Para (shtat)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Para
portugalcha : Para

Gerb
Gerb
Bayroq ( Ta?rif )
Bayroq
Braziliya shtati
Tegishli Shimoliy hudud
Ma?muriy markazi Belen
Aholi  ( 2010 ) 7 581 051 kishi
Zichligi 6,07 kishi./ km²
Maydoni 1 247 950,0 km²  (2-o?rin)
Vaqt mintaqasi UTC-3
Kod ISO 3166-2 BR-PA
Rasmiy sayti http://www.pa.gov.br
Xaritada
Para xaritada
Para, Xarita
Koordinatalari : 5°40′0″S 52°44′0″W  /  5.66667°S 52.73333°W  / -5.66667; -52.73333  G  O

Para ? Braziliyaning shim. qismidagi shtat. Maydoni 1253 ming km². Aholisi 6,1 mln. kishi (2000), asosan, metislar (mahalliy nomi ? kaboklu). Ma?muriy markazi ? Belen shahri, boshqa yirik shahri ? Santaren. Shtat sharqiy Amazoniyada joylashgan, shim. va jan.dan Gviana tizmalari va Braziliya yassitog?ligi o?rab turadi. Iqlimi ekvatorial, nam va issiq iqlim. O?rtacha oylik temperatura 26?28°. Yillik yog?in 1500?2500 mm. Asosiy daryolari: Amazonka va uning irmoqlari. Nam ekvatorial o?rmonlar, shimolida savan-nalar bor.

Para ? mamlakatning yirik, birok, aholisi siyrak shtatlaridan. Iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlari ? o?rmonchilik va qishloq xo?jaligi O?rmondan brazil yong?og?i, kauchuk yig?iladi, yog?och tayyorlanadi. Amazonka havzasida dehqonchilik rivojlangan. Asosiy qishloq xo?jaligi ekinlari: jut, sholi, maniok, shakarqamish, kakao, banan, ananas, paxta, tamaki. Chorvachilikda qoramol boqiladi. Sohillarda baliq ovlanadi. Sanoati o?rmon va qishloq xo?jaligi xom ashyolarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Kon sanoati rivojlangan. Temir va marganets rudalari, oltin, olmos, tog? xrustali, boksit konlari topilgan. [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. "Para (shtat)" O?zME . P-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil