O?tkir Hoshimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
O?tkir Hoshimov
Tavalludi 5-avgust 1941-yil
Vafoti 24-may 2013-yil ( 2013-05-24 )
(71 yoshda)
Ijod qilgan tillari O?zbek tili
Fuqaroligi SSSR va O?zbekiston
Yo?nalish Nasr
Janr Hikoyanavislik
Shoh asari ?Cho?l havosi“ , ?To?ylar muborak“ , ?Sizdan ugina, bizdan bugina“ , ?Vijdon dorisi“ , ?Ikki eshik orasi“

O?tkir Hoshimov – taniqli o?zbek yozuvchisi va jamoat arbobi. 1941-yili 5-avgustda Toshkentning Do?mbirobod mahallasida tug?ilgan. Toshkent Davlat universiteti filologiya fakultetida o?qigan. Turli tahririyat va nashriyotlarda ishlagan. Shuningdek, u Oliy Majlisda qo?mita raisi vazifasini bajargan.

Hayoti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

O?tkir Hoshimov 1941-yil, 5-avgustda Toshkent shahrida oddiy bir oilada dunyoga keldi. Yozuvchining bolaligi urush va urushdan keyingi mashaqqatli davrga to?g?ri keldi. ?O?sha davrda non tanqis bo?lgani bilan kutubxonalarda kitob ko?p edi“¸-deya eslagan edi yozuvchi o?z xotiralarida. [1]

Kitob o?qish barobarida O?tkir Hoshimov pochtada xat tarqatuvchi bo?lib ishladi. Aynan mana shu ish O?tkir Hoshimovni oddiy odamlarning kitobdagi hayotdan butunlay boshqa turmushiga oshno qildi.

Bo?lajak yozuvchi 1964 -yilda O?zbekiston Milliy universitetining (sobiq ToshDU ) filologiya fakulteti jurnalistika bo?limini sirtdan tugatdi.

1959?1962-yillari ?Qizil O?zbekiston“ , 1963?1966-yil ?Toshkent haqiqati“ 1966?1982-yillari ?Toshkent oqshomi“ gazetalarida adabiy xodim bo?lib ishladi.Uning kitoblari juda qiziqarli va hayotiy kitoblar hisoblanadi.

Ijodi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Yozuvchining ilk asari 1962 -yilda ?Po?lat chavandoz“ nomida ocherklar to?plami tarzida nashrdan chiqdi. Ammo yozuvchiga muvaffaqiyat keltirgan asar 1970 -yilda nashr qilingan ?Bahor qaytmaydi“ qissasi bo?ldi.

O?sha paytda nashr qilinayotgan mafkura targ?ibotidan iborat asarlar fonida yozuvchi O?tkir Hoshimovning oddiy insoniy munosabatlar haqidagi bu asari qorong?u osmonda chaqnagan mushak kabi eslanadi..

Bu asar asosida suratga olingan videofilm o?z vaqtida eng ko?p tomosha qilingan asar sifatida tarixga kirdi.

O?tkir Hoshimovning bir qancha asarlari ekranlashtirilgan. ?Xazon bo?lgan bahor“, ?Inson sadoqati“ (1975), ?Vijdon dorisi“, ?To?ylar muborak“ (1979), ?Qatag?on“ kabi drama, komediya, bir qator kinossenariylar muallifi. ?Daftar hoshiyasidagi bitiklar“(2001) kitobi ijtimoiy-ma?naviy hayotda muayyan iz qoldirgan.

?Cho?l havosi“ nomli birinchi qissasi 1963 yilda bosilib chiqqan. Talabchan adib Abdulla Qahhorning e?tiboriga sazovor bo?lgan. ?Urushning so?nggi qurboni“ , ?Yanga“ , ?Muhabbat“ , ?Dehqonning bir kuni“ , ?Umr savdosi“ , ?Quyosh tarozusi“ , ?Oq bulut, oppoq bulut“ singari o?nlab hikoyalari, ?Shamol esaveradi“ (1968), ?Bahor qaytmaydi“ (1970), ?Qalbingga quloq sol“ (1973), ?Dunyoning ishlari“ (1982), ?Ikki karra ikki-besh“ (1987) qissalari, ?Nur borki, soya bor“ (1976), ?Ikki eshik orasi“ (1985), ?Tushda kechgan umrlar“ (1993) kabi romanlar yozgan. Adib asarlarida zamonaviy o?zbek xalqining ma?naviy dunyosi, milliy ruhi, urf-odatlari tasvirlangan.

?To?ylar muborak“ , ?Sizdan ugina, bizdan bugina“ , ?Vijdon dorisi“ , ?Inson sadoqati“ , ?Qatag?on“ singari pyesalar muallif. U E. Xemenguey, K. Simonov, A. Kuprin va boshqa adiblarning asarlarini o?zbek tiliga tarjima qilgan.

O?tgan asrning sovet mafkurasi hukmron bo?lgan 70-yillarida O?tkir Hoshimov O?zbekiston televideniesida ?Bahs“ deb nomlangan eshittirishlarni olib bordi. Bu eshittirishlar yozuvchining ?Qalbingga quloq sol“ ¸"Dunyoning ishlari" ?Nur borki, soya bor“ kabi asarlarida ko?tarilgan o?tkir ijtimoiy muammolar haqidagi bahslarning davomi bo?ldi.

Keyinchalik yozuvchi ?Ikki eshik orasi“ (1986), ?Tushda kechgan umrlar“ (1994) romanlarida zamondosh-asrdosh odamlar taqdirini¸ 20-asrning eng keskin fojiaviy hodisalari Ikkinchi jahon urushi hamda mustabid tuzumning jinoyatkorona siyosati oqibatlari bilan bog?liq holda tahlil va talqin etishga urindi.

Hali O?zbekistonda Sovet mafkurasi hukmron bo?lgan 1990 -yilda O?tkir Hoshimov o?zi bosh muharrir bo?lgan ?Sharq yulduzi“ jurnalida Qur?oni karimning ilk o?zbekcha tarjimasini chop qilishga jur?at qildi.

Tarixga Gorbachev hurriyati deya kirgan "Qayta qurish va oshkoralik " davri O?tkir Hoshimovga jasorat berdi¸-deya aytish mumkin.

O?sha paytdagi O?zbekiston rahbariyati zehniyatida ashaddiy ateizm mavjudligi hisobga olinsa¸ bu haqiqatda jasorat namunasi deya eslanadigan qadam.

Toshkentdagi ?Ateizm uyi“ kabi idora vakillari Qur?on suralarida milliy kamsitish elementlari bor¸ deya ?Sharq yulduzi“ jurnalida Qur?oni karim tarjimasini chop qilinishini to?xtatishga urinishdi.

Bu to?siqlarga qaramasdan¸ O?tkir Hoshimov bu tarjimani to?lig?icha jurnalning bir necha sonlarida bosib chiqara oldi.

Marhum yozuvchi 2001 -yili ?Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni bilan mukofotlangan edi.

Noyob iste'dod sohibi O'tkir Hoshimov adabiyotga Abdulla Oripov, Omon Muxtor, Shukur Holmirzayev singari bir qator tengdoshlari bilan birga kirib keldi. O'sha paytda adabiyotimizning Oybek, G'afur G'ulom, Abdulla Qahhor, Maqsud Shayxzoda singari ulkan yozuvchilari hayot bo'lib, ularning nazariga tushish hammaga ham nasib etavermasdi.O'tkir Hoshimov esa Abdulla Qahhordek mashhur san'atkor etiborini jalb qilgan yoshlardan edi. Roman qissa,hikoyalarida so'z san'atining azaliy muammosi-inson taqdiri va qalbining badiiy tahlili ham mavjud edi.Yozuvchining romanlari, hikoyalari ko'pdir.

Umrining so?nggi yillarini O?tkir Hoshimov o?zbek hukumatining targ?ibot-tashviqot kompaniyalaridan holiroqda o?tkazdi. O?zbek prozasida zamonaviy mavzularni imkon qadar mafkuradan holi tarzda yorita olgan taniqli yozuvchi O?tkir Hoshimov 2013 -yil, 24-may kuni, 71 yoshida olamdan o?tdi. Toshkentning Do?mbirobod masjididagi juma namozidan keyin yozuvchi jasadi tuproqqa berildi.

Nashr etilgan asarlari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • Hoshimov O?. Bahor sog?inchi -T. Adabiyot va san?at nashriyoti. 2001.
  • Hoshimov O?. Hadikli tushlar. -T. Adabiyot va san?at nashriyoti. 2002.
  • Hoshimov O?. Saylanma (2 jildlik). T.: ?Sharq“ , 1993.
  • Hoshimov O?. Bahor qaytmaydi. Toshkent . G?. G?ulom nomidagi Adabiyot va san?at nashriyoti, 1993.
  • Xashimov U. Voyti i viyti… Roman. -Moskvasy. (per s uzb.). 1988.
  • Xashimov u. Den motilka. Povest i razzkazi. (Per. s uzb.) -T. Izd ?Molodaya gvardiya“ . 1970.

Adabiyot [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. [ http://www.ozodlik.org/content/article/24995895.html Тани?ли ?збек eзувчиси ?ткир ?ошимов оламдан ?тди]

Havolalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]