한국   대만   중국   일본 
O?pka - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

O?pka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
O?pka va yurak.

O?pka havo bilan nafas oluvchi hayvonlar ( to?rt oyoqlilar , ba?zi baliq va shilliqqurtlar )ning nafas olish organidir. Sutemizuvchilarda o?pka ikkita bo?lib, ko?krak qafasida, yurak atrofida joylashgan bo?ladi. O?pkaning asosiy vazifasi havodan kislorod olib, qonga singdirish va qondan karbonat angidridni ajratib, tashqariga chiqarishdir. Bundan tashqari, o?pka boshqa vazifalarni (masalan, yurakni zarbadan himoyalash, angiotenzin almashtirish va hk) ham bajaradi.

O?pka  ? odam, quruqlikda yashovchi hayvonlar va ba?zi baliqlarning havodan nafas olish a?zosi. O?. ayrim mollyuskalar (quruqlikda va chuchuk suvda yashovchi qorinoyoqlilar), bo?g?imoyoqlilar (chayonlar), baliqlar (ikki xil nafas oluvchilar, panjaqanotlilar, ko?pqanotlilar), quruqlikda yashovchi umurtqali hayvonlar va odamda qon bilan nafas olingan havo o?rtasida gaz almashinuvini amalga oshiradi. Ikki xil nafas oluvchi baliqlar O?.si kataklarga bo?lingan, ko?p qanotlilarda ? silliq devorli xaltachadan iborat. Quruqlikdagi umurtqalilar O?.si qadimgi panjaqanotli baliqlar halqumi qorin qismi devorining bo?rtib chiqishi tufayli hosil bo?lgan. Suvda va quruqlikda yashovchilar O?.si silliq devorli xaltasimon, devorida burmalari bor. Sudralib yuruvchilar O?.si ham xaltasimon, lekin ichki qismi juda ko?p to?siq va burmali. Qushlar O?.si g?ovak. Sut emizuvchilar O?.sidagi bronxlarning shoxlangan uchki qismida juda mayda pufakchalar ? alveolalar bo?ladi; O?. devorlari kapillyar qon tomirlari to?ri bilan qoplangan. O?.ga havo nafas yo?llari (bo?g?iz, kekirdak, bronxlar) orqali o?tadi.

Odamda O?. bir juft bo?lib, ko?krak qafasining ikki tomonida joylashgan. U yaltiroq yupqa parda ? plevra bilan zich o?ralgan, shakli konusga o?xshash; plevra bo?shlig?idagi ozgina suyuqlik nafas olganda O?.ning erkin harakatini ta?minlaydi. Pastki yuzasi yoki asosi botiq bo?lib, ko?krak bo?shlig?ini qorin bo?shlig?idan ajratib turadigan to?siq ? muskuldan iborat diaframaga taqalib turadi. O?.ning uchi o?mrov suyagi ustidan 2?3 sm ko?tarilib, bo?yinning pastki kismiga kirib boradi. Qovurg?alarga takalgan yuzasi qavariq bo?ladi. Ichki yuzasi botiq bo?lib, yurakka va ko?ks oralig?idagi boshqa a?zolarga taqaladi; bosh bronx va O?. arteriyasi shu yuzadan O?.ga kirib, undan ikkita O?. venasi chiqadi (O?. darvozasi). Har bir O?. plevra egatchalari bilan bo?laklarga bo?linadi; chap O?. ikki (yuqori va pastki), o?ng O?. esa uch (yuqori, o?rta va pastki) bo?lakka ajralgan. O?. bo?laklari segmentlardan, bo?lakchalardan tashkil topgan (har bir O?. 10 segmentdan iborat). Segment hajmi 0,5?1,0 sm, piramida shaklida tuzilgan segmentlar esa bo?lakchalardan tashkil topgan. Bu bo?lakchalar bir-biridan biriktiruvchi to?qimadan tuzilgan devorcha va qon tomir bilan ajralib turadi. Bo?lakchalararo devorchalar nafas olishda bo?lakchalarning harakatchan bo?lishini ta?minlaydi.

Nafas bronxiolasi va undan tarqalgan nafas naychasi, pufakchalari va alveolalar qo?shilib, uzum shingili shaklidagi O?.larning struktura va funksional bir’ligi ? atsinus yoki alveolalar daraxtini tashkil etadi. 12?18 atsinus birgalikda O?. bo?lakchasini, bir nechta bo?lakchalar qo?shilib, O?. segmentini hosil qiladi.

Alveolalarning juda yupqa devori yarim o?tkazuvchi biologik membrana bo?lib, kapillyarlardagi qon bilan alveolalardagi havo o?rtasida shu parda orqali gazlar almashinadi.

O?. segmentlari o?zaro qo?shilib, O?. bo?lagi va nihoyat, O?. bo?laklaridan O?. hosil bo?ladi. O?.larda 800000 atsinuslar yoki 300?500 mln alveolalar uchraydi. Ularning sathi 30?100 m2bo?ladi. O?. bronxlari havo almashish jarayonidan tashqari, organizmda, suv, tuz va xlor miqdori bir me?yorda saqlanishiga ham yordam beradi.

Katta odamlarda ikkala O?.da o?rtacha 4,9?5,0 l havo bo?ladi. Ulardan tinch nafas olish vaqtida (har bir nafas olganda) faqat 500 ml havo O?.larga kirsa, chuqur nafas olganda esa 1600 ml toza havo kirib, 1600 ml karbonat angidridga boy bo?lgan havo chiqadi. Shunday qilib, O?.larda hayotiy havo sig?imi o?rtacha 3500? 3700 ml gacha bo?ladi. Qolgan 1300? 1400 ml havo esa qoldiq havo bo?lib, o?pkada doimo bo?ladi. O?.ga simpatik va parasimpatik nerv tolalari boradi. O?. orqali suyuqlik va ba?zi gazsimon mahsulotlar ajraladi. O?. gavda trasining muntazam bir me?yorda turishi va qon ivishini tartibga solib, organizmda oqsil, yog? va uglevodlar almashinuvida ishtirok etadi. O?. havo orqali kiradigan bakteriyalardan organizmni himoya qiladi. O?. kasalliklaridan zotshjam, o?pka emfizemasi, sil va O?. o?smasi ko?proq uchraydi.

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]