한국   대만   중국   일본 
Mixail Lermontov - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Mixail Lermontov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mixail Yuryevich Lermontov
Михаи?л Ю?рьевич Ле?рмонтов
Tavalludi 3 (15) oktyabr 1814
Vafoti 15 (27) iyul 1841
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi
Otasi Yury Lermontov
Onasi Mariya Arsenyeva
Imzosi

Mixail Yuryevich Lermontov ( ruscha : Михаи?л Ю?рьевич Ле?рмонтов ) [1814.3(15).10, Moskva  ? 1841.15(27).7, Pyatigorsk ] ? rus shoiri.

Biografiyas [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Bolalik chog?lari Penza gubernyasidagi Tarxan (hozirgi Lermontov) qishlog?ida kechgan. 1827-yilda buvisi Ye. A.Arsenyeva bilan birga Moskvaga ko?chib borgan va 1828-yilda Moskva universiteti qoshidagi pansionning 4-kursiga o?qishga kirgan. Dastlabki she?rlari, ?Cherkeslar“ (1828) va ?Kavkaz asiri“ (1829) dostonlari shu yerda yozilgan. L. pansiondagi 2 yillik tahsilidan so?ng 1830-yilda universitetning ma?naviy-siyosiy bo?limiga o?qishga kiradi. Lermontov Talabalik yillarida qator lirik she?rlar, doston va dramalar yozgan (?Odamlar va ehtiroslar“, 1830 va boshqalar). 1832-yilda untni tark etadi va Peterburgga borib, gvardiya podpraporshchiklari va kavaleriya yunkerlari maktabiga o?qishga kiradi. Mazkur maktabni tugatgach, Lermontov Sarskoye Seloda joylashgan gusarlar polkiga yuboriladi (1834).

Navqiron gusar ko?p vaqtini aslzodalarning ko?ngilochar davralarida o?tkazib, shu davralardan olgan taassurotlari asosida ?Maskarad“ dramasi, ?Hoji Abrek“ romantik dostoni (1835) va boshqa asarlarini yozadi. Lermontov 1837-yilda A. S. Pushkinning fojiali o?limiga bag?ishlab ?Shoirning o?limiga“ she?rini yozadi. L. bu she?rda shoirning o?limida aybdor sanalgan hukmron kuchlarni keskin qoralagani uchun Kavkazga surgun qilingan. L.ning Kavkazda bo?lishi uning shoir va rassom sifatidagi ijodiga samarali ta?sir ko?rsatdi. Kavkaz tabiati va tomi elatlar folkloriga mexr qo?ygan shoir shu yerda ?Oshiq G?arib“ (1837) sharq ertagi, ?Zamonamiz qahramoni“ (1840) romani va ko?plab rangtasvir asarlarini yaratdi. Ye. A.Arsenyeva va shoir V. A. Jukovskiyning sa?y-harakatlari bilan afv etilgan Lermontov 1838-yil yanvarda Peterburgga va aprel oyida esa Sarskoye Seloda joylashgan gusar polkiga kaytib keladi. Peturburgdagi qizg?in adabiy hayot 30-yillar oxirida L. ijodida erksevarlik yo?nalishining keng qanot yozishiga imkoniyat tug?diradi. ?O?ylar“, ?Shoir“, ?O?zingga ishonma…“, ?Payg?ambar“, ?Alvido, Rusiya, ey nopok makon“ kabi she?rlari, ?Msiri“, ?Demon“ (?Iblis“) kabi dostonlari, ?Bela“ qissasi (hammasi 1839) Lermontov ijodining kamolot bosqichiga ko?tarilganidan shahodat beradi. Shu kezlarda Fransiya elchisining o?g?li E.Barant bilan bo?lib o?tgan duel L.ning ikkinchi marta Kavkazga surgun qilinishiga sababchi bo?ladi. U Kavkazdagi piyodalar polki tarkibida bir necha harbiy yurishlarda ishtirok etadi. Uning shu vaqtda (1840, oktabr) ?Otechestvennie zapiski“ jur.da e?lon qilgan she?r va dostonlari Peterburgda katta aks-sado beradi. Bundan foydalangan Ye. A.Arsenyeva nabirasining Peterburgga ta?tilga kelishiga erishadi (1841, fevral). Ammo rasmiy doiralardagi o?ziga bo?lgan sovuq munosabatni ko?rgan Lermontov 1841-yil 13-mayda Pyatigorskka qaytib keladi. Shu vaqtda bu yerlarda istirohat qilayotgan bir guruh yoshlar Lermontov bilan zobit N. S. Martinov o?rtasida janjal chiqishiga erishadilar. 13-iyul kuni shoir duelda vafot etadi. Lermontovning xoki Tarxan qishlog?iga olib kelinib, Arsenyevlar xilxonasida dafn etilgan (1842-yil 23-aprel).

Lermontov shoir, nosir va rassom sifatida rus madaniyati tarixida faxriy o?rinlardan birini egallaydi. U o?zining eng yaxshi asarlarida erksevarlik va vatanparvarlik g?oyalarini baland pardalarda kuyladi, mustamlakachilik siyosati ulug? rus shovinizmining avj olishiga sabab bo?lishi haqida rus jamiyatini ogohlantirdi, yuksak fuqarolik ideallarini tasdiqladi. Lermontov ijodi O?zbekistonda katta e?tibor qozongan. Shoir hayotining yirik sanalari (1941, 1954, 1964, 1989) munosabati bilan o?zbek matbuoti, teatri va jamoat tashkilotlari L. ijodiga ko?p bor murojaat etdilar. Asarlari Oybek , Shayxzoda , Mirtemir , Usmon Nosir , Asqad Muxtor va boshqa tomonidan o?zbek tiliga tarjima qilingan. L.ning ?Maskarad“ dramasi O?zbek milliy akademik drama teatrida sahnalashtirilgan. Toshkent va boshqa shaharlarda L. nomi bilan atalgan maktab va ko?chalar bor. As: Asarlar, 1?2 j.lar, T., 1955; Sobraniye sochineniy, t. 1?4. M., 1964?65. Ad.: Gershteyn E. G., Sudba Lermontova, M, 1964; M.Yu. Lermontov v vospominaniyax sovremennikov, M., 1964; Umarbekova 3., Lermontov i o?zbekskaya poeziya, T., 1973. Naim Karimov . [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil