한국   대만   중국   일본 
Novgorod viloyati - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Novgorod viloyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Novgorod viloyati - Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi viloyat. 1944-yil 5-iyulda tashkil etilgan. Rossiya Yevropa qismining shimoli-g?arbida joylashgan. Shimoli-G?arbiy iqtisodiy rayon tarkibida. Maydoni 55,3 ming km². Aholisi 728,7 ming kishi (2000), asosan ruslar, shuningdek, ukrain, belorus va boshqa millat vakillari yashaydi. Shahar aholisi 71,2%. 21 ma?muriy tuman, 10 shahar, 22 shaharcha bor. Markazi? Novgorod shahri

Novgorod viloyati relyefiga ko?ra, tekislik (g?arbiy) va baland (sharqiy) qismlarga bo?linadi. G?arbiy qismi Ilmen bo?yi pasttekisligi bilan band. Janubi-sharqida Valday qirlari (eng baland joyi ? Rijoxa tog?i, 299 m) joylashgan. Iklimi mo??tadil kontinental. Qishi yum-shoq, qorli. Yanvarning o?rtacha temperaturasi ? 7°, iyulniki 16°. Yozi mo??tadil issiq. Yillik yog?in 800 mm gacha. Vegetatsiya davri 120?130 kun. Yirik daryolari: Meta, Lovat, Polist, Shelon. Ilmen ko?lidan Volxov daryosi boshlanib Ladoga kuliga quyiladi. Ko?l ko?p. Tuproqlari, asosan, chimli-podzol, shim,g?arbida botqoqlangan tuproklar. Viloyat hududining 50% o?rmon, 7% o?tloq, 11% torfli botqoqzor. Yovvoyi hayvonlardan los, tulki, qunduz, norka, sassiqko?zan, suvsar, tiyin, quyon, bo?ri bor. Daryo va ko?llarda baliq turi ko?p.

Mashinasozlik va metallsozlik (rangli televizorlar, videomagnitofonlar, televizion sistemalar, optik priborlar, yog?ochsozlik stanoklari, avtomatlashtirish vositalari va boshqalar), o?rmon, yog?ochsozlik va sellyuloza-qog?oz (mebel, qog?oz, fanera va boshqalar), oziq-ovqat (sutgo?sht, konserva, konditer), kimyo (mineral o?g?itlar, metanol va boshqalar), yengil (shu jumladan, zig?irga ishlov berish) sanoatlari, xalq hunarmandchiligi ? kashtachilik ("Krestets strochka" fabrikasi) rivojlangan. Viloyatning, eng yirik korxonalari: "Akron", "Kvant", "Planeta", "Start", "Volna", "Spektr", (hammasi Novgorod shahrida); Borovichidagi o?tga chidamli qurilish materiallari kombinati, Staraya Russadagi "Starorusspribor" aviaremont zavodlari. Qishloq xo?jaligida zig?irchilik va go?sht-sut chor-vachiligi asosiy o?rinda. Bug?doy, jav-dar, suli, tolali zig?ir, kartoshka, sabzavot, yem-xashak ekinlari ekiladi. Qoramol, qo?y, cho?chqa, parranda boqiladi. 1149 km temir yo?l, 6 ming km ga yaqin avtomobil yo?li, 700 km suv yo?li bor. Volxov, Meta daryolari va Ilmen, Valday ko?llarida kema qatnaydi. 2 oliy o?quv yurti, jamoat kutubxonalari, 7 muzey, drama teatri faoliyat ko?rsatmoqda. Viloyat hududida Staraya Russa balneobalchiq kurorti, sanato-riylar bor. [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil