한국   대만   중국   일본 
Mochin - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Mochin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mochin (Ulug? Chin, Buyuk Chin) -qadimda Xitoyning shim. va shim.g?arbida yashagan xalqlar nomidan kelib chiqqan joy nomi. M.ning o?rni ijtimoiysiyosiy vaziyat yoxud xalqlarning ko?chishi natijasida o?zgarib turgan. Mahmud Koshg?ariy "Devonu lug?otit turk"da 20 ona turk qabilasidan biri, Yuqori Chinda istiqomat qilgan tabg?achlarni keyingi davrda "Mochin" deb atalganligini aytib o?tib, jumladan, "Chin va Mochin xalqlarining alo-hida tillari bo?lsa ham, shaharliklar turkiychani yaxshi biladi. Bizga yozgan xatlarini turkiy yozuv bilan yozadi", deb xabar bergan. Mahmud Koshg?ariy chizgan haritada M.ning 3 tomoni dengiz bilan o?ralgan bo?lib, uning Yaponiya (Jabrqa) bilan dengiz orqali ajralib turganligi ko?rsatilgan. Bundan M. deb Manjuriya hududi nazarda tutilganligi ayon bo?ladi. Shuningdek, asarda "Rum o?lkasidan M.gacha bo?lgan turk ellari yashagan qududning uz. 5 ming farsang, eni 3 ming farsang" bo?lganligi aytilgan. 19-asrda NM.Prjevalskiy bergan ma?lumotga ko?ra, M.liklar Sharqiy Turkistonning qad. tub joy qabilasi bo?lib, ushbu mamlakatning jan.-sharqiy qismida, Xo?tandan Keriyya orqali Charchanga boradigan qad. karvon yo?lidagi Qorong?utog? etaklarida yashaganlar. 19-asrda tog?lik M.liklar 2000 ga yaqin oilani tashkil etib, ular mongoloid va yevropeoid irqiga mansub bo?lganlar.

A).:Mahmud Kosh g?ari y, Devonu lug?otit turk, 1-j., T., 1960.

Abduxoliq Aytboyev. [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil