한국   대만   중국   일본 
Pierre-Emerick Aubameyang - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Pierre-Emerick Aubameyang

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Pierre-Emerick Aubameyang
Aubameyang with Arsenal in 2018
Shaxsiy ma?lumot
To?liq ismi Pierre-Emerick Emiliano Francois Aubameyang [1]
Tavallud sanasi 18-iyun 1989-yil ( 1989-06-18 ) (34 yosh) [2]
Tavallud joyi Laval, Fransiya
Bo?yi 1.86 m [3]
Ampluasi Hujumchi (futbol assotsiatsiyasi)|Hujumchi
Klub ma?lumoti
Joriy klub
Barcelona
Raqami 17
Yoshligida a?zo bo?lgan klublar
1995-1997 ASL L’Huisserie [4]
1997-1998 Nice
1998-2001 Laval
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. ( Gol. )
2008-2011 AC Milan 0 (0)
2008-2009 Dijon (qarz evaziga) 34 (8)
2009-2010 Lille (qarz evaziga) 14 (2)
2010-2011 Monaco (qarz evaziga) 19 (2)
2011-2013 Saint-Etienne (qarz evaziga) 87 (37)
2011 Saint-Etienne II (qarz evaziga) 2 (0)
2013-2018 Borussia Dortmund 144 (98)
2018-2022 Arsenal 128 (68)
2022- Barcelona 18 (11)
Milliy terma jamoa
2009 France U21 1 (0)
2009-2012 Gabon U23 3 (1)
2009-2022 Gabon 72 (30)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 13-avgust uchun)

Pierre-Emerik Emiliano Francois Aubameyang ? 1989-yil 18-iyun kuni dunyoga kelgan professional futbolchi , Ispaniya La Ligasining ? Barselona“ klubi hujumchisi . U o?zining tezligi va to?pdan tashqari harakati bilan mashhur hisoblanadi [5] . Fransiyada tug?ilgan sobiq gabonlik futbolchi va mamlakat tarixidagi eng yaxshi to?purar deb qaraladi.

Sobiq gabonlik futbolchi Per Obameyangning o?g?li Per-Emerik o?zining katta klubidagi faoliyatini Italiyaning ?Milan“ klubida boshlagan. U 2011-yilda ?Saint-Etienne“ga ko?chib o?tgan. U yerda Aubameyang Coupe de la Ligue Liga kubogini qo‘lga kiritgan va 2013-yilda Dortmundning ?Borussiya“ klubi safiga qo?shilgan. Germaniyada Aubameyang 2016-2017-yilgi mavsumda liganing eng yaxshi to?purari bo?lgan va DFB-Pokal g?olibi bo?lgan. U shuningdek, klub tarixidagi eng ko?p gol urgan yettinchi sufatida chi o?rinni egallab turibdi [6] . 28 yilda Obameyang ?Arsenal“ga 56 million funt sterling (60 million yevro) evaziga imzolanganda, o?sha paytdagi klub rekordi bo?lgan futbol transferi amalga oshirilgan hamda uni barcha davrlarning eng qimmat gabonlik futbolchisiga aylantirgan [7] . ?Arsenal“ bilan u Angliya kubogini qo?lga kiritgan, shuningdek, 2018-2019-yilgi mavsumda liganing eng yaxshi to?purari bo?lgan [8] . 2022-yilda Aubameyang ?Arsenal“ bilan shartnomasi o?zaro kelishuv asosida bekor qilinganidan keyin ?Barselona“ safiga qo?shilgan.

Aubameyang ? Gabon tarixidagi eng yaxshi to?purar bo?lib, 2009-yilda 19 yoshida Gabon terma jamoasi safida debyut qilgan va to?rt marta Afrika Millatlar kubogi turnirida va 2012-yilgi Yozgi Olimpiya o?yinlarida ishtirok etgan. 2016-yilda Aubameyang Afrikada yilning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo?lga kiritgan birinchi Gabonlik va Yevropada tug?ilgan ikkinchi futbolchi bo?lgan [9] .

Klubdagi faoliyati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

AC Milan [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Aubameyang 2007-yilning yanvarida ?Milan“ ning yoshlar akademiyasiga qo?shilgan. Avgust oyida u Malayziyada bo?lib o?tgan yoshlar o?rtasidagi Chempionlar kubogining birinchi bosqichida to?rtinchi o?rinni egallagan jamoaning bir qismi bo?lib, u yerda o?z o?rniga ega bo?ldi va shu orqali xalqaro miqyosda skautlar e?tiborini tortdi. U ?Milan“ bilan o?ynagan barcha raqiblari darvozasini ishtirok etib, oltita o?yinda yettita gol kiritgan [10] .

2008-2009: Dijonga ijara [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

2008-2009-yilgi mavsumda Aubameyang asosiy jamoada tajriba orttirish uchun Fransiyaning 2-Ligadagi Dijon klubiga ijaraga berilgan [11] . U yerdagi chiqishlari uni 2009-yilning yozida Jahon Futbolining Talent Scout bo?limida paydo bo?lishiga olib kelgan [12] . U barcha musobaqalarni jami o?nta gol va ikkita golli uzatma bilan yakunlagan, jumladan, Selongeyga qarshi Fransiya Kubogi bahsida ikkita gol kiritishga erishgan [13] .

2009-2010: Lillga ijara [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

2009-yil 24-iyunda 1-Liga klubi ?Lill“ Aubameyangni ijaraga olishga qaror qilgani e?lon qilgan [14] . O?zining oldingi mavsumiga nisbatan, Aubameyang unchalik yaxshi o?yin ko?rsata olmagan, xususan, 14 o?yinda atigi ikkita gol urib, bor yo?g?i to?rtta o?yinda asosiy tarkibga kiritilgan. 

2010-2011: Monako va Sent-Etyenga ijara [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

2010-2011-yilgi mavsumda Aubameyang ?Monako“ jamoasiga ijaraga berilgan. 2010-yilning 21-avgustida u ?Monako“ safidagi ilk golini safarda ?Lens“ jamoasiga qarshi o‘yinda kiritgan, so‘ngra 29-avgust kuni ?Oser“ klubiga qarshi o‘yinda yana gol urib, ?Monako“ning 2:0 hisobida g‘alaba qozonishiga munosib hissa qo?shgan [15] . 2011-yilning yanvarida, klub tarkibida olti oy bo?lgach, Aubameyang 2010-2011-yilgi mavsum oxirigacha ?Sent-Etyen“ klubiga ijaraga berilgan va mavsumni to?rtta gol va uchta golli uzatma bilan yakunlagan. 2011-yil iyul oyida kredit butun 2011-2012-yilgi mavsum uchun uzaytirilishiga kelishilgan. 

Aubameyang, 2011-yil.

Borussiya Dortmund [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

2013-2015: DFL-Superkuboklar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

2013-yil 4-iyulda Aubameyang 2012-2013 yilgi Chempionlar ligasi finalchisi Dortmundning ?Borussiya“ jamoasiga besh yillik shartnoma asosida qo?shilgan [16] . U 2013-yilning 27-iyulida DFL-Superkubogi doirasida ?Bavariya“ga qarshi o?zining yangi jamoasidagi debyutini o?tkazgan hamda Dortmundning 4:2 hisobidagi g?alabasining so?nggi 18-daqiqasida Yakub Blashchikovskini almashtirib, Marko Roys tomonidan kiritilgan golga assistentlik qilgan.  10-avgust kuni Aubameyang Bundesligadagi debyutini o?tkazgan va ?Augsburg“ ga qarshi o?yinda xet-trik qayd etgan. Shu orqali Aubameyang ham Bundesligada maydonga tushgan ilk gabonlik futbolchiga aylangan [17] . 27-noyabr kuni u Chempionlar ligasidagi ilk golini 2013-2014-yilgi musobaqaning guruh bosqichida ? Napoli “ga qarshi o?yinda (3:1) kiritgan [18] . Keyinchalik u ?1860 Myunxen“ jamoasiga qarshi penaltini amalga oshirish orqali ?Dortmund“ni 2013-2014-DFB-Pokalning keyingi bosqichiga olib chiqqan. Aubameyang yilni ligadagi 13 ta gol va barcha musobaqalarda 16 ta gol bilan yakunlagan. 

