한국   대만   중국   일본 
Persepol - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Persepol

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Persepolis , Persipolis, Taxt-e Jamshid ? Sheroz shahri ( Eron )dan 50 km shim.-sharqda joylashgan qadimgi shahar. Miloddan avvalgi 6-asr oxirida barpo etilgan Ahamoniylar davlatining poytaxt shaharlaridan biri. Miloddan avvalgi 330-yil Aleksandr (Iskandar) tomonidan bosib olinib, yondirilgan va shahar tashlandiq holga kelgan. P.da asosiy qazishma ishlari 20-asrning 30-yillaridan olib borilgan. Tog? etagida bunyod etilgan mahobatli me?moriy - haykaltaroshlik majmui (miloddan avvalgi taxminan 520 ? 450 yillar) atrofi g?ishtdan qurilgan 2 qatorli devor bilan o?ralgan; tantanalar o?tkazilgan zal  ? Apadana deb nomlangan. Doro va Kserksning tosh relyeflar bitilgan saroylari , haramxona binosi , Jahon darvozasi , Shoh zali (?Yuz us-tunli“) harobalari aniqlangan. Axomaniy podshoxlarining bitiklari va elam tilida yozilgan minglab sopol parchalari topilgan. P.ning g?arb tomonida katta otashgohning qoldiqlari saqlangan. P. saroyi qabulgohidan Arabiston , Turon , Hindiston , Habashistondan kelgan elchilar , sarbozlar , savdogarlar , xunarmandlarning yuzlab su’ratlari toshga o?yib tasvirlangan, yozuvlarda ifodalangan.

Hamidjon Homidov. [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil