한국   대만   중국   일본 
Qarag?andi (viloyat) - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Qarag?andi (viloyat)

Koordinatalari : 48°0′0″N 71°0′0″E  /  48.00000°N 71.00000°E  / 48.00000; 71.00000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qarag?andi viloyati
?ара?анды облысы

Gerb
Gerb
viloyat
Ma?muriy markazi Qarag?andi
Yirik shahari Qarag?andi , Temirtau , Jezqazg?an , Shaxtinsk
Asos solingan sanasi 1932-yil
Akim Abdishev Baurjan Tuyteyevich
Rasmiy tillar qozoqcha (davlat tili), ruscha (rasmiy tili)
Aholi  ( 2012 )
1 358 064 [1]
(8,6 % ,  (5-o?rin)
Zichligi 3,7 kishi./ km²
Millatlar tarkibi qozoqlar 44,68 %
ruslar 39,17 %
va boshqalar
Dinlar tarkibi musulmonlar , Xristianlar
Maydoni 427 982 km²  (15,7 %, 1-o?rin)
Balandligi
dengiz sathidan
 Baland cho?qqisi
 O?rtacha balandligi


 1500 m
 500 m
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 721х xx-xx-xx
Pochta indeksi 100000
Internet domeni krg.kz
Avtomobil raqami kodi M,К,09
Rasmiy sayti http://www.karaganda-region.kz/
Xaritada
Qaragʻandi viloyati xaritada
48°0′0″N 71°0′0″E  /  48.00000°N 71.00000°E  / 48.00000; 71.00000

Qarag?andi viloyati ? Qozog?iston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1932-yil 10-martda tashkil etilgan. Maydoni 117,9 ming km 2 . Aholisi 1,353,804 kishi (2011). Shahar aholisi 85%. Viloyat 9 ma?muriy tumanga bo?lingan, 6 shahar va 15 shaharcha bor. Markazi ? Qarag?andi shahri. Viloyat respublikaning markaziy qismida, Balxash ko?lining shimoli-g?arbida joylashgan. Shimoliy tarafidan Aqmola , Pavlodar , sharqiy tomonidan Sharqiy Qozog?iston , janubida Qizilo?rda , Janubiy Qozog?iston , Jambul , g?arbiy tomonida Aqto?be , Qo?stanoy viloyatlari bilan chegaradosh.

Tabiati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Katta qismini Qozog?iston past tog?lari (balandligi 300?1000 m) egallagan. Past tog?lar janubda Betpaqdala cho?liga (balandligi 300?400 m), g?arbda esa Turon tekisligiga qo?shilib ketgan. Iqlimi keskin kontinental va juda quruq. Iyulning o?rtacha harorati shimolda 20,1 °C va janubda 25,1 °C, yanvarning o?rtacha harorati shimolda ?16,7 °C, janubda ?13 °C. Yillik yog?in shimolda 100?280 mm. Vegetatsiya davri 160 ? 200 qun.

Ichki suvlari, tuproqlari va hayvonlari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Yirik daryolari ? Sarisuv va Nura. Sho?r ko?l ko?p. Yer osti chuchuk suvlaridan keng foydalaniladi. Viloyatning shimoliy qismi kashtan tuproqli bo?lib, boshoqli o?tlar ? shuvoq cho?llari bilan band. Janubiy roqda sho?rlangan och kashtan va qo?ng?ir tuproqlarda siyrak chala cho?l va cho?l shuvoqsho?ra o?simliklari o?sadi; qumli joylarda boshoqli o?tlardan shuvoq, shuningdek buta o?simliklari, cho?l o?simliklari bilan birga qarag?ay, qayin, tog?terak, tol o?sadi. Chala cho?l va cho?llarda kemiruvchilar va yirtqichlar, sayg?oq, arxar, jayron , yelik yashaydi, tuvaloq va boshqalar qushlar uchraydi. Daryo va ko?l qirg?oqlarida suv parrandalari, qamishzorlarda qobon, ondatra yashaydi. Balxash ko?lida baliq ko?p.

Aholisi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Qarag?andi viloyatida 1 353 804 (2011) kishi istiqomat qilishadi. So?nggi vaqtlarda bu viloyatda slovyan xalqlari kamayib borayapti, unga asosiy sabablardan biri ularning Rossiyaga ko?chib ketishi. Viloyat aholisi ko?p millatli hisoblanadi. Aholisining milliy tarkibini quyidagi jadvaldan qarang.

Milliy tarkibi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Viloyat aholisining milliy tarkibi
(ushbu jadvalda [2] ) [3] [4] :
Soni
1989-yilgi [2]
% [2] Soni
1999-yilgi
% Soni
2010-yilgi
%
umumiy 1745448 100,00 % 1410218 100,00 % 1352037 100,00 %
Qozoqlar 449837 25,77 % 529478 37,55 % 604063 44,68 %
Ruslar 817900 46,86 % 614416 43,57 % 529555 39,17 %
Ukrainlar 128547 7,36 % 78755 5,58 % 61606 4,56 %
Olmonlar 159208 9,12 % 57229 4,06 % 39582 2,93 %
Tatarlar 52769 3,02 % 39313 2,79 % 34215 2,53 %
Beloruslar 35731 2,05 % 21579 1,53 % 16566 1,23 %
Koreyslar 14672 0,84 % 14097 1,00 % 13544 1,00 %
Chechenlar 5997 0,34 % 4660 0,33 % 5585 0,41 %
Polyaklar 7239 0,41 % 5572 0,40 % 4659 0,34 %
Ozarbayjonlar 4787 0,27 % 3667 0,26 % 4288 0,32 %
Moldavanlar 5401 0,31 % 3428 0,24 % 3032 0,22 %
Mordvalar 6665 0,38 % 4097 0,29 % 2788 0,21 %
O?zbeklar 4478 0,26 % 2325 0,16 % 2699 0,20 %
Chuvashlar 5188 0,30 % 3091 0,22 % 2377 0,18 %
Yunonlar 3660 0,21 % 2408 0,17 % 2160 0,16 %
Litvalar 3687 0,21 % 2474 0,18 % 2082 0,15 %
boshqalar 39682 2,27 % 23629 1,68 % 18471 1,37 %

Milliy madaniyat markazlari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Qarag?andi viloyati bo?yicha 55-ta milliy madaniyat markazlari faoliyat yurutadi. 20-ta markazda kechki maktablar ishlaydi. Har bir maktabda o?qiydiganlarning o?rtacha soni 25 kishini tashkil qiladi.

Hududiy bo?linishi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

shahar va tumanlar aholi soni(2007 y) hududi(km kv.) markazi tashkil topgan yili -
Qarag?andi 453 400 543 - 1934
Temirtov 171 900 300 - 1945
Jezqazg?an 97 300 1 800 - 1954
Satbaev 70 600 1 100 - 1973
Balxash 73 700 5 900 - 1937
Saran 50 700 174 - 1954
Shaxtinsk 56 600 200 - 1961
Qarajal 19 000 12 300 - 1963
Priozersk 12 800 54 - 1956
Abay tumani 54 700 6 500 Abay 1997(1973)
Buxar jirau tumani 60 700 14 600 Bo?taqara 1938
Aqto?g?ay tumani 18 900 52 000 Aqto?g?ay 1928
Shet tumani 46 500 65 700 Aqsu-Ayuli 1928
Nura tumani 30 600 46 300 Kievka 1928
Osakarov tumani 36 800 11 200 Osakarovka 1940
Qarqarali tumani 42 500 35 500 Qarqarali 1930
Ulutov tumani 14 300 122 900 Ulutov 1972
Janaarqa tumani 28 500 50 900 Atasuv 1928

Ijtimoiy soha [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Temir yo?l uzunligi 581 km. Qattiq qoplamali avtomobil yo?llar uzunligi 2100 km. Balxash ko?lida muntazam kema qatnaydi. 5 oliy o?quv yurti (shu jumladan, universitet, politexnika, tibbiyot, kooperativ, jismoniy tarbiya institutlari) bor. 3 teatr, tasviriy san?at va o?lkashunoslik muzeylari, Botanika bog?i faoliyat ko?rsatadi.

Qishloq xo?jaligi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Qishloq xo?jaligida, asosan, mineral xom ashyoni qazib olish va qayta ishlash, shuningdek, g?allachilik va yaylov chorvachiligi rivojlangan. Dashtning shimolida lalmikor g?allachilik bilan birga qoramolchilik, cho?chqachilik, parrandachilik va mayin junli qo?ychilik, chala cho?l va cho?llarda yaylov chorvachiligi bilan birga sug?orib dehqonchilik (sabzavot, poliz) qilinadi. Ekin maydonlariga g?alla (bahori bug?doy), arpa, ozuqa ekinlari ekiladi. Jamoa va shaxsiy xo?jaliklarida qoramol, qo?y va echki, yilqi, cho?chqa, parranda boqiladi. Balxash ko?lidan baliq ovlanadi; cho?l va tog?larda ovchilik qilinadi.

Sanoati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Asosiy sanoat tarmoqlari: ko?mir va rangli metallurgiya ( mis , molibden rudasini qazib olish). Shuningdek, temir va marganets rudalarini qazib olish rivojlangan. Qora metallurgiya mahalliy ruda asosida ishlaydi. Og?ir mashinasozlik (jumladan, ko?mir sanoati uchun mashinalar), qurilish materiallari ( sement , g?isht , ohaktosh ) ishlab chiqarish, kimyo , yengil (tikuvchilik, trikotaj, poyabzal) va oziq-ovqat (go?sht, moysir va sut , un , qandolat mahsulotlari va boshqalar) sanoat tarmoqlari rivojlangan. Qarag?anda metallurgiya kombinati, konshaxta jihozlari, mashinasozlik, sintetik kauchuk, metall konstruksiyalari zavodlari, Saran, Abay, Shaxtinsk, Jezqazg?an konmetallurgiya kombinatlari, mis eritish va ta?mirlashmexanika zavodlari, Balxashda toshko?mir sanoati korxonalari, issiqlik elektr markazi bor. Oqtovda sement zavodi, Aqchatov, Oqjal, Qayraqti, Qarag?aylida polimetall rudalarini boyitish kombinatlari va konlari mavjud.

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]