Munitsipalitet

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Munitsipalitet (nem. Munizipalitat, lot. municipium ? o?zini o?zi idora qiluvchi jamoa) ? bir qancha mamlakatlarda mahalliy boshqaruv va o?zini o?zi boshqaruvchi saylab qo?yiladigan organlarning majmui. Ayrim mamlakatlarda (mas, AQSH, Buyuk Britaniya) shahar boshqaruv organlarigina M. deb ataladi. Moskva shahrida mahalliy o?zini o?zi boshqaruvchi organ M. deb ataladi, u munitsipal yig?ilish va mahalliy ma?muriyat boshlig?i (M. rahbari)ni o?z ichiga oladi. M. tegishli ma?muriyhududiy birlik aholisi tomonidan saylanadi va unga konstitu-siyaviy huquqda xalqhuquqiy korporatsiyalari sifatida qaraladi. Odatda, M. mer, burgomistr va shahrik. boshchiligidagi saylab qo?yiladigan rayosat hamda ijrochi mulozimlar devonidan iborat bo?ladi. M. munitsipal korxonalar, turar joy fondi va boshqa mulklar egasi bo?lishi mumkin; u davlat maktablari, sanitariya xizmati idoralari, mahalliy politsiya, bir qancha mamlakatlarda esa tibbiy xizmat va ijtimoiy ta?minot bo?yicha turli muassasalarni boshqaradi. M.ning asosiy daromad manbai aholidan yig?iladigan mahalliy soliklardir. [1]

Munitsipalitet ( nemischa : Munizipalitat , fransuzcha : municipalite , lotincha : municipium dan) ? aniq belgilangan hududga va unda yashovchi aholisiga ega o?zini-o?zi boshqaruvchi ma?muriy-hududiy birlik (odatda aholi punktlari guruhi, shahar , shahar tipidagi qishloq yoki qishloq ).

Odatda, har xil davlatlarda ikki xildagi ma?muriy birlikni munitsipalitet deb ataydilar:

  • Shahar munitsipalitetlari  ? (odatda yirik) shahar va o?sha darajadagi mavjud bo?lgan asosan qishloq tumanlarini o?z ichiga oluvchi ma?muriy birliklar. Bunday holatda boshqaruv organlari odatda mer va shahar kengashi (yoki munitsipal kengash) hisoblanadi.
  • Ayrim mamlakatlarda yagona aniqlangan darajadagi (odatda 2- yoki 3-) ma?muriy birlik, undagi shaharlarning mavjudligi va ularning soniga qaramasdan munitsipalitet deb hisoblanadi. Ko?pchilik bunday mamlakatlarda munitsipalitet  ? saylov organlari tomonidan boshqariladigan eng kichik ma?muriy birlik.

Boshqa mamlakatlarda [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Munitsipalitet quyidagi mamlakatlar ma?muriy birligi hisoblanadi:

2-daraja [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

3-daraja [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Sifat [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Munitsipal sifati shuningdek Rossiya , Ukraina va boshqa Sovet davridan keyingi mamlakatlarda davlat mulkchiligi ob?yektlariga nisbatan qo?llaniladi.

Yana qarang [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Havolalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Andoza:State-stub Andoza:Geo-term-stub