한국   대만   중국   일본 
Qalmog?iston - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Qalmog?iston

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qalmog?iston Respublikasi

Qalmog?iston Respublikasi (Xalmg-Tangch) ? Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi respublika. Rossiya Yevropa qismining janubida joylashgan. Maydoni 76,1 ming km 2 . Aholisi 292,4 ming kishi (2002). Poytaxti ? Elista shahri Ma?muriy jihatdan 13 tuman, 3 shahar, 6 shaharchaga bo?linadi. [1]

Davlat tuzumi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Qalmog?iston ? respublika. Respublika boshlig?i ? prezident. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Xalq Xurali (parlament), ijrochi hokimiyatni rais boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.

Tabiati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Qalmog?iston Kaspiybo?yi pasttekisligining g?arbiy qismi, Yergeni qiri (eng baland joyi 222 m, respublika hududidagi eng baland nuqta)ning katta qismi va KumaManich botig?ini egallagan. Janubiy sharqda Kaspiy dengizi bilan tutash. Foydali qazilmalardan gaz, neft, toshko?mir, tuz, turli binokorlik materiallari bor. Iqlimi keskin kontinental, yozi issiq, quruq va qishi sovuq, kam qorli. O?rtacha temperatura yanvarda ?5° dan ?8° gacha, iyulda 23?26°. O?rtacha yillik yog?in janubi-sharqda 170?200 mm, shimoli-g?arbda 300?400 mm. Yer usti suvlari kam. Kaspiybo?yi pasttekisligi va KumaManich botig?ida sayoz sho?r ko?llar (Sarpa, Sostin, ManichGudilo va boshqalar) bor. Kaspiy dengizi sohili botqoqli qamishzor. Tuproqlari, asosan, och jigarrang qumoq va qo?ng?ir qumoq tuproq. Shimoliy qismi betagachalov va shuvoqbetaga o?sadigan cho?l; janubi-sharqiy qismi boshoqli va shuvoq o?simliklari o?sadigan chala cho?l hamda shuvoqli cho?l. Pastliklarda qamish, o?tloq o?simliklari, Yergeni qirida tol, qayrag?och, tog?terak o?sadi. Hayvonlardan malla quyon, kemiruvchilar, bo?ri, tulki, sassiqko?zan, sayg?oq, qushlardan cho?l burguti, to?rg?ay, to?xtatuvaloq bor; ko?l va daryolarida baliqlar uchraydi. Qalmog?iston hududida Qora yerlar tabiiy qo?riqxonasi mavjud.

Aholisi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Qalmoqlar respublikaning tub joy aholisidir. Shuningdek, rus, darg?in, chechen, qozoq, nemis, ukrain, avar va boshqalar yashaydi. Davlat tillari ? qalmoq va rus tillari. Shahar aholisi 39,8%. Dindorlarning aksariyati buddaviylikka e?tiqod qiladi; pravoslavlar ham bor. Shaharlari: Elista , Gorodovikovsk, Lagan.

Tarixi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Qalmog?iston hududida odam neolit davridan yashab keladi. 11-asrda Q qipchoqlar hududining bir qismi bo?lgan. 13-asr 40-yillarida Oltin O?rda tarkibiga qo?shib olingan. 15-asrning 60-yillarida Oltin O?rdaning parchalanishi natijasida Ashtarxon xonligi tarkibiga kirgan. 1556-yil Qalmog?iston bu xonlik bilan birga Rossiyaga qo?shib olindi. 17-asrda avval Jung?ariyada yashagan, asli Markaziy Osiyodan kelgan ko?chmanchi chorvador qalmoqlar Don va Volga daryolarining quyi oqimidagi yerlarga ko?chib o?tdilar va 17-asrning 2-yarmida Qalmoq xonligini barpo etdilar. 1608?09 yillardan boshlab 17?18-asrlar davomida barcha uluslar Rossiya imperiyasi tarkibiga kirdi. 1771-yil qalmoqlarning bir qismi Xitoyga ko?chib ketdi. 1771-yil oktabrda Qalmoq xonligi barham topdi. Qolgan qalmoq oilalari Astraxon guberniya boshqarmasi qaramog?iga o?tdi. 18-asrning 2-yarmida qalmoqlarning bir qismi Ural, Terek, Kuma daryolari bo?ylariga ko?chirildi. Qalmoq xalqining ma?muriyhududiy jihatdan bo?lib tashlanishi ularning milliy jipslashuviga g?ov bo?ldi. Rossiyadagi inqilobiy harakat ta?sirida Q mehnatkashlari mustamlakachilik zulmiga qarshi kurash yo?liga o?tdilar. 1905? 09 yillarda bir qancha uluslarda xalq g?alayonlari bo?lib o?tdi, lekin ular shafqatsiz bostirildi. 1918-yil fevral ? martda Qalmog?istonda sovet hokimiyati o?rnatildi. 1920-yil 4-noyabrda RSFSR tarkibida Qalmog?iston muxtor viloyati tashkil etildi (1927-yilgacha markazi Astraxon shahri bo?lgan). 1935-yil oktabrda Qalmog?iston muxtor viloyati muxtor respublikaga aylantirildi. Ikkinchi jahon urushi yillari Qalmog?iston hududining ancha qismi nemis fashist bosqinchilari tomonidan bosib olindi (1942-yil dekabr ? 1943-yil yanvar). 1943-yil dekabrda Q muxtor respublikasi tugatildi, aholisi majburlab o?z hududlaridan mamlakatning sharqiy rayonlariga ko?chirildi. 1957-yil yanvarda qalmoqlar muxtoriyati tiklandi va Q muxtor viloyati tuzildi. 1958-yil 29-iyulda Qalmog?iston muxtor respublikasiga aylantirildi. 1990-yil oktabrda respublika Oliy Kengashi Qalmog?istonning davlat suvereniteti to?g?risida deklaratsiya qabul qildi. 1991-yil sentabrda prezident lavozimi joriy etildi. 1992-yil fevraldan Qalmog?iston Respublikasi (XalmgTangch) deb atala boshladi.

Iqtisodiyoti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

1990-yillarning oxiri ? 2000-yillarning boshlarida yalpi mahsulotda sanoat ulushi 25%, qurilishniki 5,9%, transportniki 2,1%, savdoniki 5,6% ni tashkil etdi. Barcha korxonalarning 78% xususiy, 6,6% davlatga, qolganlari mulkchilikning boshqa turlariga qarashlidir.

Sanoatining asosiy tarmoqlari: yoqilg?i (sanoat ishlab chiqarish umumiy hajmining 48,4%), elektr energetika (28,3%), binokorlik materiallari sanoati (7,7%), oziq-ovqat (5,7%), unyorma va omuxta yem (3,9%), mashinasozlik va metallsozlik (2,3%), yengil (0,6%), o?rmon, yog?ochsozlik va sellyulozayog?och (0,4%). Tabiiy gaz, neft, binokorlik materiallari qazib olinadi. Elista shahrida go?sht, binokorlik materiallari kombinati, non zavodi, yengil sanoat korxonasi, Lagan shahrida go?shtkonserva kombinati, mashinasozlik zavodi (maxsus kuzovli avtomobil va avtotsisterna ishlab chiqaradi), temirbeton mahsulotlari zavodi bor.

Qishloq xo?jaligi yalpi mahsulotning 63,6% chorvachilikka, 36,4% dehqonchilikka to?g?ri keladi. Qalmog?iston hududining taxminan 4786,9 ming ga dan foydalaniladi, undan 16,8% haydaladi. Qishloq xo?jaligining asosiy tarmog?i ? chorvachilik (mayin junli qo?ychilik va go?sht chorvachiligi); cho?chqachilik va yilqichilik ham rivojlangan. Dehqonchilikda, asosan, bug?doy va yemxashak ekinlari, shuningdek, kartoshka, sabzavot ekiladi.

Transporti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Avtomobil yo?llari uzunligi ? 2280 km. Temir yo?li uzunligi ?154 km. Elista shahrida aeroport bor.

Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy va madaniy-ma?rifiy muassasalari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

2000-yillar boshida Qalmog?istonda 10 ming aholiga 45 vrach to?g?ri keldi. "Lola" sanatoriysi va sanatoriyprofilaktoriy mavjud. 250 umumiy ta?lim maktabida 56 ming, 7 o?rta maxsus o?quv yurtida 4,5 ming o?quvchi, 1 oliy uquv yurti (Qalmog?iston universiteti)da 5 ming talaba ta?lim oladi.institutlar tarix, filol. va iqtisodiyot instituti, Q go?sht chorvachiligi ilmiy tekshirish instituti, Qalmog?iston tajribamelioratsiya stansiyasi va boshqalar ilmiy muassasalarda olib boriladi.Respublikada 150 dan ortiq kutubxona, o?lkashunoslik muzeyi bor. Teleko?rsatuv va radioeshittirishlar qalmoq va rus tillarida olib boriladi. Elista shahrida telemarkaz ishlaydi. Qalmoq va rus tillarida gaz. nashr etiladi.

