한국   대만   중국   일본 
O?rta paleolit - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

O?rta paleolit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Paleolit so?zi (lotincha so?zdan olingan bo?lib, ― paleos qadimgi , ― litos tosh) ya?ni qadimgi tosh davri degan ma?noni beradi. Paleolit davri xronologik jihatidan milloddan avvalgi 2 million yillikdan to 12 ming yillikkacha davom etadi va uch davrga ― ilk , o?rta va so?nggi davrlarga bo?linadi. Paleolitning uch davri ham o?zining rivojlanish darajasiga qarab, mehnat qurollaridagi o?zgarishlar asosida turli davrlarga bo?linadi. Ilgari ilk paleolit davri shellgacha, shell, ashel davrlariga bo?lingan edi. Lekin keyingi davrlarda qilingan tadqiqotlar natijasida, uni olduvay va ashel davrlariga bo?lish muvofiq deb topildi. Chunki ilgarilari olduvay davri yodgorliklari kam bo?lib, uni davr tariqasida ajratish imkoni bo?lmagan. Shuning uchun shell va ashel davrlari qo?lcho?qmorlaridagi vazn jihatidan farqini e?tiborga olib ularni davrlarga ajratishgan. Keyingi yillarda esa, olduvay davri mehnat qurollarining ko?plab topilishi uning davr sifatida ajratib ko?rsatishga imkon tug?dirdi. Tarix fanining bir yo?nalishi tarixshunoslik (istoriografiya) bo?lib, har bir davr tarixining o?rganilganlik darajasini tadqiq va tahlil qilishdan iborat. Ibtidoiy jamoa tuzumi tarixini o?rganishda Gerodot, Ksenofont, Strabon, Sezar va Tatsit, Demokrit, Lukretsiy Kar, Foma Akvinskiy, Smit va Rikardo, Baxofen, Morgan, Spenser, Teylor, Lebbok, Bastian, Mak ? Lennan, Lippert juda katta hissa qo?shishgan. Sovet etnograflari dialektik va tarixiy materializm mavqeida turib, inqilobgacha bo?lgan etnografiyaning boy merosiga tanqidiy nazar bilan qarab, uni qaytadan baholadilar va shu merosni yangi tadqiqotlar bilan boyitdilar. Sovet etnograflar maktabining asosiy tadqiqot ob’yekti - konkret xalq - o?zi yaratgan madaniyatning ijodkori va uning yoyuvchisidir. Ibtidoiy jamoa tuzumi tarixi ham boshqa davrlarga nisbatan keng o?rganilgan. Bu davrga oid makonlarning tadqiq qilinishi o?rta paleolit davri xo?jalik madaniy hayotining barcha tomonlarini yoritdi. Bu davr O?.Islomov, K.Kraxmal, A.Okladnikov, V.Ranov, M.Qosimov, R.Sulaymonov, T.Mirsoatov, N.Toshkenboev, M.Jungorov, Z.Abramova va boshqalar tomonidan tadqiq qilingan. Odamning kelib chiqish jarayoni va avstralopiteklar, pitekantrop, sinantrop, geydelberg kabilarning shakllanishi, ibtidoiy odamlarning paydo bo?lishidan to davlat yuzaga kelguniga qadar bo?lgan davr ibtidoiy davr hisoblanadi. Jamoa bo?lib mehnat qilish va jamoa bo?lib istemol qilish ibtidoiy jamiyatning o?ziga xos xususiyatidir. Eng oddiy mehnat qurollariga ega bo?lgan ibtidoiy odam yakka-yakka holda tabiat kuchlariga va hayvonlarga qarshi kurasha olmas edi. Shuning uchun ibtidoiy odamlar jamoa ravishda mehnat qilib, o?z mehnatlarining mahsulini teng taqsimlar edilar. Ibtidoiy jamoa iborasi juda buyuk kashfiyot hisoblanib, u birinchi navbatda etnograf olim L.G.Morgan nomi bilan bog?liq. L.G.Morgan o?zining ?Qadimgi jamiyat“ (1877) asarida juda boy etnografik materiallarga asoslangan holda ilmiy olamga birinchi bo?lib, kishilik tarixining dastlabki sinfiy jamiyatga qadar bo?lgan davrini ikki bosqichga bo?lgan: 1-bosqich ?ibtidoiy to?da“, 2-bosqichi esa ?ibtidoiy urug?chilik jamoasi“ deb atadi. Ibtidoiy to?da bosqichi o?z mazmun va mohiyati bilan ilk ajdodlarimizning ?hayvonot“ olamidan ajralib insoniyat olamiga o?tish davri bilan harakterlanadi. L.G.Morgan bu bosqichni Ibtidoiy jamoaga kiritmagan.

Arxеologik jihatdan ilk va o‘rta palеolit davriga muvofiq kеluvchi ibtidoiy to‘da davrida yashagan ajdodlarimizning odamsimon maymun podalariga xos xatti harakatlari, ularni fan olamida eng oily tipdagi odamsimon maymunlardan tarqalgan, dеgan tasavvurni kеltirib chiqardi. Aslida, hеch bir odamsimon maymunlardan (shimpanzе, gibbon, orangutan, gorillalardan) odam tarqalmagan. Odamzotning ilk ajdodlari o’zlarining oziq tishlaridagi naqshlari va bosh miyasining maymun bosh miyasidan kattaligi bilan farq qiluvchi maymunsimon odam ajdodi (Goranna driopitеki)dan tarqalgan. Bu tipdagi odamzot ajdodlarining qoldiqlari Janubiy Afrikada zinjantrop, Indonеziyaning Yava orolida pitеkantrop (1-rasm), Xitoyda sinantrop, O’zbеkistonda fеrgantrop, Gеrmaniyada nеandеrtallar (2-rasm) nomlari ostida topib o‘rganildi. Fan olamining xulosasiga ko’ra, ular to ≪aqlli odam≫ (≪Homo sapiens≫) holatiga kеlguniga qadar (mil.av. 40?35 ming yillikka qadar) o‘zining tadrijiy shakllanish taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan. Ular eng oddiy tosh qurollardan va olovdan foydalanishni o‘rgandilar. Madaniyatning dastlabki kurtaklari vujudga kеldi, ma’noli nutq paydo bo‘ldi. Inson asta-sеkin biologik jihatdan takomillasha bordi, eng ibtidoiy (pitеkantrop, sinantrop va nеandеrtal) tiplari yuksak taraqqiy etgan va ijtimoiy mеhnat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan odam darajasiga yеtdi. Avvalo mеhnat, go‘shtni pishirib iste’mol qilish, so‘ngra so‘zlash kabi muhim sabab bo‘ldiki, bu sabablar ta’siri ostida ilk ajdodlarimizning miyasi sеkin-asta aqlli odam miyasiga aylandi. Ilk va o’rta palеolitdan uning so‘nggi bosqichiga o‘tish davrida tosh qurollarni yasashda, ovchilikda ancha yutuqlarga erishildi. Mehnat va mehnat qurollarining roli, fikr, nutqning vujudga kelishi.

Ibtidoiy to?dadan so?nggi paleolitga o?tish davrida ijtimoiy munosabatlar va odam qiyofasi ancha o?zgardi va taraqqiy etdi. O?rta Osiyoda, jumladan, O?zbekistonda ibtidoiy jamoaning har bir davriga mansub mehnat qurollari Farg?ona vodiysidagi Selung‘ur g?orida va boshqa joylarda topildi. Arxeolog A.P.Okladnikov tomonidan 1938-39-yillarda tekshirilgan Teshiktosh g?ori yodgorliklari ham mazkur davrning must?e bosqichiga mansubdir. Yuqori paleolit davri odamlari xo?jaligining asosini ovchilik tashkil etgan. Asosan bug?u, yovvoyi ot, sirtlon, arxar, qulon, tuya kabi yirik hayvonlar ovlangan. Daraxt mevalari, don va ildiz mevali o?simliklarni ham terib ovqat sifatida ishlatganlar. Baliqchilikning ham dastlabki bosqichlari paydo bo?lgan. Bu davrda ov va mehnat qurollarining turi ko?paygan. Tosh qurollari ishlash uslubi o?zgargan. Bunga esa tosh qurollarini yasash texnikasidagi yangilik sabab bo?lgan. Yorma texnika usuli ilk bosqichda keng qo?llanilgan bo?lsa, keyingi bosqichlarda retushlash usuli ixtiro qilingan. Bu qurollar turini ko?paytiribgina qolmay, ularning mayda, ya?ni ixchamlashtirishga olib kelgan. Retushlash deganda chaqmoqtosh qurolni suyakdan yasalgan ingichka va uzun tayoq bilan bir necha ming marta urib yupqa tosh paraqalar uchirib, kerakli shaklga keltirish tushuniladi. Bu usul juda murakkab bo?lib, salgina ehtiyotsizlik qilinsa, qurol sinib ketgan. Retushlangan nukleuslar to?g?ri pichoqsimon shaklga kirgan va yupqalashgan pichoqlar paydo bo?lgan. Bu davrda eng muhim mehnat qurollari tosh kesgich va tosh qirg?ich bo?lgan. Tosh kesgich qattiq materiallarni ishlashda foydalanilgan. Tosh qirg?ich uzunchoq parrakcha bo?lib, bir uchi yoysimon tig? bo?lgan, must’e davridagi qirg?ichdan ancha farq qilgan, undan yumshoq materiallarni ishlashda foydalanganlar. Paleolit davridan so‘ng mezolit davri boshlanadi.