Mittivoy va Karlsson. Kichkina shahzoda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
( Mittivoy va Karlson dan yo?naltirildi)
Mittivoy va Karlsson. Kichkina shahzoda
Asl nomi Lillebror och Karlsson pa taket
Le Petit Prince
Muallif(lar) Astrid Lindgren
Antoine de Saint-Exupery
Tarjimon(lar) Husan Ro?zimatov
Xayriddin Sultonov
Til shved
fransuz
Janr(lar)i ertak
Nashriyot G?afur G?ulom nomidagi adabiyot va san?at nashriyoti
O?zbek tilida nashr etilgan sanasi 1988
Sahifalar soni 286
ISBN ISBN  5-635-00118-1

?Mittivoy va Karlsson. Kichkina shahzoda“ ? shved yozuvchisi Astrid Lindgren hamda fransuz yozuvchisi Antoine de Saint-Exupery qalamiga mansub ertak-qissalar to?plami. 1988-yil Toshkent shahrida G?afur G?ulom nomidagi adabiyot va san?at nashriyotida chop etilgan. [1]

?Mittivoy va Karlsson“ni Astrid Lindgren yozgan bo?lib, uni rus tilidan o?zbek tiliga Husan Ro?zimatov tarjima qilgan. ?Kichkina shahzoda“ esa Antoine de Saint-Exupery qalamiga mansub bo?lib, uni Xayriddin Sultonov o?zbekchaga o?girgan.

O?zbekcha to?plamni tayyorlagan redkollegiya Hakim Nazir , Anvar Obidjon , Farhod Musajonov , Quddus Muhammadiy , Raim Farhodiy , Po?lat Mo?min , Ergash Raimov , Xudoyberdi To?xtaboyev , Nosir Fozilovlardan iborat bo?lgan. Asar rasmlari S. Silka tomonidan chizilgan.

Mittivoy va Karlsson [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

?Mittivoy va Karlsson“ni shved yozuvchisi Astrid Lindgren yozgan. Uni rus tilidan o?zbek tiliga Husan Ro?zimatov tarjima qilgan.

?Mittivoy va Karlsson“dagi voqealar 1950-yilda Stokgolm shahrining Vasastan markaziy rayonida sodir bo?ladi. Voqealar bir uyda yashovchi ikki bosh qahramon ? Svantesonlar oilasining kichkina farzandi Svante va tomda yashovchi Karlsson haqidadir. To?plamga Svante hamda Karlsson haqidagi uch qissa ? ?Mittivoy va tomda yashovchi Karlsson“, ?Tomda yashovchi Karlsson yana uchib keldi“ hamda ?Tomda yashovchi Karlsson yana sho?xlik qilyapti“ qissalari kiritilgan.

Kichkina shahzoda [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

?Kichkina shahzoda“ni fransuz yozuvchisi Antoine de Saint-Exupery yozgan. Uni o?zbek tiliga Xayriddin Sultonov o?girgan.

?Kichkina shahzoda“ ilk bor 1943-yil chop etilgangan bo?lib, undagi rasmlarni muallifning o?zi chizgan. Asarda cho?lda yolg?iz qolgan uchuvchi kichik asteroiddan yerga qulagan shahzoda bilan uchrashadi. ?Kichkina shahzoda“ falsafiy asar bo?lib, unda ijtimoiy tanqid bor. Saint-Exuperyning eng mashhur asari hisoblanmish ?Kichkina shahzoda“ dunyoning 250 dan oshiq tiliga tarjima qilingan, Fransiyada esa 20-asrning eng sara kitobi deb topilgan.

Bo?limlari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • ?Mittivoy va Karlsson“
  1. ?Mittivoy va tomda yashovchi Karlsson“
  2. ?Tomda yashovchi Karlsson yana uchib keldi“
  3. ?Tomda yashovchi Karlsson yana sho?xlik qilyapti“
  • ?Kichkina shahzoda“

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. ?Mittivoy va Karlsson“  (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi . Qaraldi: 2016-yil 24-sentyabr.

Havolalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]