Adabiyoti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Qalmoq badiiy adabiyoti boy milliy folklor asosida vujudga keldi. Qalmoklarning doston va afsonalari, maqol va matallari, qo?shiq, ertak va qahramonlik eposi ? "Jangar" (15-asr) mashhur. 1648-yil ZayaPandita (1599?1662) tomonidan qalmoq yozuvi ("aniq xat") yaratilgunga qadar qalmoqlar umummo?g?ul alfavitidan foydalanganlar. Yozuvning paydo bo?lishi milliy adabiyotning shakllanishiga ta?sir ko?rsatdi. 19-asrda erksevar shoir Anchxon Jirgalo she?rlari shuhrat qozondi. 1920-yillarda X. Kanukov, N. Manjiyev, S.Kalyayev, V. Suseyev, X. SyanBelgin, 1930-yillarda B.Basangov, G. Davan, S.Lejinov, K.Erenjenov va boshqalar adiblar samarali ijod qildilar. 30?40-yillarda adabiyotga L. Injiyev, M.Narmeyev, E. Kogteyev, B.Darjiyev, A. Balakayev, D. Kugultinov, B. Mukebenov, D. Shabaliyev va boshqalar yozuvchi va shoirlar kirib keldi. 50?70 yillarda yozuvchilar safiga V.Sangajiyeva, M.Xoninov, A.Badmayev, A.Jimbiyev, T.Bembeyevlar kelib qo?shildi. Respublikada bolalar adabiyoti, satira va yumor sezilarli muvaffaqiyatga erishdi.

Me?morligi va tasviriy san?ati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Ko?chmanchi va yarim ko?chmanchi chorvador qalmoqlarda 17?19-asrlarda, asosan, tagi panjarali, usti namat bilan yopilgan, yig?maajraladigan uy (ger)lar mavjud edi. 17-asrdan boshlab dastlab yog?och yoki namatdan, 18-asr oxiridan g?isht va toshdan monastirxurullar qurila boshladi. 1920-yildan Qalmog?istondagi shahar va qishloqlarda ko?p qavatli turar joy, jamoat, madaniymaishiy va ma?muriy binolar qad ko?tardi. Me?morlardan M. Pyurveyev, V.Telegin, N.Barayev mashhur. Qalmog?istonda qadimdan amaliybezak san?atining har xil turlari mavjud. Uylarning yog?och qismlari, mebel, ro?zg?or buyumlari o?ymakorlik va naqsh bilan bezatiladi. Charm idish, oyoq kiyimlariga bosma naqsh solinadi. Kumush buyumlar (soch taqinchoqlari, uzuk, zirak, kamar va boshqalar)ga o?yib naqsh ishlanadi. 18?19-asrlar san?atiga tibetmo?g?ul an?analarining ta?siri kuchli bo?ldi (grafik F.Kalmik, rang-tasvirchi A.Yegorov). Keyingi yillarda rassomlik (I.Nusxayev, L.Ochirov, P.Yemchigirova, G.Rokchinskiy, K.Oldayev), grafik (B.Danilchenko), haykaltaroshlik (N.Sanjiyev) rivojlandi.

Musiqasi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Qalmoq xalq qo?shiq (dun)lari bir ovozli bo?lib, tarixiy, marosim, lirik, hazil va boshqalar aytimlardan iborat. Ut dun (uzun kuy)larga badihaviylik, boy nolaqochirimlar, ohangdor ritm xos. Axr dun (qisqa quy)lar do?mbira (yoki garmon) jo?rligida ijro etiladi, aniq ritm va shaklga asoslangan. "Jangar" dostoni baxshi (jangarchi)lar tomonidan rechitativ uslubida bo?g?iz ovozi bilan ijro etiladi. Xalq raqslari erkaklar tomonidan jo?shqin, ayollar tomonidan mayin ijro etiladi. Musiqa asboblari: yatga, topshur, xur (torli va kamonli), bichkyur, byurya, uxrbyurya (puflama), kenkerte, sang, arambru (zarbli), shuningdek, do?mbira va garmon. 1920-yillardan havaskor musiqa san?ati, professional musiqa (kompozitorlar M.Grachyov, P.Chonkushev va boshqalar) rivojlandi. Musiqa arboblaridan V.Garyayeva, V.Iltsaranova, U.Lijiyeva va boshqalar mashhur. Respublikada "Lola" ashula va raqs ansambli (1937), filarmoniya (1939), Elistada musiqa bilim yurti (1960) faoliyat ko?rsatadi.

Teatri [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

1926-yil Astraxonda qalmoq drama maktabi tashkil etilgan bo?lib, 1930-yil aktyorlik, musiqa va xoreografiya bo?limlariga ega san?at texnikumiga aylantirildi. 1936-yil Elistada drama teatri (1992-yildan Qalmoq musiqali drama teatri) tashkil etildi. 1950?70 yillar bu teatrda R.Xubetsova, G.Xugayev, G.Mamlin, M.Karim, B.Basangov, S.Kalyayev, M.Shatrov va boshqalarning pyesalari qo?yildi. Teatr artistlaridan M.Erenjenov, B.Balbakova, L. Aleksandrov va boshqalar mashhur.

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. "Qalmog?iston" O?zME . Q-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil