Oltoy o?lkasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oltoy o'lkasi
Алтайский край
Bayrog'i Abrantish
Bayrog'i Gerbi

Mamlakat Rossiya
Markazi Barnaul
Maydoni
  • barchasi
Rossiyada 22-o'rinda
  • 167 996 km²
Aholisi Rossiyada 22-o'rinda
  • 14,4 kishi/km²
YaIM
  • barchasi
  • jon boshiga
Rossiyada 35 o'rinda
Federal okrug Sibir
Iqtisodiy tumani Ekaterinodar
Okrugning iqtisodiy nomi G'arbiy-Sibir
Gubernatori Aleksandr Karlin
RF sub'ektining kodi 22
Vaqt mintaqasi MSK+3 ( UTC+7 )

Oltoy o?lkasi ( ruscha : Алтайский край ) ? Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi o?lka. 1937-yil 28-sentabrda tashkil etilgan. G?arbiy Sibirning janubida, Ob daryosi yuqori oqimi va uning irmoqlari ? Biya va Katun havzalarida joylashgan. G?arbiy Sibir iqtisodiy rayoniga kiradi. Oltoynit deyarli hammasini, Salairning g?arbiy yon bag?irlarini va unga yondosh tekislik hamda tog? oldi hududlari ? Dashtli Oltoyni o?z ichiga oladi. Janubi-sharkda MXR va Xitoy bilan chegaradosh. Maydoni 169,1 ming km². Aholisi 2672 ming kishi (1998), asosan, ruslar (89,5%), shuningdek, ne-mis (4,9%), ukrain (2,9%) va boshqa millat vakillari ham (2,7%) yashaydi. Shahar aholisi 52,6%. Markazi ? Barnaul shahri Boshqa yirik shaharlari: Biysk, Rubsovsk. 60 ma?muriy tuman, 12 shahar, 15 shaharchaga bo?lingan.

Oltoy o?lkasi 1917-yilgacha Tomsk gubernyasi tarkibida bo?ldi, 1917-yildan Oltoy gubernyasi deb atalgan, 1925-yildan Sibir o?lkasi tarkibida (1930-yilda G?arbiy Sibir o?lkasi qilib o?zgartirildi). 1991-yil o?lka tarkibidan Tog?li Oltoy respublikasi (1992-yildan Oltoy Respublikasi) ajralib chikdi.

Tabiati. O?lka hududi Ob daryosi tomonidan sharqiy (Salair kryajining tog? etagi va yon bag?irlari) va g?arbiy (Kulundi tekisligi, Ob bo?yi platosi) qismlarga bo?linadi. Janubi-sharqda ? Oltoy tog?lari tarmog?i (balandligi 2421 m gacha). Toshko?mir, polimetall rudalar, Kulundi tekisligi ko?llarida turli tuz konlari bor. Iqlimi kontinental.

Qishi sovuq, kam qorli. Yanvarning o?rta-cha temperaturasi ?19°. Yozi qisqa, iliq, iyulning o?rtachi temperaturasi 19°. Yiliga 250? 350 mm yog?in tushadi. Vegetatsiya davri 160?170 kun. Xududining katta qismi Ob va uning irmoqlari ? Biya va Katun havzalariga mansub daryolaridan sug?oriladi, qolgan daryolar Kulundi dashtining oqmas havzasiga mansubdir. Yirik ko?llari ? Kulundi, Kuchuk. Tuproqlari asosan, qoratuproq (tekisliklarda). O?lkaning g?arbiy qismida sho?rlangan tuproqlar, tog?larda tog? podzol tuproklar. O?lka hududining 1/3 qismi o?rmon. Tekislik qismini dasht va o?rmonli dasht egallagan. Dasht o?simliklari deyarli qolmagan, ko?p yerlar haydab yuborilgan. Tog?larning eng tepasida alp va subalp o?tloqlari hamda tog? tundrasi mavjud.

Hayvonot dunyosi. Dashtlarda kemiruvchi ko?p, qushlardan dasht to?rg?ayi va balchiqchi, tuvaloq, bizg?al-doq, dasht burguti, daryo vodiylarida suv parrandalari, tog?larda los, maral, tog? echkisi, tog? qo?yi yashaydi. Oltoy o?lkasining janubi-sharqiy qismida Oltoy qo?riqhonasi bor.

Xo?jaligi. Sanoatining asosiy tarmoklari: mashinasozlik va metallsozlik (traktor, traktor pluglari ? ≪Altaytraktor≫ aksiyadorlik jamiyati; qishloq xo?jaligi mashinalari ? ≪Altayselmash-xolding≫; bug? qozonlari; magistral yuk vagonlari ? ≪Altayvagon≫ Rossiya ishlab chiqarishning 1/z qismini beradi; ≪Altaydizel≫, ≪Sibenergomash≫ va boshqalar); kimyo va neft-kimyosi (shina, sun?iy tola, kimyo mahsulotlari va boshqa ishlab chikarish ? ≪Ximvolokno≫, ≪Barnaulshina≫, ≪Kauchuksulfat≫, kimyo reaktivlari zavodlari, ≪Altayximprom≫ ishlab chiqarish birlashmasi); oziq-ovqat (go?sht, pishloq, moy ishlab chiqarish), yengil (ipgazlama, trikotaj ishlab chiqarish), konchilik (polimetall rudalar, oltin, simob, osh tuzi va glauber tuzi); o?rmon va yog?ochsozlikdir.

O?lkadagi korxonalar uy-ro?zg?or texnikasi: ≪Ob≫ va ≪Altay-elektron≫ kir yuvish mashinalari, sentrifuga, ≪Altay≫ televizorlari, elektronasoslar, ≪Drujba≫ benzopilalari, oshxona mashinalari va boshqa hamda maishiy kimyo tovarlari, mebel, sport va turizm bilan shug?ullanish uchun mahsulotlar chiqaradi. Asosiy sanoat markazlari: (Barnaul, Biysk, Rubsovsk, Novoaltaysk, Slavyangorod, Zarinsk shaharlari).

Qishloq xo?jaligida g?alla, sut, go?sht yetishtiriladi. Kungaboqar, qand lavlagi hamda zig?ir ekinlari ko?p ekiladi. Mevachilik rivojlangan, galla, kartoshka, sabzavot ekiladi. Qo?ychilik, parrandachilik, asalarichilik, mo?ynachilik taraqqiy etgan. Tog?larda ola kiyik va marallar boqiladi. Biyskdan Mongoliyaga Chuya trakti o?tgan. Av-toyo?llar zichligi 83 km/ming km² (1997). Ob daryosida kema qatnaydi. 6 oliy o?quv yurti, kutubxonalar, balneolo-gik va iqlimiy kurortlar bor [1] .

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil