한국   대만   중국   일본 
Neandertallar - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Neandertallar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Neandertal odamining rekonstruktsiyasi
Neandertal skeletlari topilgan xarita

Neandertallar ? qadimgi qazilma odamlar, o?rta paleolit davri odami hisoblanadi. Paleoantroplarning bir guruhi. Neandertal skelet qoldiqlari (bosh miya qutisi, qovurg?alarning bo?laklari, yelka hamda son suyaklari va boshqalar). 1856-yilda Neandertal vodiysida ( Germaniyaning Dyusseldorf shahri yaqinidagi neandertal g?oridan topilgan), shuningdek, Osiyo , O?rta Osiyo (qarang: Teshiktosh odami ) ning Boysun tog?laridan va Afrikada topilgan. Neandertal bo?yi uncha baland bo?lmagan (150-160 sm ga yaqin), miyasi yirik (1700 sm 3 ), lekin hozirgi odamlarnikiga nisbatan sodda tuzilgan, peshonasi anchayin turtib chiqqan, son suyagi boldir suyagiga nisbatan kalta bo?lgan. Neandertal bundan 200?35 ming yil avval ? vyurm muzligi davrida G?arbiy Yevropada, odatda, g?orlarda va ungurlarda yashab, yirik va mayda hayvonlarni ovlashgan va terib termachilik qilgan, qurollar yasashgan (Mustye madaniyati). Olov yoqishni ( tabiy olov ), uni saqlash va undan foydalanishni bilishgan, to?da bo?lib yashashgan.

Adabiyot [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • Alekseyev V. P., Stanovleniye cheloveka, M., 1984. [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil