한국   대만   중국   일본 
Muhammadqodir Abdullayev - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Muhammadqodir Abdullayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhammadqodir Abdullayev
Statistikasi
Asl ismi Muhammadqodir Mamatqulovich Abdullayev
Laqabi Rock
Vazni O?rta vazn
Bo?yi 6 ft 2.5 in (1.89 m)
Millati O?zbek
Tavalludi 15-noyabr 1973-yil ( 1973-11-15 ) (50 yosh)
Andijon , Oʻzbekiston bayrogʻi O?zbekiston

Muhammadqodir Mamatqulovich Abdullayev ? 1973-yil 15-noyabrda dunyoga kelgan Andijonlik bokschi, 63,5 kg vazn bilan Olimpiada va jahon chempioni bo?lgan. O?zbekiston chempioni (1993, 1996?98), xalqaro toifadagi sport ustasi (1998). Andijon davlat universiteti talabasi (2000). Abdullayev bir necha xalqaro turnirlarning g?olibi (1994, Turkiya; 1997, Eron; 1999, Fransiya). Markaziy Osiyo o?yinlarida 1995-yil ? 2 o?rin, 1997-yil ? 1-o?rin, 13-Osiyo o?yinlari (Tailand, 1998)da 1-o?rin; Osiyoning 2 karra chempioni (1997, 1999). 1999-yil AQShning Xyuston shahrida o?tkazilgan jahon chempionatining , 2000-yil Sidneyda o?tkazilgan 27-yozgi Olimpiya o?yinlarining oltin medali bilan taqdirlangan. Qirol kubogi (1998, Tailand) hamda Jahon kubogi (1998, Xitoy) musobaqalarida eng yaxshi bokschi deb tan olingan. ? Shuhrat“ medali (1995), ? El-yurt hurmati“ ordeni (1999) bilan mukofotlangan. [1]

Jang natijalari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

1996-yilgi Atlanta Olimpiadasida O‘zbekiston vakili (yengil vazn toifasida) sifatida kurashib, Terrance Cauthenga (AQSh) 6-18 hisobida mag?lub bo?ldi. 2000-yil Sidney Olimpiadasida O?zbekiston sharafini himoya qildi (yengil o?rta vaznda) va oltin medalni qo?lga kiritdi. 1993-yil Finlandiyaning Tampere shahrida bo?lib o?tgan jahon chempionati ishtirokchisiga aylandi. Chempionatda Enrike Karrionga (Kuba) yutqazdi. 1997-yil Budapeshtda bo?lib o?tgan jahon chempionati ishtirokchisi sifatida yengil vazn toifasida qatnashdi. Chempionatda Mett Zeganga (Polsha) 3-10 hisobida mag?lub bo?lgan.

1999-yil Xyustonda bo?lib o?tgan jahon chempionatida yengil yarim o?rta vazn toifasida ushtirok etib, oltin medali sohibiga aylandi. Oydin Gasanovni (Rossiya) 10:6 hisobida mag‘lub etdi, Rikardo Williamsni (AQSh) 11:4 hisobida yengdi.

1995-yil Toshkentda bo?lib o?tgan Osiyo chempionligi yengil vazn toifasida kumush medal sohibiga aylandi. 1997-yil Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida o?tkazilgan Osiyo chempionatining yengil vazn toifasida oltin medal sovrindori bo?ldi. 1998-yil Xitoyning Chongqing shahrida bo?lib o?tgan jahon chempionati oltin medali sohibi, 1998-yil Bangkokda bo?lib o?tgan Osiyo o?yinlari oltin medali sohibi bo?ldi. 1999-yil Toshkentda bo?lib o?tgan yengil toifadagi Osiyo chempionatining oltin medalini qo?lga kiritdi [2] .

Mukofotlari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. ?O‘zbekiston iftixori“ [3] .
  2. O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi (2000)
  3. ?El-yurt xurmati“ ordeni
  4. ?Shuhrat“ medali [4]

Boks natijalari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Jang Sana Raqib Xakam Jang joyi Raundlar Natija Qo?shimcha ma?lumotlar
1 26-noyabr 2005 Ukraina bayrogʻi Ukraina Andriy Kotelnik Xaynrix Mexmert Wilhelm-Dopatka-Halle, Leverkusen, Shimoliy Reyn-Vestfaliya, Germaniya 12 Mag?lubiyat Glen Feldman 112?116
Xuan Manuel Garsiya 112?116
Jan-Fransis Tupin 112?117
2 11-iyun 2005 Migel Kotto Djonni Kallas Nyu-York, 12 Mag?lubiyat TKO9
3 15-fevral 2005 Argentina bayrogʻi Argentina Xuan Alberto Godoy Yoaxim Yakobsen Shtutgart, Baden-Vyurtemberg, Germaniya 12 G?alaba KO3
4 10-aprel 2004 AQSH bayrogʻi AQSh Jessi Felisiano Kenni Beyless Nevada AQSh 12 G?alaba TKO8
5 17-fevral 2004 Venesuela bayrogʻi Venesuela Richard Reyna Germaniya 10 G?alaba DSK9
6 15-noyabr 2003 Ruminiya bayrogʻi Ruminiya Maryan Leondraliu Bavariya, Germaniya 6 G?alaba TKO4
7 3-iyun 2003 Gaiti bayrogʻi Gaiti Emmanuel Klottey Mayk Ortega Uncasville, AQSh 10 Mag?lubiyat KO10
8 4-aprel 2002 AQSH bayrogʻi AQSh Xoel Salas Toni Uiks Nevada AQSh 10 G?alaba DSK9
9 10-mart 2002 AQSH bayrogʻi AQSh Hesus Abel Santiago Robert Byord Nevada AQSh 6 G?alaba KO4
10 3-mart 2001 Meksika bayrogʻi Meksika Migel Angel Ruis Nevada AQSh 8 G?alaba TKO5
11 21-sentabr 2001 Filippin bayrogʻi Filippin Ray Pelonia Toshkent, O?zbekiston 12 G?alaba TKO2
12 1-iyun 2001 AQSH bayrogʻi AQSh Daaniel Felix Orlean, Las-Vegas, Nevada, AQSh 6 G?alaba TKO5
13 27-aprel 2001 Meksika bayrogʻi Meksika Louis Rouis Caesars Tahoe, Sightline, Nevada, AQSh 4 G?alaba TKO1
14 6-aprel 2001 AQSH bayrogʻi AQSh Vashington Texas Station kazino, Las-Vegas, Nevada, AQSh 4 G?alaba 40-36
40-36
40-36

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. ?Muhammad Abdullaev, Olympic Games Results“ . Qaraldi: 2023-yil 6-iyun.
  3. Указ Президента Республики Узбекистан от 27 avgust 1998 года № УП-2074 ≪О награждении в связи с семилетием независимости Республики Узбекистан группы работников науки, здравоохранения, культуры, просветительства, средств массовой информации и социальной сферы
  4. Указ Президента Республики Узбекистан от 25 avgust 2000 года № УП-2704 ≪О награждении в связи с девятой годовщиной независимости Республики Узбекистан группы работников науки, здравоохранения, культуры, просвещения, средств массовой информации и общественных сфер