한국   대만   중국   일본 
Oltoy Respublikasi - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Oltoy Respublikasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
bayroq

Oltoy Respublikasi ? Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi respublika. Maydoni 92,6 ming km². Aholisi 202,9 ming kishi (2002). Poytaxti ? Gorno Altaysk shahri. Ma?muriy jihatdan 9 tuman (rayon), 1 shahar, 2 shaharchaga bo?linadi. Respublika boshlig?i lavozimi ta?sis etilgan. Parlamenti Davlat majlisi ? El Qurultoyi deb ataladi. Hukumatga Respublika boshlig?i raislik qiladi. Aholisi oltoylar (31%), ruslar (60,4%), qоzоqlar (5,6%), ukrainlar va boshqa Shahar aholisi 27%.

Tabiati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Oltoy Respublikasi Oltoyning baland tog?li janubiy qismini egallaydi. Respublikada Oltoyning eng bal. nuqtasi ? Beluxa tog?i (4506 m) joylashgan. Tog? tizmalari (Katun, Kuray, Shimoliy va Janubiy Chuya) oralig?ida chuqur vodiylar yoki keng soylik ("dasht")lar bor. Iklimi keskin kontinental. Yanvarning o?rtacha temperaturasi ?12° dan ?32° gacha, iyulniki 9?18°. Yillik yog?in 100 mm dan 1000 mm gacha. Daryolari: Biya va Katun. Ularning gidroenergiya zahirasi katta. Biya daryosida yog?och oqiziladi. Yirik ko?li ? Telets (Oltinko?l). Tuprog?i qora va tog?-podzol tuproq. Hududining 25% o?rmon. O?rmondan yuqorida subalp va alp o?tloklari bor. Yirik soyliklarda tog?dasht yoki chala cho?l o?simliklari o?sadi. Tog? echkisi, qoplon, ayiq, bo?ri, los, xoldor bug?u, kulrang sug?ur, uzun dumli yumronqoziq, tiyin, sobol; qushlardan turna, karqur, pishchuxa, qur, chil, oq va tundra kakligi yashaydi. Telets ko?li atrofida Oltoy va Katun qo?riqxonalari tashkil etilgan. Chemal tog?-iqlimiy kurorti mashhur. Telets ko?lida turizm rivojlangan.

Tarixi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Oltoy hududida qadimdan odam yashagan. Quyi va yuqori paleolit davrlariga oid manzilgohlar (Ulalinka, U-Kan) topilgan. Bu yerlardan hunnlar, turk qabilalari, uyg?urlar, Enasoy qirg?izlari, qoraxitoylar, mo?g?ullar o?tgan. 13-asr boshlarida Oltoy hududi Mo?g?ullar davlatiga tobe bo?lgan. 1756-yilda oltoylar Rossiya fuqaroligiga olingan. Aholi chor-vachilik, ovchilik bilan shug?ullangan. 1918-yil yanvar? martda sho?rolar hokimiyati o?rnatildi. O?sha yil iyunida oq gvardiyachilar qo?liga o?tdi. 1920-yil aprelda sho?rolar hokimiyati qayta tiklandi. 1922-yil 1-iyunda RSFSR tarkibida Oyrot mux-tor viloyati tashkil etildi. 1948-yil 7-yanvarda u Tog?li Oltoy muxtor viloyatiga aylantirildi, uning markazi ? Oyrot-Tura shahri esa, Gorno-Altaysk deb ataldi. 1991-yilda respublika maqomini oldi va 1992-yil maydan Oltoy Respublikasi deb atala boshladi.

Iqtisodiyoti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Sanoatining muhim tarmoqlari: oziq-ovqat, yengil sanoat, o?rmon va yog?ochsozlik, konchilik, qurilish materiallari sanoati va boshqa Gorno-Altaysk shahrida go?sht, yog?-pishloq, sut, tikuvchilik, poyabzal korxonalaridan tashkari tajriba yog?ochsozlik kombinati, samovar, temir-beton buyumlari, avtomobil ta?mirlash zavodlari bor. Maysk va Talon shaxdrchalaridagi ruda konlarida oltin kazib olinadi. Chemal GES qurilgan.

Qishloq xo?jaligining asosiy tarmog?i ? chorvachilik. Ko?y, echki, qoramol, oltoy otlari va tog?li dasht joylarda qo?tos, shoxidan doridarmon olinadigan bug?ular (maral va xoldor bug?ular), Chuya vodiysida tuyalar boqiladi. Asalarichilik rivojlangan. Tiyin, oq sichqon, tulki, kolonok, sobol, norka kabi mo?ynabop jonivorlar ovlanadi. Tog? oralig?i va dare vodiylarida dehqonchilik qilinadi: suli, arpa, makkajo?xori, kungaboqar, o?tlar ekiladi. Bog?dorchilik bir-muncha rivojlangan.

Biysk shahri (Oltoy o?lkasi)dan Mongoliya chegarasigacha boradigan transport magistrali ? Chuya trakti (621 km) Oltoy hududidan o?tadi.

Madaniyati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

1992/93 o?quv yili respublikada 199 umumiy ta?lim maktabi bo?lib, ularda 37 ming bola o?qidi; 5 o?rta maxsus o?quv yurtida 3,9 ming o?quvchi, ped. institutida 3,1 ming talaba ta?lim oldi. 6 ilmiy tadqiqot instituti (jumladan, tarix, oltoy tili va adabiyoti ilmiy tadqiqot institutlari), 147 jamoat kutubxonasi, 253 klub muassasasi, 253 kino qurilma, milliy drama teatri, filarmoniya, o?lkashunoslik muzeyi bor. Oltoy tilida "Altaydin cholmoni" ("Oltoy yulduzi", 1922-yildan) va rus tilida "Zvezda Altaya" gaz.lari chiqadi. Oltoy radiosi oltoy va rus tillarida eshittirish beradi.

Adabiyoti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Oltoy qabilalarining xitoy va jung?ar bosqinchilariga qarshi kurashi, baxt-saodat haqidagi orzu-umidlarini ifodalovchi qahramonlik eposlari, qo?shiq, ertak, afsonalar, maqol, topishmoqlar to?qilgan. 19?20-asrlarda M. Yutkanakov, Sh. Shunekov, N. Ulagashev kabi baxshilar, M.V. Che-valkov kabi ma?rifatchilar mashhur bo?lgan. 20-asrning 20-yillarida yozuvchi M. V. Mundus-Edokov ("Qayliq", "Moziyda va hozirda" pyesalari), shoir P. A. Chagat-Stroyev ("Dono bahodir" va "Qo-raqo?ro?m" dostonlari) va boshqa barakali ijod qildilar. 30?40-yillarda P. V. Kuchiyak xalq hayotini tasvirladi.

Me?morligi va tasviriy san?ati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Oltoy hududida miloddan avvalgi 2-ming yillikka oid ko?hna shahar harobalari, istehkomlarning qoldiklari saqlanib qolgan. Qoyalarda hayvon, qushlarning tasvirlari, ov manzaralarini uchratish mumkin. Qadimgi ko?chmanchilarning miloddan avvalgi 5? 3-asrlarga mansub ko?plab amaliy san?at namunalari topilgan. Qadimgi namat, guldor gilam to?qish, kashtachilik an?analari hamon davom etib keladi [1] .

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil