O?sma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

O?sma ? karamguldoshlarga mansub ko?kimtir, tuksiz ikki yillik o?t. Vohalarda madaniy va yovvoyi holda uchraydi. Ilgari G?arbiy Yevropada nil bo?yog?i olish uchun ekilgan. Birinchi yili to?pbarg hosil qiladi. Ikkinchi yili to?pbarg bo?yi 25?100 sm bo?lgan poya chiqaradi, shoxlaydi.

Barglari cho?ziq nashtarsimon, poyadagilari bandsiz, cheti tekis, poyani o?ragan, ro?vaksimon to?pgul hosil qiladi. Aprel, sentabr oylarida gullab, mevalaydi. Gullari sariq. Mevasi ingichka, cho?ziq chatnamaydigan qo?zoqcha. O?sma bargining shirasida nil bo?yog?i bor. Qadimdan o?zbek xonadonlarida ayollar qosh, ko?zlariga qo?yish uchun hovlilarda o?stiriladi.