한국   대만   중국   일본 
Perm - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Perm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Perm (1940?57 yillarda ? Molotov) ? Rossiya Federatsiyasi Perm viloyatidagi shahar (1781 yildan), viloyat markazi. Kama soxilidagi port. Transport yo?llari (temir yo?l, daryo, avtomobil va havo transporti) tuguni. Aholisi 1021,7 ming kishi (1998). Mashinasozlik (aviadvigatellar, turli sanoat uskunalari, avto-kranlar va boshqa, mudofaa mahsulotlari ishlab chiqarish), kimyo, neft kimyosi, neftni qayta ishlash, yog?ochsozlik, poligrafiya sanoatlari bor. Kama GES mavjud. Rossiya FAning Perm ilmiy markazi, 7 oliy o?quv yurti (shu jumladan, universitet), 4 teatr (shu jumladan, opera va balet teatri), xoreografiya bilim yurti, ba-diiy galereya, viloyat o?lkashunoslik muzeyi, Kama suv ombori sohilidagi Xoxlovka yog?och me?morligi muzeyi fa-oliyat ko?rsatadi. P. 17-asr danma?lum. 1723 yildan mis eritish zavodiga qarashli sha-harcha. 1781 yildan Perm noibligi markazi, 1796 yildan Perm gubernyasi markazi. 1781?98 va 1807?31 yillarda bu yerda Ural konchilik zavodlarining Bosh boshqarmasi joylashgan. P.da me?moriy yodgorliklardan Petropavlovsk sobori (1757?64), Spas?Preobrajeniye monastirining sobori (1798? 1832) va boshqa saqlangan. [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil