Muxolifat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Muxolifat ( arabcha ? teskarilashish, kelishmovchilik) ? rasmiy hukumat, uning siyosati bilan kelishmay boshqacha siyosiy yo?l tutib, faoliyat yuritish. Muxolifatning mavjudligi fuqarolik jamiyatining siyosiy madaniyatini belgilab beruvchi muhim xususiyat hisoblanadi. Muxolifat bo?lishning asosiy talablari quyidagilardir: hokimiyatni boshqarish, tashkil etish bo?yicha o?z dasturiga, o?z “komanda”siga, o?z faoliyatining g?oyaviy, mafkuraviy asosiga ega bo?lish; amaldagi huquqiy normalar asosida faoliyat olib borish; o?z dasturini mafkuraviy yo?llar bilan keng jamoatchilikka yetkazish; o?z elektorati (saylovchilar doirasi)ga ega bo?lish, ular manfaatini ko?zlab qonun doirasida kurashish; hal qilinishi kerak bo?lgan vazifalarni yechish uchun alternativ (muqobil) yo?llarni taklif etib, uning to?g?riligini amalda isbotlashga harakat qilish.

Hozirgi davrda Muxolifatning rivojlangan shaklini Buyuk Britaniya va AQShda ko?rish mumkin. Muxolifat bu mamlakatlarda har tomonlama qo?llab-quvvatlanadi, uning rahbarlari rasmiy lavozimlarga ham tayinlanadi.

O?zbekistonda Muxolifatning vujudga kelishi, faoliyat yuritishi uchun huquqiy asoslar yaratildi, bu asoslar tobora rivojlantirib borilmoqda. O?zbekiston Respulkasi Konstitutsiyasida “O?zbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar. Siyosiy partiyalarda, jamoat birlashmalarida, ommaviy harakatlarda, shuningdek, hokimiyatning vakillik organlarida ozchilikni tashkil etuvchi muxolafatchi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatini hech kim kamsitishi mumkin emas” (34-modda), deb yozib qo?yilgan. Chunki Muxolifatning bo?lishi, uning amaldagi qonun va tartibotlar doirasida faoliyat yuritishi jamiyat rivojiga katta hissa qo?shadi. Muxolifat o?zining g?oyalari, takliflari, dasturlari bilan rasmiy hukumat ko?rmagan tomonlarga ishora qilib turadi. Buning natijasida rasmiy hukumat yaxshiroq ishlashga, doimo izlanib, oldinga intilishga harakat qiladi.

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]