Parfenon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Parfenon

Parfenon (? bokira qiz) ? Akropol ( Afina )dagi ma?buda Afina ibodatxonasi, yunon me?morligi san?atining ulkan yodgorligi. Miloddan avvalgi 447?438 yillarda Iktin va Kallikrat tomonidan qurilgan. Ibodatxonada katta sellalar (di-niy haykallar uchun xonalar) va kichik xonalar (xuddi ibodatxona kabi "Parfenon" deb nomlangan) bo?lib, ularda xazinalar saqlash mo?ljallangan. Bu xonalar (tarhi 30,89x96,54 m) doriy kolonnadalari bilan o?ralgan. Hashamatli oq marmarli inshoot Fidiy va yunon haykaltaroshlari ishlagan haykaltaroshlik bezaklari bilan to?ldirilgan. Bino tarzi hoshiyasi metoplarida kentavr, bahaybat odam, amazonkalarning o?zaro kurash sahnalari, frontonlari haykaltaroshlik mujassomoti bilan bezatilgan. P. me?morligida yunon san?atining buyukligi uning gullagan davridagi garmoniyasi, go?zalligi, hayotiyligi aks ettirilgan. 1687-yilda turklar bilan bo?lgan urushda venetsiyaliklar tomonidan vayron qilingan. 1801?03 yillar P. haykallari Angliyaga olib ketilib, 1816-yil Britaniya muzeyiga qo?yilgan. [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Parfenon ibodatxonasi hozirgi kunga qadar zo'rg'a saqlanib qolgan.