한국   대만   중국   일본 
Pojarevats sulhi - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Pojarevats sulhi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pojarevats sulhi yoki Passarovits sulhi ( nemischa : Friede von Passarowitz , turkcha : Pasarofca Antla?ması , serbcha : Пожаревачки мир ) ? 1718 - yil 21-iyulda bir tomondan Avstriya va Venetsiya va boshqa tomondan Usmonli imperiyasi o?rtasida Pojarevats shahrida tuzilgan va Avstriya-Turkiya va Turkiya-Venetsiya urushlarini tugatgan tinchlik shartnomasi [1] .

Usmonli imperiyasi Banat, Olteniya va Shimoliy Serbiyani Belgrad bilan birga Avstriyaga berdi. Avstriya 21-yil o?tgach, Belgrad sulhi ostida ushbu barcha mulklarni Usmonli imperiyasiga qaytardi. Venetsiya 1715 -yilda Usmonlilar bosib olgan Peloponnes yarim orolining bir qismini ularga berib qo?ydi, lekin Gretsiya va Albaniyadagi ba?zi qal’alarni, shuningdek Cherigo (Kitira) va Cherigotto (Andikitira) orollarini o?zida saqlab qoldi. Tinchlik muzokaralari chog?ida ba?zi savdo shartnomalari ham imzolandi, ularga ko?ra Avstriya hududidagi sulton fuqarolariga savdo erkinligi berildi.

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. Пожаревацкие мирные договоры 1718 // Перу ? Полуприцеп [Электронный ресурс]. ? 2014. ? С. 576. ? (Большая российская энциклопедия : [в 35 т.] / гл. ред. Ю. С. Осипов ; 2004?2017, т. 26). ? ISBN 978-5-85270-363-7 .

Adabiyotlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • Пожаревацкие мирные договоры 1718 // Перу ? Полуприцеп [Электронный ресурс]. ? 2014. ? С. 576. ? (Большая российская энциклопедия : [в 35 т.] / гл. ред. Ю. С. * Осипов ; 2004?2017, т. 26). ? ISBN 978-5-85270-363-7 .
  • Hochedlinger, Michael (2013). Austria’s Wars of Emergence: War, State and Society in the Habsburg Monarchy, 1683?1797. London & New York: Routledge.
  • ?irkovi?, Sima (2004). The Serbs. Malden: Blackwell Publishing.

Ingrao, Charles; Samard?i?, Nikola; Pe?alj, Jovan, eds. (2011). The Peace of Passarowitz, 1718. West Lafayette: Purdue University Press.

Havolalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]