한국   대만   중국   일본 
Mordoviya - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Mordoviya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mordoviya , Mordoviya Respublikasi ? Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi respublika. Sharqiy Yevropa tekisligida Volga havzasida joylashgan. Maydoni 26,2 ming km². Aholisi 937,1 ming kishi (1999). Poytaxti? Saransk shahri. Ma?muriy jixatdan 22 tuman, 7 shaharga bo?linadi.

Davlat tuzumi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Mordoviya? respublika. Davlat boshlig?i ? respublika boshlig?i. Qonun chiqaruvchi organi ? davlat majlisi (parlament). Ijroiya hokimiyatni hukumat amalga oshiradi.

Tabiati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Mordoviyaning shimoli-g?arbiy shemila Oka-Don tekisligi, janubi-sharqiy qismida Volga bo?yi qirlari bor. Foydali qazilmalari: ohaktosh, dolomit, torf, mergel, gil, qumtosh. Iklimi mo?tadil kontinental. Yanvarning o?rtacha temperaturasi ?11,2°, iyulniki 19,2°. Yillik yog?in 450?525 mm. Mordoviya hududidan Okaning irsha va Sura daryolari oqib o?tadi. Tuprog?i ? podzollashgan qora tuproq, kulrang o?rmon, chimli podzol, dare vodiylarida allyuvial va torf-botqoqli tuprokdar. Respublika hududining 1/4 qismi o?rmon. Bo?ri, los, bo?rsiq, qunduz, krot, ondatra, tulki, oq va malla tovushqonlar, qushlardan qur, kulrang kaklik, karqur bor, suvda baliq ko?p uchraydi. Mordoviya qo?riqxonasi tashkil etilgan.

Aholisi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Mordoviyada mordvalar (32%), ruslar (61%), tatarlar (5%) yashaydi. Rasmiy til ?rus tili. Shahar aholisi ? 57,8%. Yirik shaharlari ? Saransk, Ruzayevka, Kovilkino.

Tarixi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Mordoviya hududidan topilgan qad. yodgorliklar neolit davriga mansubligi aniqlangan. Miloddan avvalgi 7-asrdan ? milodiy 5-asrgacha yashagan qabilalar o?troq qayot kechirib, dehqonchilik, chorvachilik, ovchilik va baliqchilik bilan shug?ullanishgan. Mordva kabilalari birinchi marta 6-asrga oid yozma manbalarda kayd etilgan. 10-asrda Vizantiya imperatori Konstantin VII Mordiyu (Mordiu) mamlakatini tilga olgan. 13?15-asrlarda mo?g?ullar zulmiga qarshi mordvalar rus xalqi bilan birga kurashdi. Qozon xonligi kulagach (1552), mordvalar Rossiya davlati tarkibida. Ammo dehkrnlar va hunarmandlarga og?ir soliqlar solinishi, mordvalarga xristian dini zo?rlik bilan tiqishtirilishi sababli ular ommaviy ravishda Volga orqasiga, keyinchalik Ural va Sibirga qochishga majbur bo?ldilar. Shundan keyingi yillarda Rossiya imperiyasi tarkibidagi boshqa millatlar boshiga tushgan kulfatlarga mordva xalqi ham duchor bo?ldi. Oktabr inkilobidan so?ng Mordoviyada sho?ro hokimiyati o?rnatildi. 1928-yilda O?rta Volga o?lkasi tarkibida Mordva okrugi tashkil etildi. U 1930-yilda muxtor okrugga, 1934-yilda muxtor respublikaga aylantirildi. 1990-yildekabrda respublikaning davlat suvereniteti haqida Deklaratsiya qabul qilindi. 1991-yilda prezident lavozimi joriy etildi. 1994-yildan Mordoviya Respublikasi deb atala boshladi.

Xo?jaligi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Mordoviya ? industrial-agrar o?lka. Yalpi mahsulotning 70% sanoatda hosil qilinadi. Mashinasozlik va metall ishlash (elektrotexnika, asbobsozlik, og?ir va kimyo mashinasozligi), kimyo, yog?ochsozlik, yengil va oziq-ovqat sanoati, binokorlik materiallari ishlab chiqarish sanoatning asosiy tarmoqlari hisoblanadi. Sanoat ishlab chiqarishda mashinasozlikning salmog?i 50% ni, yengil va oziq-ovqat tarmog?ining salmog?i esa 30% ni tashkil etadi. "Lisma", "Layme" aksiyadorlik jamiyatlari elektr chiroklar, yoritkich texnikasi uskunalari, rangli televizorlar, "SAREKS", "Sentrolit" korxonalari ekskavatorlar, avtomobil sanoati uchun uzel va detallar ishlab chikaradi. Umet, Kiselevka, Ardatovda yog?ochsozlik, Kondrovka, Temnikovda sel-lyulozaqog?oz, Shiringushi, Insarda yengil sanoat, Saranskda rezinatexnika korxonalari bor. Tibbiyot asbob-anjomlari va doridarmonlar ham ishlab chiqariladi. Yiliga o?rtacha 1,5 mlrd. kVtsoat elektr energiya xreil qilinadi.

Qishloq xo?jaligi go?shtsut chorvachiligiga (70%) ixtisoslashgan. Mordoviyaning shimoli-sharqida cho?chqachilik va parrandachilik rivojlangan. Donli ekinlardan arpa, javdar, bug?doy ko?proq ekiladi. Qand lavlagi, kartoshka, sabzavot, tamaki, kungabokar ham yetishtiriladi. Asal-arichilik bilan shug?ullaniladi. Bog?lar ko?p.

Xalq xo?jaligi yuklari, asosan, avtomobil (uz. ?5 ming km dan ortiq) va temir yo?l (uz. ? 543 km) transportida tashiladi. Saransk orkali gaz quvuri o?tkazilgan. Saransk aeroporti bor. Mordoviya chetga, asosan, mashina va jihozlar (ko?proq elektr tovarlari), shuningdek, televizorlar, gazmol chiqaradi.

Sog?liqni saqlash [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

1913-yil Mordoviyada hammasi bo?lib 517 o?rinli 29 kasalxona bo?lgan. 2000-yil respublikada 4,5 mingdan ortiq vrach ishlagan (10 ming kishiga 44 vrach). Vrachlar va tibbiyot xodimlari Mordoviya universiteti hamda tibbiyot bilim yurtlarida tayyorlanadi. Mordoviyada 2 sanatoriy va balchiq shifoxonasi bor.

Maorifi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Maorifi, madaniy-ma?rifiy va ilmiy muassasalari. 2000-yil respublikadagi 823 maktabda 133 ming o?quvchi, 21 o?rta maxsus o?quv yurtida 14 ming o?quvchi, 2 oliy o?quv yurtida 21,4 ming talaba ta?lim oldi. Mordoviya, loyiha konstruktorlik institutlari mavjud. Mordoviyada 600 dan ortiq ommaviy kutubxona, 800 dan ziyod klub muassasasi, kinoqurilmalar, 12 muzey, 3 teatr, filarmoniya bor.

Matbuoti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Matbuoti, radioeshittirishi va televideniyesi. Mordoviyada bir kancha gaz. va jurnallar nashr etiladi. "Mordoviya" davlat teleradiokompaniyasi ishlaydi. Moskvadan radio va teleko?rsatuvlar retranslyasiya qilinadi. Saransk shahrida telemarkaz bor.

Adabiyoti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Mordva xalqining yozma adabiyoti 20-asrning 20-yillarida vujudga keldi. Erzya va moksha adabiy tillari bor. Xalq og?zaki ijodi rivojlangan. Z.F. Dorofeyev (1890-1952) va Ya.P. Grigoshin (1888?1938) zamonaviy mordva adabiyotining asoschilaridir. 30-yillarning o?rtalariga kelib respublika yozuvchilari poema, drama, qissa janrida ijod qildi. Shu yillarda A.M. Lukyanovning "Kinel", A. D. Kutorkinning "Qora ustun", T.A. Rapta-novning "Chixangora ostida" romanlari yaratildi. Mordva adabiyotining klassiklari P. S. Kirillov, M. I. Bez-borodov va boshqa ham o?z ijodiy faoliyatlarini shu davrlarda boshlaganlar.

50-yillar oxiri va 60-yillar boshidan sotsial roman vujudga kela boshladi (K. G. Abramovning "O?rmon shovullashni qo?ymadi" trilogiyasi, S. S. Bebanning "Bahorgi qushlar" romani va boshqalar). 90-yillardan mordva adabiyoti rivojida yangi davr boshlandi. Adabiyot maydoniga kirib kelgan yoshlar xalqning mashaqqatli hayoti va kelajak orzularini ifodalay boshladilar.

Me?morligi va tasviriy san?ati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Mordoviya hududidan jez davriga oid naqshli so-pol idishlar topilgan. Ilk temir davridayoq qarorgohlar vujudga kela boshlagan. Shoksha va Kelginin qabristonlaridan 9? 11 -a.larga oid jez taqinchoqlar topilgan.

Mordoviya dehqonlarining turar joylari ruslarnikiga o?xshash bo?lsada, lekin yashash joyi va xo?jalik imoratlari qo?rg?onning ichkari qismida bo?lgan. Eski qishloqlar uya rejasida edi. 18-asrdan ular ko?cha rejasi bo?yicha qayta kurila boshladi. Keyingi davrda shaharlarni qayta qurishga kirishildi. Mordoviyada kashtachilik, yog?och o?ymakorligi, metall bezaklar yasash avj olgan. Tasviriy san?at rivojlana boshladi. 20-asrning boshlaridan haykaltarosh S. D. Erzining ishlari mashhur bo?ldi. Keyingi yillarda I. N. Abramov, N.B. Yerushev, V. A. Berezin va boshqalarning asarlari yuzaga keldi.

Musiqasi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Musiqasi Volga bo?yi xalqlari ijodiga yaqin. Mavsum va mehnat (dehqonchilik) qo?shiqlari mordva xalqining qad. qo?shiq janri hisoblanadi. Lirik va epik qo?shiqlar bilan bir qatorda la-parlar, raqs tushib va xor bo?lib aytiladigan qo?shiqlar ham tarqalgan. Kad. musiqa asboblari ? qamish nay, skripka; keyinchalik garmon, balalayka, gitara, bayan rayem bo?ldi. Professional musiqa madaniyati 1930-yillardan rivojlana boshladi. Saranskdagi opera va balet teatri (1937?48) milliy musiqa madaniyatining rivojlanishiga katta hissa qo?shdi. "Umarina" qo?shiq va raqs ansambli, L. P. Kiryukov nomidagi musiqa bilim yurti, Xalq ijodiyoti uyi, uning qoshida "Kelu" qo?shiq va raqs xalq ansambli, bolalar musiqa maktablari bor.

Teatri [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Mordoviya milliy teatr san?atining ildizlari to?y marosimlari va xalq o?yinlariga borib taqaladi. 1891-yilda Sudosev qishlog?i (hozirgi Chamza tumani)da dehqonlarning opera truppasi tashkil etildi. Unda "G?anim kuchi", "Yermak", "Ilya Muromets", "Rossiya tonggi" kabi operalar sahnalashtirildi. Jamoa ko?pgina shaharlarda tomosha ko?rsatdi va 1914-yilda o?z faoliyatini to?xtatdi. 1901-yilda Ichalka qishlog?ida tashkil etilgan xalq teatri bir necha yil fa-oliyat ko?rsatdi. 20-yillar arafasida milliy havaskorlik teatri vujudga kelib, dolzarb mavzularda va ertaklar asosida spektakllar ko?rsatdi. 1930-yil Saranskda birinchi musiqali drama studiyasi tashkil etildi. 1932-yil u Mordoviya davlat drama teatriga aylantirildi va "Momaqaldiroq", "Aybsiz aydorlar", "Revizor" kabi mumtoz asarlar hamda mordoviyalik dramaturglarning pyesalari sahnalashtirildi. 1959-yildan u musiqali drama teatri sifatida ishlay boshladi. Keyingi yillarda mahalliy mualliflarning asarlariga ko?proq e?tibor berila boshladi. Saranskda qo?g?irchoq teatri (1935-yildan) ishlaydi. Teatr arboblari orasida S. I. Kolganov, A. A. Arjadeyeva, V. V. Dolgov, N. A. Ivanov, I. G. Kudelkina, G. M. Mele-xin va boshqa bor. [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil