한국   대만   중국   일본 
Penza viloyati - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Penza viloyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rossiya Federatsiyasi subyekti
Пензенская область
Penza viloyati
Penza viloyati bayrog?i Penza viloyati gerbi
Administrativ markaz Penza
Maydon 43 352 km²  ( 56-chi )
- suv qismi 0,3%
Aholi 1 368,9 ming kishi ( 33-chi )
- ma?lumot olingan vaqt 2013
- zichlik 32 kishi / km²
YaIM 158,2 mlrd rub.  ( 53-chi )
- ma?lumot olingan vaqt 2010
- jon boshiga 104,9 ming rub.
Federal okrug Privoljskiy
Iqtisodiy tuman Privoljskiy
Gubernator Vasiliy Bochkaryov
RF subyekti kodi 58
Vaqt mintaqasi MSK+4 ( UTC+8 )

Penza viloyati - Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi viloyat. 1939-yil 4-fevralda tashkil etilgan. Rossiya Yevropa qismining janubi-sharqida joylashgan. Volgabo?yi federal okrugiga kiradi. Maydoni 43,2 ming km². Aholisi 1453,4 ming kishi (2002), asosan, ruslar, shuningdek, mordva, tatar, chuvash va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 64,4%. Penza viloyatida 28 ma?muriy tuman, 11 shahar, 16 shaharcha bor. Markazi ? Penza shahri Boshka yi-rik shaharlari ? Kuznetsk, Serdobsk.

Viloyat hududining katta qismini Volgabo?yi qirlari (eng baland joyi 331 m) egallaydi. Chekka g?arbiy qismi Oka ? Don tekisligida (balandligi 150?180 m) joylashgan. Ikdimi mo??tadil kon-tinental. Yanvarning o?rtacha temperaturasi ?12°, iyulniki 19°. Yillik yog?in 600 mm. Vegetatsiya davri 126?132 kun. Yirik da-ryolari ? Sura, Moksha, Xopyor, Vorona. Penza viloyatining katta qismi o?rmon dasht va qisman keng bargli o?rmonlar zona-sida (sharqda) joylashgan. 65%dan or-tiq hududi krratuprokli. Hududining 23% o?rmon. Tulki, suvsar, quyon, bo?rsiq, ko?rsichqon, qora sassiqko?zan, yumronqoziq, kiyik, vixuxol, los, oq sichqon, latcha yashaydi. Viloyat hudu-dida Volgabo?yi o?rmon-dasht qo?riqxo-nasi tashkil etilgan.

Asosiy sanoat tarmoklari: mashinasozlik (kimyo uskunalari, quvur o?tkazish sanoat apparaturam, to?qimachilik mashinalari, kompressorlar, dizel va dizelli generatorlar, qishloq xo?jaligi mashinalari, hisoblash texnikasi vositalari, velosipedlar ishlab chiqarish), yengil (poyabzal, to?qimachilik), oziq-ovqat, kimyo-farmatsev-tika. Yuqori sifatli idish-tovoqlar ishlab chiqariladi. Asosiy sanoat markazlari: Penza, Kuznetsk, Serdobsk, Kamenka, Nijniy Lomov.

Viloyat qishloq xo?jaligi donchilik va chorvachilikka ixtisoslashgan. G?alla, qand lavlagi, kungaboqar, sabzavot, kartoshka, yem-xashak ekinlari ekiladi. Qoramol, cho?chqa, qo?y va echki, parranda boqiladi. Avtoyo?llar zichligi 133 km/ming km² (1997). 5 oliy o?quv yurti, 8 muzey, 2 teatr, botanika bog?i, 7 sanatoriy, 56 dam olish uyi, Axunya kurorti mavjud. [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil