Paleontologiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Paleontologiya (paleo- qadimgi va yun. ontos ? jonzot va logos -fan, ta?limot) ? o'tmish geologik davrlarda mavjud bo?lgan, qazilma qoldiqlari saqlangan organizmlar, ularning hayot faoliyati va oriktotsenozlar (toshqotgan organizmlar) haqidagi fan. P. 2 yirik bo?lim ? paleozoologiya va paleobotanikadan iborat.

Toshqotgan organizmlar to?g?risidagi dastlabki ma?lumotlar antik davrdan tabiatshunos olimlarga ma?lum. Biroq bu toshqotganlar qirilib ketgan organizmlarning qoldiqlari ekanligi haqida hali aniq tasavvur yuzaga kelmagan edi. Tabiatshunoslardan daniyalik N. Steno va ingliz R. Guk o?lib ketgan hayvonlarning turlari haqida dastlabki fikrlarni aytishgan. 18-asr o?rtalari Rossiyada M. V. Lomonosov, Fransiyada J. Byuffon va Jiro-Sulavi, Buyuk Britaniyada J. Getton va boshqa g?oyalarining rivojlanishi bilan qad. davr jonli tabiatidagi uzluksiz o?zgarishlar va o?tmishni bilishning muhimligi haqidagi qarash tarafdorlari tobora ko?paya boshladi. Britaniyalik U. Smit birinchi bo?lib umurtqasiz toshqotgan organizmlar asosida qatlamlarning nisbiy geologik yoshini aniqladi va shu asosda dastlabki geologik xaritani tuzdi (1794).

P. fan sifatida tarixiy geol. bilan uzviy bog?liq holda vujudga keldi. Har 2 fan asoschisi J. Kyuvye hisoblanadi; u kollejda "Qazilmalar tarixi" fanidan dars bergan va sut emizuvchilarning qazilma suyaklarini chuqur qiyosiy-anatomik o?rganish natijasida umurtqalilar P.sini yaratgan (1808). Keyinroq fransuz botanigi A. Bronyarning "Qazilma o?simliklar tarixi" nashr etil-gach, paleobotanika vujudga keddi. J. Kyuvye va A. Bronyar (1811) geol.da tosh-qotgan organizmlar haqidagi tasavvurlarni rivojlantirdilar; ularning har ikkisi qazilmalar bilan hozirgi zamon organizmlarini o?zaro bog?lab, halokatlar nazariyasini yoqlab chiqdilar. "P." terminini 1marta (1822) fransuz zoologi A. de Blenvil ishlatgan. Dastlabki evolyusion nazariya asoschisi bo?lgan J. B. Lamark umurtqasizlar P.sini yaratgan. 19-asr ning 1yarmida P.da turlarning o?zgarmasligi va ularning hayotida ketma-ket keskin o?zgarishlar bo?lib turishi haqidagi g?oya hukmron bo?lgan. Shu bilan birga, bu umumiy qarashlarni shveysariyalik L. Agassis, angliyalikA. Sejvik va fransiyalik A. D. Orbinilar rivojlantirdilar. Natijada stratigrafik P. shakllandi va 40-yillarning boshida Yerning umumiy stratigrafik shkalasi ishlab chiqildi.

19-asrning 60-yillaridan P.da yangi bosqich vujudga kelib, u tabiatshunoslik fanlarining keyingi rivojiga katta ta?sir ko?rsatgan evolyusion nazariyaning yaratilishi (Darvinning "Turlarning kelib chiqishi" asari, 1859-yil) bilan bog?liq. 19-asrning ko?pgina paleontologlari darvinist bo?lmasalarda, evolyusionizm g?oyalarini P.da tez yoya boshladilar. V. O. Kovalevskiy hozirgi evolyusion P.ning chinakam asoschisi sifatida muhim o?rin tutadi. Uning umurtqalilar P.si va avstriyalik geolog Neymayrning umurtqasizlar P.siga oid asarlaridan keyingi-na darvinizm paleontologik asosga ega bo?ldi. Umurtqalilar P.si evolyusiyaning nazariy masalalarini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega.

P. biologiya, sitologiya, biokimyo, biometriya kabi fanlar bilan uzviy bog?liq bo?lib, qisman ularning metodlaridan foydalanadi. U qiyosiy anatomiya, xayvonlar va o?simliklar morfologiyasi va sistematikasi bilan uzviy bog?liq bo?lib, bu fanlar bir-birini boyitmoqda. Morfologik funksional analiz va qazilmalarning skeletlari strukturasi morfogenezini o?rganish P.ni fiziologiya, embriologiya, biomexanika bilan yaqinlashtiradi. Qad. organizmlarni qiyosiy-tarixiy o?rganish natijasida P. ekologiya, biogeotsenologiya, biogeografiya, gidrobiologiya va okeanologiya bilan tobora ko?proq bog?lanmoqda. Yer to?g?risidagi fanlar ichida P.ning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Geol. 18?19-asrlarda stratigrafiyaning vujudga kelishi bilan Yer haqidagi tarixiy fanga aylandi. Tabiiy tanlanish nazariyasi, evolyusion jarayonning tanazzulsiz kechishi haqidagi konsepsiyasiga tayangan evolyusion ta?limot P.ning stratigrafik geol.da qo?llanishi muhim ahamiyatga ega bo?ldi. Litologik fatsial haritalar tarixiy geol.da katta ahamiyatga ega bo?lishi bilan birga, kumir, neft, gaz, boksit, tuz, fosforit va boshqa foydali qazilmalarni qidirib topishda ham muhim vositadir.

A. D. Arxangelskiy, V. N. Veber, A. P. Karpinskiy va boshqa O?rta Osiyoda, jumladan, O?zbekistonda dastlabki paleontologik tadqiqotlar olib borishgan. O?zbekistonda P.ning rivojlanishi V. A. Vaxrameyev, S. X. Mirkamolova, O. I. Sergunkova, Ye. A. Repman, K. A. Alimov, Ya. X. Iminov, N. Eshnazarov, R. Abdullayev va boshqa nomlari bilan bog?liq.

Ad. L.Davitashvili L. Sh., Istoriya evolyusionnoy paleontologii ot Darvina do na-shix dney, M.?L., 1948; Si kstel T. A., Xudayberdiyev R., O florax proshlogo Sredney Azii, "Paleobotanika Uzbekistana", t. 1, T., 1968.

Xoldor Chiniqulov. [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil