한국   대만   중국   일본 
Molekulyar massa - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Molekulyar massa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Molekulyar massa ? kimyoviy birikma molekulasining uglerod birligi (uglerod nuklidi |2S atom massasining ?/|2 qismi)da ifodalangan massasi, molekulani tashkil qilgan elementlar atom massasalarining yig?indisi. Ba?zan ma?lum tarkibli turli moddalar aralashmasi uchun ham mol. m. aniqlanadi. Mas, havo, garchi bir qancha gazlar aralashmasidan iborat bo?lsa ham, uning o?rtacha mol. m. bor. Havoning hisoblab topilgan o?rtacha mol. m. 29 ga teng. Mol. m. ? moddaning asosiy tavsiflaridan biri. U, shuningdek, polimer moddalarning xossalarini belgilovchi asosiy omildir. Mol. m., asosan, bug?ning zichligini o?lchash orqali, osmotik bosim orqali (Vant?Goff krnuni asosida), bug? bosimining tushishi, eritmalarning toza erituvchiga nisbatan muzlash temperaturasi pasayishi (krioskopiya) yoki kaynash temperaturasi ko?tarilishini (ebuli-oskopiya) o?lchash orqali topiladi. Uchuvchan moddalarning mol. m. mass-spektrometriya usulida, turli birikmalar aralashmasining mol. m. xromatomass-spektrometriya usulida aniqlanadi. [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil