한국   대만   중국   일본 
Odamsimon maymunlar - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Odamsimon maymunlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Odamsimon maymunlar , gominoidlar, antropoidlar (Hominoidea, Ahthropomorphidae) ? tor burunli maymunlar katta oilasi. Gibbonsimonlar, pongidlar, gominidlar oilalarini o?z ichiga oladi. Bir qancha belgilari, mas, gavdasining yirik bo?lishi; dumi, jag? orti xaltasi va quymich so?galining bo?lmasligi, eshitish chig?anog?ining tuzilishi bilan Odamsimon maymunlar martishkalarga nisbatan odamga ko?proq o?xshaydi. Miyasi yirik bo?lib, unda egatchalar va pushtachalar rivojlangan; miya po?stlog?ining sirti kengaygan. Tishlari odamlarnikiga o?xshash tuzilgan. Odamlarga o?xshashlik belgilari ichki organlari (jigar, buyrak va boshqalar)ning tuzilishi, appendiks o?simtasining bo?lishida ham ko?zga tashlanadi. Qon guruxlari (O, A, V va AV), qonning immunlik xususiyatlari va organizmda moddalar hamda energiya almashinuvi jarayonlari odamnikiga o?xshash. Xususan, Odamsimon maymunlarda siydik orqali boshqa sut emizuvchilar va tuban maymunlarga o?xshash allantoin emas, balki siydik kislotasi ajraladi. Anatomik tuzilishi va fiziologik xususiyatlariga ko?ra shimpanze va gorilla odamga ko?proq o?xshaydi. Buni molekul-yar biol.ga oid tadqiqotlar ham tasdiqlaydi. Masalan, shimpanze bilan odam o?rtasidagi genlarning 91%, martishka bilan odam o?rtasidagi genlarning 66% o?zaro o?xshash bo?ladi. Patologik jarayonlar va infeksion kasalliklar kechishining o?xshashligi tibbiy va biologik tadqiqotlarni o?tkazishda shimpanzedan model sifatida foydalanishga imkon beradi. Xayvonlar orasida faqat Odamsimon maymunlarda zaxm va moxov kasalligi paydo qilingan. Bo?g?ozlik va balog?atga yetish davrlari ham odamlarnikiga o?xshaydi. Jinsiy dimorfizmning kuchli rivojlanganligi, tana o?lchami, ancha murakkab xulq-atvori barcha Odamsimon maymunlar ni bir-biriga yaqinlashtiradi. [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil