한국   대만   중국   일본 
Pskov viloyati - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Pskov viloyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Pskov viloyati

Pskov viloyati - Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi viloyat. 1944-yil 23-avgustda tashkil etilgan. Shimoli-G?arbiy federal okrugiga kiradi. Rossii Yevropa qismining shimoli-g?arbida joylashgan. Maydoni 55,3 ming km². Aholisi 760,9 ming kishi (2002), asosan, ruslar, shuningdek, ukrain, belorus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 66,1%. Markazi ? Pskov shahri Boshqa yirik shaharlari ? Velikiye Luki, Ostrov. Pskov viloyati tarkibida 24 ma?muriy tuman, 14 sha-har, 14 shaharcha bor.

Viloyat hududining asosiy qismi tekislik. Lug (shimoli-g?arbda), Sudom (sharqda), Bejanits (janubi-g?arbda, balandligi 338 m gacha) qirlari mavjud. Ohaktosh, dolomit, mergel, gips, turli gillar va boshqa konlari, torf katlamlari bor. Iqlimi mo??tadil kontinental. Yanvarning o?rtacha temperaturasi ?7°, iyulniki 17°. Yiliga 650 mm yog?in tushadi. Vegetatsiya davri 120?130 kun. Yirik daryolari: Velikaya va uning irmoklari: Sorot, Cherexa, Pskova, Issa va boshqa Yirik ko?llari: Pskov, Chud; 1,5 mingdan ziyod mayda ko?l bor. Pskov viloyati janubiy tayga va aralash o?rmonlar zonasida joylashgan. Tuproklari, asosan, podzol va botqoq, daryo vodiylarida allyuvial-o?tloqi tuproq, O?rmonlar viloyat hududining 25% ga yaqinini egallaydi. Los, qobon, oq tovushqon, tulki, o?rmon suvsari yashaydi. Qushlar, daryo va havzalarda leshch, sudak, cho?rtan, sig, nalim kabi baliq ko?p. Sebej milliy bog?i mavjud.

Sanoatining asosiy tarmoqlari: mashinasozlik, asosan, elektrotexnika (Rossiyada ishlab chiqariladigan kichik quvvatdagi elektrodvigatellarning 1/3 kismi hamda payvandlash as-boblari, avtomobillar uchun elektrotexnika uskunalari, uy-ro?zg?or elektr asboblari, elektr kabel, avtomat telefon styalari, radiodetallar), yengil (zig?ir tolasi, tikuvchilik, trikotaj), oziq-ovqat, yog?ochsozlik sanoati korxonalari. Eng yirik korxonalari: "Pleskova" (radiodetallar), "Pskovelektromash", "ELVO" (yuqori voltli apparatura); "TESO" (payvandlash uskunalari), "Avar" (avtoelektr-armatura), Velikiye Luki lokomotiv ta?mirlash zavodi, mexanika uzatmalari (tishli g?ildirak, reduktor) zavodlari, "Impuls" (ishkrrli akkumulyatorlar), Pskov zig?ir kombinati, Velikiye Lukida trikotaj fabrikasi, Dedovich issiklik elektr styasi. Bosh sanoat mar-kazlari ? Pskov, Velikiye Luki, Ostrov, Nevel shaharlari. Qishloq xo?jaligida zig?irchilik, kartoshkachilik, sabzavotchilik, sut chorvachiligi va cho?chqachilik rivojlangan. Suli, yemxashak ekinlari ekiladi. Transport yo?li uz. 1092 km, qattiq qoplamali avtomobil yo?llar uz. 9943 km. Chud va Pskov ko?llarida hamda Velikaya daryosining quyi oqimida kema qatnaydi. Pskovda xalqaro aeroport bor. 2 oliy o?quv yurti, 10 muzey, 2 teatr va filarmoniya ishlab turibdi. Xilovo balneobalchiq kurorti, Izbor tabiiy-me?moriy qo?riqxonasi, Pushkin qo?riqxonasi mavjud. [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil