Miki Ando

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Miki Ando
Shaxsiy ma?lumotlari
Davlat Yaponiya bayrogʻi Yaponiya
Tavalludi 18-dekabr 1987-yil ( 1987-12-18 ) (36 yosh)
Nagoya
Bo?yi 1.62 m (5 ft 4 in)
Jamoasi Toyota SC
Oldingi jamoalari Prince Hotel
Uchishni boshlagan 1995
Yakunlagan 2013
Shaxsiy rekordlari
Qisqa dastur 67.98
Erkin dastur 134.76

Miki Ando (yaponcha:安藤 美?; 1987-yil 18-dekabrda tug?ilgan) ? yakka holda konkida uchish musobaqalarida qatnashgan yaponiyalik sobiq figurali uchuvchi. 2007 va 2011-yilgi jahon chempioni, 2011-yilgi To?rt qit?a chempioni, 2004-yil o?smirlar o?rtasidagi Jahon chempioni va uch karra (2003, 2004 va 2010) Yaponiyaning milliy chempioni bo?lgan.

Ando musobaqada to?rtta hatlab sakrashelementini muvaffaqiyatli yakunlagan birinchi ayol konkida uchuvchisidir. U buni 2002 ? 2003-yilgi mavsumda Niderlandiyaning Gaaga shahrida bo‘lib o‘tgan o‘smirlar o‘rtasidagi Gran-pri finalida amalga oshirgan

Shaxsiy hayoti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Ando 1987-yil 18-dekabrda Aichi prefekturasining Nagoya shahrida tug?ilgan. Uning otasi Ando sakkiz yoshida yo?l-transport hodisasi tufayli vafot etgan. 2006-yilda Ando Toyota jamoasiga qo?shilgan va Chukyo universitetiga o?qishga kirgan va uni 2011-yil mart oyida tugatgan. Ando ingliz tilini AQSHdagi mashg?ulot vaqtida o?rgangan. 2013-yil yanvar oyida Toyota Motor kompaniyasini tark etgan [1] .

Ando 2013-yil aprel oyida Himavari ismli qizini dunyoga keltirdi. Himavari yaponcha ?kungaboqar“ degan ma?noni anglatadi [2] .

Faoliyati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Ilk faoliyati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Ando konkida uchishni 1996-yilda sakkiz yoshida boshlagan. Uning birinchi murabbiyi Rina Xori edi. 2000 ? 2001-yilgi mavsumdan boshlab unga Nobuo Sato murabbiylik qilgan.

Kichik xalqaro debyutini qilgan Ando 2001 ? 2002-yilgi Xalqaro konkida uchish ittifoqi tomonidan o?tkazilgan o?smirlar o?rtasidagi Gran-pri (JGP) musobaqa dasturining ikkalasida ham g?olib chiqqan va JGP finaliga yo?llanma olgan va u yerda ham oltin medalni qo?lga kiritgan. Milliy miqyosda Yaponiya o?smirlar chempioni va katta bronza medali sohibiga aylangan. Ando o?z mavsumini 2002-yilgi o?smirlar o?rtasidagi Jahon chempionatida bronza medalini qo?lga kiritish bilan yakunlagan.

Ando 2002 ? 2003-yilgi JGP musobaqasining ikkala bosqichida ham g?olib chiqqan [3] . O?sha mavsumda Ando o?smirlar o?rtasidagi Jahon chempionatida kumush medalni qo?lga kiritgan.

Ando 2003 ? 2004-yillarda o?zining barcha o?smirlar o?rtasidagi musobaqalarida, jumladan, o?smirlar o?rtasidagi Gran-pri finalida, ketma-ket uchta milliy o?smirlar chempionligida va o?smirlar o?rtasidagi Jahon chempionatida g?olib chiqqan. Shuningdek, u Yaponiya chempionatida (kattalar) ham g?olib chiqib, o?zining birinchi kattalar o?rtasidagi Jahon chempionatida 4-o?rinni egallagan.

Dasturlari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Mavsum Qisqa dastur
2015 ? 2016

2014 ? 2015

  • Ballade No. 4 in F minor, Op. 52

    Frederic Chopin

Natijalari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

GP: Gran-pri; JGP: O?smirlar o?rtasidagi Gran-pri

Xalqaro
Musobaqa 98 ? 99 99 ? 00 00 ? 01 01 ? 02 02 ? 03 03 ? 04 04 ? 05 05 ? 06 06 ? 07 07 ? 08 08 ? 09 09 ? 10 10 ? 11 11 ? 12 12 ? 13 13 ? 14
Olimpiada 15 5
Jahon chemp. 4 6 1 WD 3 4 1
To?rt qit?a 3 1
Ice Challenge 2
Nebelhorn Trophy 2
Xalqaro: O?smirlar, kattalar
Jahon chemp. 3 2 1
Mlado Trophy 1 N 1 N
Milliy
Yaponiya chemp. 3 5 1 1 6 2 2 3 4 1 7
O?smirlar o?rtasidagi Yaponiya chemp. 7 3 1 1 1
Kattalar o?rtasidagi Yaponiya chemp. 3 1 1
Jamoaviy musobaqalar
World Team Trophy 3 T

5 P
Japan Open 1 T

4 P
1 T

1 P
1 T

2 P
3 T

6 P
WD: Musobaqani tark etgan
Levels - N: kattalar; J: o?smirlar
T: jamoaviy natija; P: shaxsiy natija

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. 所?契約?了について Miki Ando Official
  2. Kirk. ?Our Interview with Miki Ando and Javier Fernandez“ . The Skating Lesson . The Skating Lesson. 2015-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2015-yil 24-iyul.
  3. Longman, Jere; Mather, Victor. ?Figure Skating: Alina Zagitova Wins Russia's First Gold Medal“ . The New York Times  (2018-yil 22-fevral).