한국   대만   중국   일본 
Moldavanlar - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Moldavanlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Moldavanlar
Moldoveni
Umumiy aholi soni

3,4 million

Katta aholiga ega mintaqalar
  Moldova 2,741,849
  Ukraina 258,619
  Rossiya 156,400
  Italiya 131,000
  Portugaliya 20,773 [1]
  Qozog?iston 14,245
  Ruminiya 15,000
  Ispaniya 12,582
  Yunoniston 9,920 [2]
  Belarus 4,300 [3]
  Latviya 1,894 [4]
  Qirg?iziston 778 [5]
  Litva 704 [6]
  Estoniya 645 [7]
  Tojikiston 300
Tillar
Rumin tili
Dinlar
Masihiylik
Qarindosh etnik guruhlar
Ruminlar

Moldavanlar (o?zlarini moldoven deb atashadi) ? Moldaviyada yashovchi xalq (2,8 mln. kishi, 1990-yillar o?rtalari). Shuningdek, Ukraina (324 ming kishidan ortiq), Rossiya (170 ming kishidan ortiq), Qozog?iston (33 ming kishi) va boshqa mamlakatlarda yashaydilar. Moldavan tilida so?zlashadilar. Dindorlari ? pravoslavlar. [8]

Moldavanlar (Moldavancha atalishi ? moldoven) ? millat. Moldova Respublikasining tub xalqi. Ummuiy soni 3,5 million kishi (2004). Antropol. tarafidan yevpoid irqiga mansub. Ruman tilining sharqiy guruhidagi moldavan tilida so?zlashadilar. Alifbosi kirillcha . Masihiylik dinining pravoslavie tarmog?iga mansub xalq. Frakiyalik qabilalarning asosida shakllandi. O?rta asrlarda sharqiy slovyanlarning bosqinchiligiga uchradi. Moldavanlar 12 asrlarda sharqiy Karpat dashtlarida millat bo?lib shakllana boshladi. Moldovanlarning milliy xo?jaligi chorvachilik, dehqonchilik (bug?doy, makkajo?xori), bog?bonchilik. Asosiy kasb-hunarlari: to?qimachilik (gilam to?qish), kulolchilik, duradgorchilik. Birmuncha tumanlarida baliqchilik, ovchilik ham yaxshi rivojlangan. milliy kiyimlari: erkaklar oq ko?ylak bilan shim, nimcha. Ayollari asosan turli naqshlar bilan bezatilgan oq ko?ylak kiyib, boshlariga ro?mol o?raydi. Oyoq kiyimlari ? teridan yasaladigan opinch. Milliy taomlarining ko?pchiligi asosan makkajo?xori va undan tayyorlanadi. Og?zaki adabiyoti ertaklarga, afsonalarga, musiqalarga, maqollarga boy. Keng qamrov olgan milliy musiqa asboblariga: kobza, nay, chimpa, v.h. Milliy raqslari (xora, jok, moldovenyaska).

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]