한국   대만   중국   일본 
Nelly Furtado - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Nelly Furtado

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nelly Furtado
Umumiy ma?lumot
Kelib chiqishi Viktoriya , Britan Kolumbiyasi
Mamlakat Kanada
Janr pop
folk
ritm and blues
Leybl DreamWorks
Geffen
Vebsayt www.nellyfurtado.com

Nelly Kim Furtado ( 1978 -yil 2-dekabrda tug?ilgan) ? kanadalik qo?shiqchi, qo?shiqlar muallifi, instrumentalchi, ovoz yozish prodyusseri va aktrisa. U indiya va portugal ildizlarga ega. Ohirgi paytlarda Timbaland bilan birga ishlamoqda.

Nelli Furtado o?zining birinchi jiddiy ko?rsatuvida 2001-yilda, 20 yoshga endi to?lganida ishtirok etadi. U Krissi Haynd, Sara Maklaxlan va Bet Orton bilan birgalikda bisga Bob Dilanning ?I Shall Be Released“ qo?shig?ini ijro etganida hamma narsa rostdan ham sodir bo?layotganiga ishonmasdi. ?Bu tushga o?xshar edi, men o?zimdan so?rar edim ? bu profilar bilan bir sahnada men nima qilyapman?“, ? aytib beradi Nelli. Nelli Kanadada, Viktoriya shaharchasida o?sadi. Nellining ota-onasi Portugaliyadan chiqqan ishchilar sinfiga kirar edilar. Nelli hayotdagi birinchi qadamlarini tashlayotganida uning turli xil narsalarga qiziqishi va musiqaga bo?lgan muhabbati uning kelajagini belgilaydi. Nelli juda ko?p narsa bilan qiziqadi va ko?p narsaga ulguradi: u bir nechta musiqiy asboblarni chalishni biladi (gitara, gavayi gitarasi , trombon ) va bir necha tillarda qo?shiq kuylaydi (ingliz, portugal va hindi ).

Uning birinchi albomi Nellining yana bir orzusi ushalganligini ko?rsatadi. 2000-yilning sentabrida DreamWorks Records tomonidan chiqarilgan ?Whoa, Nelly!“ albomi Nelli tayyorlagan unikal tovushlar kokteylini ko?rsatadi. Hammasi Torontoda, yosh iste?dodlar bellashuvidan boshlanadi, u yerda u o?sha paytda superommaviy ?The Philosopher Kings“'ning kanalik postanovkasi bilan shug?ullanayotgan o?zining bo?lajak menejeri bilan uchrashadi. ?Kings“ ustidagi ishining tugatuvidan so?ng Jerald Ayton va Brayan Uest Nellining demo-yozuvlarini produserlashga kirishadilar. Natija o?zini uzoq kuttirmaydi, biroq qizning boshqa maqsadlari bor edi: avval Evropaga borib kelib, so?ng uyga ? ijodiy asoslarni o?rganish uchun qaytish. Menejerlar Nellini Torontoga studiyada ishni davom ettirish uchun taklif qiladilar.

U darrov rozi bo?ladi va bir necha studiyaviy sessiyadan so?ng DreamWorks Records bilan shartnomaga olib kelgan yangi materialni yozadi. Klassik asboblarni chalib, Nelli progressiv musiqa uchun ham ochiq. U juda ko?p miqdorda musiqa eshitadi, uning didi rok-musiqaning klassikasidan, Simon & Garfunkel 'ni o?z ichiga olib, to zamonaviy ideyalar ? Prodigy va Portishead 'gacha qatlamni qamraydi. Bunday musiqiy ihtiyorlarning spektri uning o?z musiqasining jarangiga hamda ijro etish yo?nalishiga ta?sir etadi. Original musiqadan tashqari ?Whoa, Nelly“ albomi ijobiy energiyaga ham ega. ?Men muhabbatni sochmoqchiman. Men mening shoularimdan so?ng odamlar yig?lashini istamayman, albatta bu yoshlar sevinch yoshlari bo?lmasa“, ? deydi qo?shiqchi.

2001-yil martda Nelli Juno Awards taqdimotining eng bosh g?olibi bo?ladi. Yosh qo?shiqchi besh mukofotdan to?rttasini oladi, shu jumladan ?Eng yaxshi muallif“, ?Yil yangiligi“ va ?I?m Like A Bird“ uchun ?Eng yaxshi qo?shiq“ unvonlariga sazovor bo?ladi. Keyingi oyda Nelli Canadian Radio Music Awards?da ?Yil yangiligi“ va ?Eng yaxshi qo?shiqchi“ nominatsiyalarida g?alaba qozonib ikki mukofotni qo?lga kiritadi. Yozda qo?shiqchi Portugaliya prezidenti Sampayo (Jorge Sampaio) oldida chiqadi. 2002-yilda Nelli Jurassic 5 guruhining ?Power In Numbers“ nomli yangi albomida yoziladi va o?zining ikkinchi albomini chiqishga tayyorlaydi.

2003-yil kuzida Nellida qiz tug?iladi, uning ismini Nevis deb qo?yishadi, o?sha yilning noyabrida esa uning yangi ?bolasi“ ? ?Folklore“ albomi paydo bo?ladi. Albom nomini Nelli quyidagicha tushuntirdi: ?Folklor ? mening tushunchamda bu qandaydir sehrli va sirli narsa. Qandaydir o?zining ildizlariga bo?lgan ishonch.Har bir insonning o?zining hoh g?amgin, hoh quvnoq folklori bo?ladi“. Yangi albom uchun materialni Nelli o?zining ?Burn in the Spotlight“ masshtabli turnesi paytida yoza boshladi.

U deyarli tezda uning yangi materiali avvalgisidan sezilarli darajada farq qilishini angladi. ?Menga tuyuldiki, men ulg?aydim, ? aytib beradi u intervyuda. ? Birinchi albomda men shunchaki qo?shiqlar yozayotgan o?smir-qizaloq edim. Va keyin ? men ataylab birinchi albomni shunday tetik va pozitiv qildim, chunki menga tuyulardiki, men sahnaga chiqib ketma-ket g?amgin qo?shiqlarni kuylay olmayman. Men dunyoga shodlik ulashmoqchi edim. Hozir esa tushundimki, men ikkalovini ham uddalay olaman“. ?Folklore“'ning yozilishida Nelliga juda ko?p mashhur musiqachilar yordam beradilar ? Incubus?ning gitarachisi Mayk Aynsiger va Beck?ning baschisi Jastin Meldal-Jonsondan tortib, to afsonaviy braziliyalik pop-qo?shiqchi Kaetano Veloso va undanda kam afsonaviy bo?lmagan The Kronos Quartet?gacha.

?Folklore“'ga ?Whoa, Nelly!“'ning hayratlanarli muvaffaqiyatini qaytara olmaydi va Nelli Furtado bir qancha vaqt davomida muhlislarning ko?zidan g?oyib bo?lishni o?ziga ep ko?radi. 2005-yilning o?rtalarida Nelli ?Loose“ nomli yangi albomi ustida aktiv ish olib borayotgani haqida yangiliklar paydo bo?ladi. Albom ustida ish dunyoning hilma xil burchaklarida olib boriladi, Braziliyadan tortib, to Los Anjelesgacha. Plastinka 2006-yilda dunyo yuzini ko?radi.

Diskografiya [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Havolalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]