한국   대만   중국   일본 
Oriylar - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Oriylar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oriylar  ? Hindistonning ko?p ming yillik tarixida uni birinchi bor istilo qilgan qabilalar. ?Oriy“ so?zi qadimiy eronzabon qabilalarning nomi bo?lib ?xo?jayin“, ?aslzoda“ ma?nosini anglatgan.

Qadimgi hind manbalarida oriylarning muqaddas yurti Aryavarta haqida zikr qilinadi. Eroniy va hind-oriy qabilalari ajdodlarining keng urug?chilik aloqalari yoki birligi, ular tilining yaqinligi, grammatik va asosiy lug?at boyligi umumiy bo?lganligi, diniy tushunchalarning bir ekanligi, shuningdek urf-odatlari, olovga topinishning o?xshashligi diqqatga sazovor. Qadimda hindlar va eroniylar birga yashab, hind-oriy umumiyligini tashkil etganlar.

Ularning ajdodlari avvalo Markaziy Osiyo va unga qo?shni o?lkalarda yashaganlar degan fikr mavjud. Bu hududda yashaganlarning bir guruhi Hindistonga, boshqasi esa G?arbiy Osiyoga borganlar. Bu jarayon miloddan avvalgi 2-ming yillikning o?rtalarida ro?y bergan. Ba?zi olimlar oriylarni Hindistonga ikki yo?l orqali, ya?ni Kavkaz va Markaziy Osiyo orqali o?tishi mumkinligini taxmin qiladilar. Bu jarayon bir necha yuz yillar mobaynida ro?y bergan.

O?sha davrda mahalliy qabilalar bilan harbiy to?qnashuvlar, oriy qabilalarning ichida ham o?zaro nizolar bo?lib turgan. Hind-oriylarning Hindistonda mahalliy aholi bilan assimilyasiya jarayoni va oriylarning Sharqqa harakati tezroq kechgan. Oriylar mahalliy qabilalarning ijtimoiy, siyosiy tizimiga ma?lum darajada o?zgartirishlar kiritgan, o?z navbatida, hindlarning diniy tushunchalari ham hind-oriylarga o?z ta?sirini ko?rsatgan. Asta-sekin hind-oriy va mahalliy qabila yutuqlarini mujassamlashtirgan, Shimoliy hamda Sharqiy Hindistonning anchagina aholisi uchun umumiy bo?lib qolgan yangi madaniyat vujudga kelgan.



Adabiyot [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • Temur G?iyosov, ?Qadimgi Hindiston tarixi“, Toshkent, 2000;
  • Bongard ? Levin G. M., Ilin G. F., ?Drevnyaya Indiya“, Moskva, 1969;
  • ?Indiya v drevnosti“, Moskva, 1985.