Nikel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nikel (nemischa Nikel, lotincha Niccolum), Ni ? Mendeleyev davriy sistemasining VIII guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 28, atom massasi 58,69. Tabiiy Nikel 5 ta barqaror izotop 58Ni (67,88%), 60Ni (26,23%), 61Ni (1,19%), 62Ni (3,66%) va MNi (1,04%) aralashmasidan iborat. Eng uzoq mavjud bo?luvchi sun?iy radioaktiv izotopi  ? 59Ni (T1/2 = 105 yil).

Nikel / Niccolum (Ni)
Atom raqami 28
Ko?rinishi Kumush rang yaltiroq metall
Atom xossasi
Atom massasi
( molyar massasi )
58,6934 m. a. b. ( g / mol )
Atom radiusi 124 pm
Ionlashish energiyasi
(birinchi elektron)
736,2 (7,63) kJ / mol ( eV )
Elektron konfiguratsiyasi [Ar] 3d 8 4s 2
Kimyoviy xossalari
Kovalentlik radiusi 115 pm
Ion radiusi (+2e) 69 pm
Elektrmanfiylik
(poling bo?yicha)
2,3<!-

Ionic Radius (pm)-->

Elektrod potensiali 1,91
Oksidlanish darajasi 0
Termodinamik xossalari
Zichlik 3, 2, 0 g / sm ³
Solishtirma issiqlik sig?imi 8,902 J /( K ·mol )
Issiqlik o?tkazuvchanlik 0,443 Vt /( m ·K )
Erish harorati 90,9 K
Erish issiqligi 1 726 kJ / mol
Qaynash harorati 17,61 K
Qaynash issiqligi 3 005 kJ / mol
Molyar hajm 378,6 sm ³/ mol
Kristall panjarasi
Panjara tuzilishi 6,6
Panjara davri kubik markazlashgan A
Panjara/atom nisbati 3,520
Debye harorati n/a K
28
Nikel
Ni
58,6934
3d 8 4s 2

Nikel? kumush kabi oq, yaxshi yassilanuvchan yaltiroq metall. Birikmalardan ajratib olingan kukun holidagi Nikelning tusi qoramtir.

Nikelning 2 ta modifikatsiyasi ma?lum: geksagonal panjarali holda kristallanadigan a-Nikel va kub panjarali r-Nikel a-Nikel 250?300° da R-Nikel ga aylanadi. Nikel 0°dan 1200° ga qadar, asosan, r-Nikel shaklida bo?ladi. Nikelning suyuqlanish temperaturasi 1455°, qaynash temperaturasi 2900°, zichligi 8,9 g/sm1.

Nikel xuddi temir va kobalt singari ferromagnit moddalar jumlasiga kiradi. Nikel kimyoviy xossalari jihatdan temir va kobaltga , mis hamda asl metallarga o?xshaydi. Valentligi 2 va 3. Nikelning juda ko?p kompleks birikmalari ma?lum.


Tarixi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Nikelni dastlab 1751-yilda shved kimyogari Nikel Kronstedt kashf qilgan va nom qo?ygan. ?Nikel“ nomi kupfernikel minerali ? Kupfernickel (NiAs) nomidan olingan (nem. Kupfer ? mis. Nickel ? jin). Bu mineral ko?rinishi bilan mis rudalariga o?xshab konchilarni ko?p chalg?itgani uchun shunday nom olgan. Nemis kimyogari Nikel Rixter 1804-yil ancha toza Nikel olishga muvaffaq bo?lgan.

19-asrning 80-yillariga qadar Nikeldan faqat zargarlikda va tanga pullar tayyorlashda foydalanilgan. Yangi Kaledoniyada va Kanadada Nikel rudalariga boy konlar ochilib, po?latga Nikel qo?shilganida po?latning xossalari yaxshilanishi aniqlanganidan keyin Nikel ishlab chiqarish sanoati keng rivoj topdi. Massa jihatidan Yer po?stining 8,103%ini tashkil qiladi. Nikel tabiatda pentlandit (Fe, Ni) 9S8, millerit  ? NiS, nikelin  ? NiAs, xloantin ? NiAs2, gersdorfit  ? NiAsS, ulmanit ? NiAsSb nomli minerallar holida va boshqa metallarning sulfidlariga aralashgan holda uchraydi. Nikelning 50 dan ortiq minerali ma?lum. Nikel ishlab chiqarishda, asosan, uning sulfidli minerallari, sulfidli misnikel rudalari, garniyerit minerali (magniy va Nikelning o?zgaruvchan tarkibli silikatlari) hamda magnitli kolchedan katta ahamiyatga ega.

Ishlatilishi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Sanoatda boshqa metallar bilan qotishmalar holida ishlatiladi. Mis , temir , xrom va boshqa elementlarning nikelli qotishmalari korroziyaga chidamli yuqori mexanik, magnit , elektr xossalarga ega. Shuning uchun Nikel qotishmalari atom reaktorlari qurishda ishlatiladi. Nikelning talaygina miqdori ishqorli akkumulyatorlar, korroziyaga chidamli qoplamalar , quvurlar uchun ketadi. Kimyo sanoatida kimyoviy qurilmalar va katalizatorlar tayyorlashda ishlatiladi.


Nikel organizm uchun zarur mikroelementlardan hisoblanadi. O?simlik tarkibida 5,010"5%, quruqlikdagi hayvonlar organizmida l,0-10"6%, dengiz hayvonlari organizmida 1,6104% Nikel bo?ladi. Nikel arginaza fermetini faollashtiradi va oksidlanish jarayoniga ta?sir ko?rsatadi.

Nikel birikmalari . [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Nikel galogenlar bilan birikib, asosan, digalogenidlar hosil qiladi.

Nikel diftorid, NiF2 ? yashilsarg?ish tetragonal panjarali kristallar. Suyuqlanish temperaturasi 1452°, zichligi 4,72 g/sm³. Suvda oz eriydi. NiO, NiCl2 yoki nikelning boshqa birikmalariga ftor ta?sir ettirib olinadi. Kimyoviy reaksiyalarda katalizator, tok manbalarida katod, lazer materiallarning komponenti sifatida qo?llanadi.

Nikel triftorid, NiF3 ? KHF2 eritmasini elektroliz qilishda pushti rangli qoldiq ko?rinishida hosil bo?ladi. Kuchli oksidlovchi, suvda parchalanib, undan kislorod ajratib chiqaradi.

Nikel dixlorid NiCl2 ? yashil rangli trigonal panjarali kristallar. Suyuqlanish temperaturasi 1009°, zichligi 3,54 g/sm³. Suvda yaxshi eriydi. Nikellashda, nikel kukuni olishda, katalizator sifatida, shuningdek, termosezgir bo?yoqlar tayyorlashda ishlatiladi.

Nikel dibromid, NiBr2 ? sarg?ish jigarrang trigonal panjarali kristallar. Suyuqlanish temperaturasi 963°, zichligi 5,45 g/sm³; gigroskopik, suvda, spirtda yaxshi eriydi. Suvli erit-malaridan yashil rangli geksagidrat NiBr2-6H2O holida ajralib chiqadi.

Nikel diyodit, Nil2 ? po?lat kabi kulrang yoki qora rangli, trigonal panjarali kristallar. Suyuqlanish temperaturasi 797°, zichligi 5,83 g/sm³, gigroskopik, suvda, spirtda yaxshi eriydi. Geksagidrat Nil2 6N2O ko?k-yashil rangli kristall modda. Nikel bromid va nikel diyodit katalizatorlar va termosezgir bo?yoqlar olishda qo?llanadi.

Nikel oksidlaridan nikel monooksid, NiO to?g?risidagina ishonchli ma?lumotlar bor. Olinish usuli va holatiga qarab NiO och yashildan to?q yashil ranggacha o?zgaradi. a- va R-shakllari mavjud. Kuchsiz asos xossaga ega, suvda erimaydi. 2 valentli nikel tuzlarini 1000?1100° da qizdirish yoki nikelni kislorodli muhitda yoki havoda qizdirish yo?li bilan olinadi.

Nikel karbonat, NiCO3 ? yashil (zichligi 4,39 g/sm³) yoki sariq (zichligi 4,6 g/sm³) rangli kristallar. 300°dan yuqorida parchalanadi. Keramika va shisha ishlab chiqarishda pigment sifatida qo?llanadi.

Nikel nitrat, Ni (NO3)2 ? kub singoniyali yashil kristallar. Qizdirilganda avval 200?250° da Ni (NO2)2 gacha, so?ngra 300?350° da NiO gacha parchalanadi. Nikelli katalizatorlar olishda, metallarni nikellashda, rangli keramika ishlab chiqarishda ishlatiladi.

Nikel sulfat, NiSO4? romb panjarali och sariq rangli kristall modda. Zichligi 3,65 g/sm³, suvda yaxshi eriydi. Havodan nam yutib asta-sekin yashil tusga kiradi. Suvdagi eritmalaridan romb panjarali zumrad tusli go?zal kristall tuz ? Nikel kuporosi NiSO4 7N2O holida ajralib chiqadi. Toza nikel olishda, galvano-texnikada, metallarni nikellashda ishlatiladi.

Nikel oltingugurt bilan NiS, NiS2, Ni2S2, Ni3S4, Ni6S5, Ni7S6 kabi sulfidlar hosil qiladi. Nikel sulfidlari tabiatda millerit ? NiS. xizlevudit Ni3S2, godlevskit Ni7S6, polidimit Ni3S4, voesit NiS2, pentlandit Ni5 x Fe4+vS8 (0<x<0,5) ko?rinishida uchraydi. Pentlandit, milleritli rudalar nikel ishlab chiqarishda xom ashyo, NiS, Ni3S2 ? gidrogenizatsiya va degidrogenizatsiya katalizatorlari, NiS2 ? organik sintezda katalizator sifatida qo?llanadi. Nikel uglerod (P)-oksid SO2 bilan uchuvchan suyuq birikma ? nikel tetrakarbonil Ni(CO4) hosil qiladi. Bu modda qizdirilganda Nikel ajralib chiqaradi. Nikel rudalaridan Nikel ajratib olish usullaridan biri ana shu moddaning hosil bo?lishiga asoslangan.

Adabiyot [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • Perelman NikelNikel, Zvorikin NikelYa., Kobalt va nikel, Nikel, 1975; Xudyakov NikelNikel, Tixonov NikelNikel, Deyev V. I., Metallurgiya medi, nikelya i kobalta, t.2, 2 izd., M, 1977.

Temirjon Otaqo?ziyev. [1]

Nikel  ? unsurlar davriy jadvalining 28 unsuri, metall .

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil