Oliy o?quv yurtlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oliy o?quv yurtlari , xalq xo?jaligi, fan va madaniyatning turli tarmoqlari uchun malakali mutaxassislar, ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlab berishga yo?naltirilgan o?quv muassasalari. Ularda bo?lajak mutaxassislarga oliy ta?lim berishdan tashqari, nazariy va amaliy yo?nalishdagi ilmiy ishlar ham olib boriladi, oliy va o?rta maxsus maktablarning professor-o?qituvchilari, tegishli yo?nalishdagi ishlab chiqarish va madaniyat sohalarining mutaxassislari malaka oshiradilar. O.o?.yu.ga universitetlar, tarmoq (texnika, tibbiyot, ped., madaniyat, iqtisod va boshqalar) institutlari, oliy harbiy yoki texnika o?quv yurtlari, o?quv akademiyalari, oliy maktablar kiradi.

O.o?.yu.ning dastlabki ko?rinishlari bo?lmish falsafa maktablari miloddan avvalgi 5? 3-asrlarda Afina va Rimda vujudga keldi. Musulmon Sharqida esa islom qabul qilinib, shiddat bilan yoyilgan 10-asrga kelib arab xalifaligiga qarashli Iroq, Suriya, Misr mamlakatlarida O.o?.yu.ning Madrasa shakli qaror topdi. Musulmon Renessansining yuzaga chiqishida Madrasa ta?limi tizimi muhim ahamiyatga ega bo?ldi.

O.o?.yu. sifatida universitetlar musulmon madrasalari ta?sirida G?arb Renessansining bo?lg?usi o?choklarida ancha keyin: 11 ?12-asrlarda Italiya (Saler-no va Bolonya), Fransiya (Parij), 12-asr oxiri ? 13-asr boshlarida Ispaniya (Salamanka) va Angliyada (Oksford) paydo bo?ldi. Keyinchalik universitetlar boshqa mamlakatlarda ham ochila boshladi. Rossiyada birinchi oliy o?quv yurti 1725-yilda ochilgan Peterburg Fanlar akademiyasi krshidagi Akademiya universiteti edi. 1755-yil M. Lomonosov tashabbusi bilan Moskva universiteti ochildi.

Mamlakatimiz hududidagi ilk oliy o?quv yurti Abu Bakr Muhammad Narsha-xiyning "Buxoro tarixi" asarida ay-tib o?tilgan 937 yilgi yonginda zarar ko?rgan Forjak madrasasi bo?lgan. Turkistondagi ilk O.o?.yu. 2 turga bo?lingan. Birinchi turi Madrasa deb atalgan va talabalarga ilohiy (nakdiy) va dunyoviy (aqliy) ilmlar berilib, kichikroq shaharlarda, tumanlarda faoliyat ko?rsatgan. Ikkinchi turdagi O.o?.yu.lari oliy madrasalar (madrasai a?lo) deyilgan. Oliy madrasalarda darsxonalar ham, xujralar soni ham ko?p bo?lgan, bu yerdagi mudarrislar ilm axdi tomonidan tan olingan, talabalarga berila-digan vazifalar miqsori ko?proqbo?lgan. Oliy madrasalar siyosiy va ilmiy poytaxt hisoblanmish shaharlarda faoliyat ko?rsatgan. Ularga ajratilgan vaqf yerlar miqdori katta bo?lgan va ular shahardagi eng hashamatli binolarda joylashgan. Oliy madrasada berilgan sanad (diplom) musulmon olamining barcha joylarida inobatga o?tgan. Madrasalardagi talabalar o?zlashtirish darajalariga qarab, ta?limning quyi (adno), o?rta (avsat) va yuqori (a?lo) bosqichlarini o?taganlar. Muayyan bosqichni sakkiz yilda o?tay olmagan talaba va-zifadan mahrum qilingan. Oliy o?quv yurtlariyu.ning bu tizimi to sho?rolar boshqaruvi qaror topganga qadar davom etdi. 1929-yil ga kelib, Sho?ro hukumati O.o?.yu.ning Madrasa turini rasmiy ravishda taqiqlab quydi (yana qarang Madrasa ).

O?zbekistonda zamonaviy ma?nodagi birinchi oliy o?quv yurti Turkiston ASSR Xalq komissarlar kengashi buyrugi bilan 1918 y .ning 16-martida tashkil etilgan Turkiston xal k, univer-sitetidir. Ammo bu universitet faqar rus tilida ma?lumot olgan kishilarni o?qitishga yo?naltirilgan bo?lib, o?lkaning haqiqiy egalariga oliy ma?lumot berish ko?zda tutilmagan. Millatning fikriy rivojida zamonaviy universitetlarning g?oyat ulkan o?rin tutishini anglagan Munavvarqori yetakchiligidagi ziyolidar tashabbusi va saxovatli kishilarning ko?magi bilan 1918-yil 12-mayda Xalq dorilfununining tashkil etilishi ulkan voqeaga aylangan. Xalq dorilfununi tashkil etilganda, uning qoshida adabiyot-falsafa, ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiymatematik, qishloq xo?jaligi, texnika singari 5 fakultet faoliyat ko?rsatgan. O?lkada o?rta ma?lumotli yoshlar kam bo?lgani uchun ham Xalq dorilfununi qoshida o?qishga kirishga tayyorlaydigan maktab va kurslar tashkil etilgan. 1919-yildan boshlab shu maqsadda ishchilar fakultet (rab-fak)lari yuzaga keldi. Xalq dorilfununining milliy asoslarda mustaqil ravishda faoliyat ko?rsatayotganligidan xavotirga tushgan RSFSR Xalq komissarlari kengashi 1920-yil 7-sentabrda 2 yildan oshiqroq vaqtdan buyon ishla-yotgan dorilfununni "tashkil etish" va uni davlat universitetiga aylantirish haqida dekret chiqardi. Bu ish oliy o?quv yur-tida mahalliy mutaxassislarning kamroq bo?lishi va oliy ta?limning tashkil etilishida milliy xususiyatlar hisobga olinishiga imkon bermaslik uchun qilingan edi. Xalq dorilfununi 1920-yildan Turkiston davlat universiteti, 1923-yildan O?rta Osiyo davlat universiteti (SAGU), 1960-yildan Toshkent davlat universiteti (ToshDU), 2001-yildan O?zbekiston milliy universiteti (O?zbekiston milliy universiteti) tarzida atalgan.

1918-yil 8-noyabrda tashkil etilgan Turkiston sharqshunoslik instituti mamlakatimizdagi ikkinchi oliy o?quv yurtidir (bu institut 1924-yilda O?rta Osiyo davlat universitetining fakultetiga aylantirilgan). 1919-yilning 15 avgustda tashkil etilgan Turkiston o?lkasi oliy tibbiyot maktabi O?zbekistondagi uchinchi oliy o?quv yurti bo?ldi (maktab 1919-yil ning 27-noyabr

da O?rta Osiyo davlat universitetining tibbiyot fakultetiga aylantirilgan). 1927-yil Samarqandda ochilgan O?zbekiston Oliy ped. instituti (1930-yildan O?zbekiston Ped. akademiyasi) mamlakatimizdagi to?rtinchi oliy o?quv yurti hisoblanadi. 1933-yil shu oliy maktab negizida O?zbekiston davlat universiteti (1960-yildan Alisher Navoiy nomidagi Samarqand universiteti) tashkil bo?ldi.

1929-yil O?rta Osiyo davlat universiteti negizida bir qator O.o?.yu. tashkil etildi. O?rta Osiyo qishloq xo?jalik instituti (qarang Toshkent agrar universiteti ), O?rta Osiyo Paxtachilik va irrigatsiya politexnika instituti (qarang Toshkent irrigatsiya va qishloq xo?jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti ), O?rta Osiyo energetika, O?rta Osiyo geolo-razvedka (bular keyinchalik Toshkent texnika universitetining fakultetlariga aylantirilgan) va O?rta Osiyo qurilish (qarang Toshkent me?morlik va kurilish instituti ) singari O.o?.yu. tashkil topgan. 1931-yil O?rta Osiyo davlat universiteti asosida To-jikiston Qishloq xo?jaligi, Oliy ped., Turkmani-ston Zooveterinariya institutlari, O?rta Osiyo tibbiyot instituti, O?rta Osiyo Plan instituti (qarang Toshkent iktisodiye’t univer-siteti ) tashkil etildi. O?rta Osiyo respublikalaridagi 15 oliy o?quv yurti va o?nlab ilmiy tadqiqot muassasalari SAGUdan ajralib chiqqan. 20-asrning 30?40-asrlarida O?zbekistondagi ko?plab O.o?.yu. O?rta Osiyo miqyosida ish ko?rganligi diqqatga sazovordir. Ularda tegishli sohalar bo?yicha faqat mamlakatimizga emas, balki butun O?rta Osi-yoga oliy malakali kadrlar yetishtirib berilgan. Shu tariqa, O?zbekiston qar-dosh mamlakatlarni oliy ma?lumotli mutaxassislar bilan ta?minlash va u joylarda O.o?.yu. tizimini yaratishning o?ziga xos o?chog?i bo?ldi.

Ikkinchi jahon urushigacha bo?lgan davrda O?zbekistonda bir nechta O.o?.yu. tashkil etildi. 1932-yil O?rta Osiyo Temir yo?l injenerlari instituti (qarang Toshkent temir pul transporti muhandislari instituti ), Samarqand qishloq xo?jalik instituti, Toshkent to?qimachilik va yengil sanoat instituti, O?rta Osiyo Sovet qurilishi va huquqi instituti (qarang Toshkent yuridik instituti ), 1935-yil Toshkent ped. instituti (qarang Toshkent pedagogika universiteti ), 1936-yil Toshkent konservatoriya-si, 1937-yil Toshkent farmatsevtika instituti tashkil topdi.

1940/41 o?quv yilida O?zbekistonda 30 oliy o?quv yurti bo?lib, ularda 19061 talaba o?qigan. Ikkinchi jahon urushi yillarida O?zbekistondagi O.o?.yu. faoliyati izdan chiqdi. Talabalarning asosiy qismi frontga chaqirilgani, oliy ta?limni mablag? bilan ta?minlash nihoyatda og?irlashgani uchun ham O.o?.yu. da o?qiydiganlar miqsori keskin kamaydi. Buning salbiy oqibatlari urushdan keyingi yillarda ham yaqqol se-zilib turdi. Natijada, moddiy-texni-ka hamda o?quv-ilmiy bazasi nochorla-shib krlgan bir qator institutlar yirik O.o?.yu.ga (mas, ayrim ququq va ped. institutlari universitetlarga, o?qituvchilar institutlari ped. institutlariga) qo?shildi.

Mustaqillik arafasida O?zbekistonda 41 oliy o?quv yurti bo?lib, ulardan 3 tasi universitet (ToshDU, SamDU va 1976-yil tashkil etilgan Krraqalpog?iston universiteti), 15 tasi ped. instituti, 7 tasi texnika instituti, 3 tasi iqtisod instituti, 5 tasi tibbiyot instituti, 4 tasi qishloq xo?jaligi instituti, 3 tasi san?at instituti, 1 tasi jismo-niy tarbiya va sport instituti bo?lgan.

Mustaqillikka erishilgach, O?zbekistonda O.o?.yu. tizimi milliy asoslarda tubdan qayta qurildi. O.o?.yu. ning zamon talablariga moye, raqobatbardosh oliy malakali kadrlar tayyorlash im-koniyati yaratilishiga alohida ahami-yat berildi. Shu maqsadda universitet tizimi kengaytirildi. 1992-yilga kelib, mamlakatimizdagi untlar soni 12 taga yetdi. Mustaqillikdan keyin bir qator yangi O.o?.yu.lari tashkil qilindi. 2002-yil O?zbekistondagi O.o?.yu. soni 61 tani tashkil etdi. Shulardan 18 tasi universitet bo?lib, krlganlari institutlar, o?quv akademiyalari, oliy maktablardir. 2001/2002 o?quv yili 61 oliy o?quv yurtida 207,2 ming talaba ta?lim oldi.

O?zR Konstitutsiyasiga ko?ra, irqi, millati, jinsi, ijtimoiy mavqei, mulki, diniy e?tiqodidan qat?i na-zar, har bir O?zbekiston fuqarosi O.o?.yu.da o?qish huquqiga ega. O.o?.yu.da ta?lim davlat hisobidan va shartnoma asosida amalga oshirilishi mumkin. O.o?.yu. ga 35 yoshgacha bo?lgan o?rta va o?rta maxsus ma?lumotli kishilar (O.o?.yu.ning sirtqi bo?limida yoshga qaralmaydi) qabul qilinadi. O.o?.yu. ga kiruvchilar tanlagan mutaxassisligiga oid fanlar, ona tili va adabiyot, shuningdek, chet tillaridan umumlashgan test topshiradilar. Ijodiy harak-terdagi O.o?.yu.da (konservatoriya, san?at, jismoniy tarbiya, jurnalistika) testdan tashqari ixtisoslikdan ham imtihon topshiriladi.

O.o?.yu.ga rektor boshchilik qiladi. O?quv, ilmiy va ma?naviy-ma?rifiy ishlarga rahbarlik prorektorpar tomonidan amalga oshiriladi. O.o?.yu. fakultetlaraan tashkil topadi. F-tlarda bir yoki o?zaro bog?liq bo?lgan bir necha mutaxassislikdan talaba va aspirantlar o?qitiladi, xalq xo?jaligining tegishli sohalaridan mutaxassislar malakasini oshiradi, shuningdek, kafedralarning ilmiy tadqiqot faoliyatiga rahbarlik qiladi. F-tga dekan boshchilik qiladi.

O.o?.yu. (f-tlar) faoliyatidagi asosiy masalalarni ko?rib chiqish va hal etish uchun rektor (dekan) huzurida O.o?.yu., fakultetlar Ilmiy kengashi tashkil etiladi. Shuningdek, Oliy attestatsiya ko-miesiyasi tomonidan nomzodlik va doktorlik dissertatsiyasi yoqlash bo?yicha Himoya kengashlari ham, asosan, O.o?.yu.da tashkil etiladi.

O.o?.yu.ning professor-o?qituvchilari uchun quyidagi lavozimlar belgilangan: kafedra mudiri, professor, dotsent, katta o?qituvchi, o?qituvchi, assistent. Bular tanlov yo?li bilan har 5 yilda bir sayla-nadi. Tanlov qarorlari O.o?.yu. kenga-shida yashirin ovoz berish yo?li bilan qabul qilinadi. Ayrim yirik O.o?.yu.da dotsent, katta o?qituvchi, o?qituvchi la-vozimlariga saylash vakolati fakultet ilmiy kengashiga berilgan.

O.o?.yu.da o?quv jarayoni O?zbekiston Respublikasi Oliy va o?rta maxsus ta?lim vazirligi tasdiqlagan o?quv rejasi va dasturlar bo?yicha tashkil etiladi.

O.o?.yu.da darslarga qatnashish majburiy. O?quv yili yakuniy baholash bilan tamomlanadigan 2 semestrdan iborat. O?zbekistondagi O.o?.yu.da ta?lim 2 bosqichli bo?lib, kamida 4 yillik bakalavriat va kamida 2 yillik magistraturadan iborat. Bakalavriat bos-qichida talaba o?qigan asosiy kurelardan davlat attestatsiyasidan o?tadi va malakaviy bitiruv ishi yozadi. Magistratura bosqichida esa magistrlik dissertatsiyasi tayyorlab, himoya qiladi. Shuningdek, mamlakatimizda ekstern (ma-shg?ulotlarga qatnamay, individual tayyorgarlik asosida) yo?l bilan o?qish ham ko?zda tutilgan.

O.o?.yu.ning bakalavriat bosqichini bitirganlarga mutaxassislik, magistratura bosqichini tugallaganlarga ixtisoslik beriladi. O.o?.yu.ni bitiruvchilarga (kunduzgi, sirtqiligidan qati nazar) ixtisosi bo?yicha bir xil kuchga ega yagona namunadagi diplom beriladi. Asosiy fanlarning 75% dan ortig?ini "a?lo" baxolarga o?qigan talabalar imtiyozli diplomga ega bo?ladilar. [1]

O'zbekistonda oliy xususiy va tadbirkorlik ta'limi rivojlanmoqda. 2020-yilda TEAM universiteti O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-apreldagi 241-sonli qarori bilan xususiy tadbirkorlik universiteti sifatida tashkil etildi. TEAM universiteti № OT 0007 litsenziyasi asosida ishlaydi. [2]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. [1] . 0007 Litsenziya