka to?lgan gotik uy atrofida savdo qilmoqchi bo?ladi. Keksa ixtirochi tomondan yaratilgan Edvard ? bu qarimaydigan inson. Ixtirochi Edvardni uyda o?qitgan, ammo unga qo?l o?rnatishdan oldin, uni bitirmagan holda yurak xurujidan vafot etgan. Peg Edvardni yolg?iz holda topgach, uni o?z uyiga olib ketishni taklif qiladi. Peg Edvardni eri Bill, kichkina o?g?li Kevin va o?smir qizi Kim bilan tanishtiradi. Edvard Kimning dastlab undan qo?rqqaniga qaramay, unga oshiq bo?ladi. Qo?shnilari yangi mehmon bilan qiziqqach, Boggslar uni tanishtirish uchun barbekyu o?tkazishadi. Ko?pgina qo?shnilar Edvarddan hayratda qoladilar va u bilan do?stlashadilar, faqatgina g?alati diniy fanatik Esmeralda va Kimning kibrli yigiti Jim bundan mustasno.

Edvard qo?shnilarning mehribonligiga ularning butalariga shakl berish, itlarini parvarishlash va keyinchalik qo?shni ayollarning sochlariga turmak berish orqali javob qaytaradi. Qo?shnilardan biri ? Joys Edvardga o?zini ta?minlashi uchun go?zallik saloni ochishga yordam berishni taklif qiladi. Salon uchun joy ko?rishga borishganda, Joys Edvardga tegajog?lik qiladi va uni qo?rqitib yuboradi. Joys Edvardning xulq-atvori haqida qo?shni ayollarga yolg?on gapirib, qo?shnilarning Edvardga bo?lgan ishonchini kamaytiradi. Rasman inson bo?lmagani uchun bank unga kredit berishni rad etgach, Edvardning salon ochish orzusi yakson bo?ladi.

Kimning Edvardga bo?lgan e?tiboridan g?azablangan Jim uning soddaligidan foydalanadi. Otasining elektron mahsulotlarini o?g?irlab, ularni sotib, furgon sotib olish uchun ota-onasining uyining qulfini ochishga Edvardni ko?ndiradi. Edvard rozi bo?ladi, lekin u qulfga qo?l tegazishi bilan signalizatsiya ishga tushadi. Jim qochib ketadi va Edvard hibsga olinadi. Politsiya esa Edvardni butun umr yolg?iz yashagani, hech qanday oqilona xulq-atvor va axloqiy me?yorlarga ega bo?lmagani sababli jinoiy javobgarlikka tortib bo?lmaydi deb hisoblaydi. Ammo, Edvard o?g?rilik uchun javobgarlikni o?z zimmasiga oladi. Kimga bu ishni qilishga Kim so?ragani uchun rozi bo?lganini aytadi. Natijada Boggs oilasidan boshqa hamma u bilan aloqani uzadi.

Rojdestvo kunida Edvard Kimning namunasida bir farishta shaklidagi muz haykal yasaydi. Muz parchalari havoga sochiladi va qor yog?ayotgandek ko?rinadi, bunday holat shaharda ilgari hech qachon sodir bo?lmagan edi. Kim yog?ayotgan qor ostida raqsga tushadi. Jim to?satdan paydo bo?lib, Edvardni chaqiradi. Edvard cho?chib ketadi va Kimning qo?lini to?satdan kesib yuboradi. Jim Edvardni Kimga qasddan zarar yetkazganlikda ayblaydi. Jimning Edvardga nisbatan noo?rin rashkidan charchagan Kim Jim bilan ajrashadi. Bu vaqtda Edvard g?azab ichida asarlarini yo?q qilib va Esmeraldani qo?rqitib qochib ketadi.

Kimning ota-onasi Edvardni qidirishga ketishadi. Kim esa Edvard uyga qaytib kelishi mumkinligi uchun uyda qoladi. Edvard uyga qaytgach, Kimni uchratadi. Kim Edvarddan yoniga kelishini so?raydi, ammo unga zarar berishdan qo?rqqan Edvard rozi bo?lmaydi. Jimning mast do?sti uni Kimning uyiga olib keladi va deyarli Kevinni bosib ketadi. Edvard Kevinni chetga itarishga ulguradi, ammo uni tasodifan kesib yuboradi. Voqeani ko?rganlar Edvardni Kevinga hujum qilishda ayblashadi. Jim unga tashlanganda Edvard o?zini himoya qiladi va Jimning qo?liga jarohat yetkazadi, keyin ixtirochining uyiga qochib ketadi.

Kim Edvardni qidirish uchun ketadi. Jim qo?liga qurolini olib, uning orqasidan ergashadi. Jim Edvardga o?q uzgach, uni do?pposlaydi. Kim aralashishga harakat qilgani uchun Jim unga qo?l ko?targanini ko?rmaguncha Edvard Jimga qarshilik ko?rsatmayotgan edi. Edvard g?azablanib, Jimning qorniga zarba beradi va uni uyning derazasidan itarib yuboradi. Kim Edvardga o?z sevgisini izhor qilib, uni o?padi. Ular hech qachon birga bo?la olishmasligini tan olishadi. Qo?shnilar to?plangach, Kim ularni Jim va Edvard bir-birini o?ldirishganligiga ishontiradi.

Kim bo?lib chiqqan keksa ayol nevarasiga hikoyani aytib tugatadi. Edvard uni yosh ko?rinishida eslab qolishi uchun u bilan boshqa hech qachon ko?rishmaganini aytadi. U Edvardning hamon tirikligiga ishonadi, chunki usiz qor yog?mayotgan bo?lardi. Keyin Edvard Kim bilan o?tgan lahzalarining muz haykallarini yasayotgani, muz parchalari shamolda qor kabi uchib borayotganini ko?rish mumkin.

Yana qarang [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Aktyorlar ro?yxati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Adabiyotlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Havolalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

[5]

  1. ?Edward Scissorhands“ . British Board of Film Classification (1991-yil 14-dekabr). 2020-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2020-yil 20-aprel.
  2. ?Edward Scissorhands (1990)“ . TheWrap (1990-yil 7-dekabr). 2017-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2017-yil 31-iyul.
  3. ?Edward Scissorhands“ . Box Office Mojo . 2009-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2009-yil 7-dekabr.
  4. ?Morgie Sissor Gunz (1990) - Tim Burton | Synopsis, Characteristics, Moods, Themes and Related“  (en-us). AllMovie . 2020-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2020-yil 21-fevral.
  5. Hohenadel, Kristin. ?Run With Scissors? And Then Some“ . The New York Times  (2005-yil 22-noyabr). Gurewitsch, Matthew. ?Admire the Footwork, but Mind the Hands“ . The New York Times  (2007-yil 11-mart).