Aubameyang (chapda) 2014-yilda Dortmundning ?Borussiya“si formasida

Arsenal [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

2018-yilning 31-yanvarida Aubameyang Premer-liganing ?Arsenal“ klubi bilan o‘sha vaqtdagi rekord darajadagi pul £56 million evaziga shartnoma imzolagan [19] .

Barselona [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

2022-yilning 2-fevralida ?Barselona“ Aubameyangni jamoaga qo‘shilishi borasida kelishuvga erishgan. Aubameyang jamoa bilan 2025-yilning 30-iyuniga qadar shartnoma imzolagan [20] . Shartnomada, qo?shimcha 100 million yevro (83,4 million funt) evaziga futbolchini sotib olishni ham rejalashtirgan [21] . Aubameyang 2022-yilning 6-fevralida ?Barselona“da debyut qilgan va ?Atletiko“ ga qarshi o‘yinda (4:2) zaxiradan maydonga tushirilgan [22] . 20-fevral kuni u ?Barselona“ safidagi to?rtinchi o?yinida o?zining birinchi gollarini kiritgan va ?Mestalla“ stadionida ? Valensiya“ ustidan 4:1 hisobida g?alaba qozongan uchrashuvda xet-trik qayd etgan [23] [24] . 2022-yil 20-martda Aubameyang dubl qayd etib, undan tashqari Ferran Torresga o‘zining birinchi El Klassikosida assistentlik qilishga erishgan. Bu o?yinda ?Barselona“ning liga peshqadamlari ustidan 4:0 hisobida g‘alaba qozonishga yordam bergan [25] .

Shaxsiy hayoti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Aubameyang Fransiyaning Laval shahrida tug?ilgan [26] . U sobiq gabonlik futbolchi Per Obameyangning o?g?li va Milanning yoshlar jamoalarida o?ynagan Katilina va Villining kichik ukasi [27] . Uning onasi ispan millatiga mansub [28] . U Alysha Behague bilan turmush qurgan, Aubameyangning Kertis va Per ismli ikki o?g?li bor [29] [30] .

U ko?p tillarni biladi. Jumladan, fransuz, ingliz, ispan, italyan va nemis tillari shular jumlasidan [31] .

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. ?Pierre-Emerick Aubameyang: 10 things on the Borussia Dortmund and Gabon star“ . Bundesliga. Qaraldi: 2019-yil 21-fevral.
  2. ?Pierre-Emerick Aubameyang: Overview“ . ESPN. Qaraldi: 2020-yil 30-avgust.
  3. ?Pierre-Emerick Aubameyang: Profile“ . worldfootball.net . HEIM:SPIEL. Qaraldi: 2020-yil 30-avgust.
  4. ?Joueur ? Pierre-Emerick AUBAMEYANG“ . French Football Federation. 2020-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2017-yil 13-yanvar.
  5. ?Ten things about Aubameyang“ . Bundesliga (2013-yil 13-avgust). 2014-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2014-yil 5-noyabr.
  6. ?The 100 best footballers in the world 2016 ? interactive“ . The Guardian  (2016-yil 20-dekabr).
  7. ?Pierre-Emerick Aubameyang completes £56m Arsenal move“ . The Guardian  (2018-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 31-yanvar.
  8. ?Aubameyang: Arsenal's talisman“ (2020-yil 1-avgust).
  9. ?Pierre-Emerick Aubameyang beats Yaya Toure to Caf award“ . BBC Sport  (2016-yil 7-yanvar). Qaraldi: 2016-yil 8-yanvar.
  10. ?CYC: Juventus battuta di misura“  (it). Eurosport (2007-yil 19-avgust). 2012-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2008-yil 9-avgust.
  11. ?AC Milan, Aubameyang to Dijon“ . TransferMarketWeb (2008-yil 21-iyun). 2018-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2008-yil 9-avgust.
  12. Gleeson, Mark. Talent Scout: Tomorrow's Stars Today. World Soccer  (summer 2009), s. 75.
  13. ?Resultat Selongey - Dijon, Coupe de France, 8e tour, Samedi 13 Decembre 2008“ . lequipe.fr. Qaraldi: 2021-yil 15-fevral.
  14. ?Pierre-Emerick Aubameyang rejoint le LOSC !“  (fr). losc.fr (2009-yil 24-iyun). 2009-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2009-yil 25-iyun.
  15. ?Monaco vs. Auxerre ? 29 August 2010“ . Soccerway (2010-yil 29-avgust). Qaraldi: 2013-yil 10-avgust.
  16. ?Borussia Dortmund sign Pierre-Emerick Aubameyang from St-Etienne“ . The Guardian  (2013-yil 5-iyul). Qaraldi: 2013-yil 21-iyul.
  17. ?Aubameyang hat-trick has Dortmund flying“ . Bundesliga.de. 2013-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2013-yil 10-avgust.
  18. ?Borussia Dortmund gain lifeline after turning on the style against Napoli“ . The Guardian  (2013-yil 27-noyabr). Qaraldi: 2013-yil 19-dekabr.
  19. Arsenal F.C. (2018-yil 31-yanvar). ?Pierre-Emerick Aubameyang signs for the club“ . Press-reliz.
  20. ?FC Barcelona sign Pierre-Emerick Aubameyang“  (en). www.fcbarcelona.com . Qaraldi: 2022-yil 2-fevral.
  21. ?Barcelona confirm Aubameyang signing“  (en-GB). BBC Sport . Qaraldi: 2022-yil 2-fevral.
  22. ?Pierre-Emerick Aubameyang makes Barcelona debut in clinical win over Atletico Madrid - European round-up“ . Sky Sports (2022-yil 7-fevral). Qaraldi: 2022-yil 8-fevral.
  23. ?Valencia - Barcelona en directo de 25a Jornada en Estadio de Mestalla ? SPORT“  (es). Sport (2022-yil 14-fevral).
  24. ?Pierre-Emerick Aubameyang nets first Barcelona goals as Xavi Hernandez's side stick four past Valencia“ . Eurosport  (2022-yil 20-fevral).
  25. ?La Liga: Barca take stunning 4-0 lead at Real Madrid in Clasico“  (en-GB). BBC Sport  (2022-yil 19-mart). Qaraldi: 2022-yil 20-mart.
  26. ?Pierre-Emerick Aubameyang“  (fr). L'Equipe . Qaraldi: 2020-yil 30-avgust.
  27. ?How brilliant is Dortmund's Aubameyang?“ . UEFA.
  28. Arnaud Bodin & Guillaume Andre. ?Aubameyang, une star 'made in Laval'“ . l'edition du soir (2016-yil 26-may).
  29. ?Aubameyang celebrates sons Pierre Jr & Curtys Birthday with a "Harry Potter" themed birthday party after FA Cup magic“ . Futball News (2020-yil 4-avgust). 2022-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2022-yil 26-avgust.
  30. Fowler. ?Who is 's wife? Age and Instagram of Alysha Behague“  (en-GB). HITC (2021-yil 27-yanvar). 2021-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2022-yil 26-avgust.
  31. ?Pierre-Emerick Aubameyang: "I have something in mind for my 100th goal, but it's a surprise“ . bundesliga.com . Qaraldi: 2020-yil 9-sentyabr.