한국   대만   중국   일본 
Merosxo?rlar - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Merosxo?rlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Merosxo?rlar
Knives Out

Film posteri
Rejissyor(lar) Rian Johnson
Prodyuser(lar)
Ssenariynavis(lar) Rian Johnson
Rollarda
Bastakor(lar) Nathan Johnson [1]
Kinematografiya Steve Yedlin
Muharrir(lar) Bob Ducsay
Studiya(lar)
Distribyutor Lionsgate
Chiqarilgan sanasi
  • 7-sentyabr, 2019-yil ( 2019-09-07 ) ( TIFF )
  • 27-noyabr, 2019-yil ( 2019-11-27 ) (AQSh)
Davomiyligi 130 daqiqa [3]
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Byudjeti $40 million [4]
Daromadi $309,2 million [5]

Merosxo?rlar ( inglizcha : Knives Out ) ? 2019-yilda Rian Johnson tomonidan ishlangan hamda Lionsgate tomonidan tarqatilgan Amerika sirli filmi . Film voqealariga ko?ra, oilaviy yig?ilishlarning birida kechasi oila a?zolari nazarida patriarx o?z joniga qasd qiladi, ammo bu o?z joniga qasd yoki kimdir tomonidan uyushtirilgan jinoyat ekanligini aniqlash maqsadida tergovchi detektiv bu bo?yicha ish olib boradi. Filmda Daniel Craig , Chris Evans , Ana de Armas , Jamie Lee Curtis , Michael Shannon , Don Johnson , Toni Collette , Lakeith Stanfield , Katherine Langford , Jaeden Martell va Christopher Plummer kabi yulduzlar rol o?ynashgan.

Merosxo?rlar filmining jahon premyerasi 7-sentabrda 2019-yilgi Toronto xalqaro festivalida , kinoteatrlardagi premyerasi esa Amerika Qo?shma Shtatlarida 27-noyabr 2019-yilda bo?lib o?tdi ( Lionsgate tomonidan). Film budjeti $40 millionni tashkil etadi, dunyo bo?ylab esa $309.2 million yig?ishga muvaffaq bo?ldi. Film 77-Oltin globus mukofotida ?Musiqa yoki komediya“ turkumi bo?yicha uchta nominatsiyaga loyiq deb topildi: ?Eng yaxshi motion picture“, ?Eng yaxshi aktyor“ (Craig uchun), ?Eng yaxshi aktrisa“ (de Armas uchun). Shuningdek, 73-Britaniya akademiya film mukofoti hamda 92-Akademiya mukofotida ?Eng yaxshi original ssenariy“ nominatsiyasiga sazovor bo?ldi. Bundan tashqari, ushbu film Amerika film instituti va Milliy sharh kengashi tomonidan 2019-yilning eng yaxshi o?n filmidan biri sifatida tanlandi.

Mazmuni [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Badavlat yozuvchi Harlan Thrombey oilasini o?zining 85 yilligi munosabati bilan tug?ilgan kun bazmiga Massachusetts shtatidagi saroyiga taklif qiladi. Ertasi kuni ertalab esa Harlanning uy bekasi Fran uni o?lik holda, tomog?ini bog?izlab qo?yganini ko?radi. Politsiya bu o?z joniga qasd qildi, deb hisoblaydi, ammo anonim tarzda yollangan xususiy detektiv Benoit Blanc bu bo?yicha tekshiruv o?tkazadi.

Blanc Harlanning oilasi bilan munosabatlari yomonlashganini biladi: Harlan kuyovi Richardni qizi Lindaga xiyonat qilganligini aytish bilan qo?rqitadi, kelini Joni undan yillar mobaynida pul o?g?irlagani uchun ruxsatnomani bekor qilib tashlaydi, o?g?li Waltni nashriyot kompaniyasidan haydab yubordi hamda nevarasi Ransom bilan janjallashdi.

Blancdan xabardor bo?lmay, bazmdan keyin Harlanning hamshirasi Marta Cabrera unga odatdagi dori o?rniga tasodifan haddan tashqari morfin dozasini oshirib berib yuboradi va antidotni topa olmagandan so?ng, Harlanni bir necha daqiqaga yolg?iz qoldirgan. Harlan Martaning onasi hujjatsiz muhojir ekanligini bilib, Martani tez yordam chaqirishiga to?sqinlik qiladi va buning o?rniga Martani tergovdan qutqarish uchun yolg?on so?zlashni tayinlaydi. Harlan keyin boshqalarni o?z joniga qasd qilgan deb o?ylashi uchun tomog?ini bo?g?izlaydi. Harlanning keksa onasi Marta Harlanning ko?rsatmalarini bajarayotganini ko?radi, lekin uni Ransom bilan adashtiradi.

Marta agarda yolg?on so?zlaguday bo?lsa, doimo qayd qiladi, shuning uchun Blanc unga savol berganida u to?g?ri, ammo to?liq javob bermaydi. Marta Blancning tergoviga yordam berishga rozilik berganidan so?ng, qandaydir iz axtarayotgan bir paytda o?zining harakatlari to?g?risidagi dalillarga duch kelsa, ularni yashiradi.

Harlanning vasiyati o?qiladi: hamma hayratga tushgan, chunki barcha mol-mulkini Martaga vasiyat qilib qoldirgan. Ransom unga Thrombeylar oilasining g?azabidan qutulishga yordam beradi. Ransom Martani iqror bo?lishga majbur qiladi va merosning ulushi evaziga o?z yordamini taklif qiladi. Boshqa Thrombeylar Martani merosdan voz kechishga ko?ndirishga harakat qiladilar; Walt esa onasining muhojir ekanligini fosh qilish bilan tahdid qiladi.

Marta anonim shikoyat xatini qisman Harlanning toksikologik hisoboti nusxasi bilan oladi. U va Ransom tibbiy laboratoriyaga boradi, ammo bino o?t qo?yib vayron qilingan. Marta shikoyatchi bilan uchrashishni taklif qiluvchi anonim elektron pochta xabarini oladi. Blanc va politsiyachilar Marta va Ransomni ko?rishadi va bir oz mashinani ta?qib qilishdan so?ng, Ransom hibsga olinadi; Blancning ta?kidlashicha, Harlanning onasi u o?lgan kecha Harlanning xonasidan tushayotgan Ransomni ko?rgan.

Marta shikoyatchining oldiga boradi va u Harlanning saroyidagi uy bekasi Fran bo?ladi, Marta unga haddan oshiq morfin yuborilganligini aniqlaydi. Marta Franni jinoyatda ayblashi mumkinligini anglab, ikkilanadi va Franni qutqarish uchun 911 raqamiga qo?ng?iroq qiladi. Marta Blancga haqiqatni so?zlab beradi, ammo Ransom bu haqda allaqachon ma?lum qilgan. Uyda Marta Franning nasha qutisiga yashirilgan toksikologiya to?g?risidagi to?liq hisobot nusxasini topadi. Blanc uni o?qib chiqadi va Marta Thrombeylar oilasiga uning xatosi Harlanning o?limiga sabab bo?lganini tan olishidan oldin, uni to?xtatadi.

Blanc o?z mulohazalarini quyidagicha ochib beradi: Ransom Harlan barcha mol-mulkini Martaga meros qilib qoldirayotganini bilgan; Harlanning vasiyatiga binoan bir tiyinsiz qolgan Ransom, Marta Harlanni morfinni haddan oshiq yuborish bilan o?ldirishi uchun Harlanning dorivor qutisidagi dorilarni almashtiradi va antidotni o?g?irlaydi. Biroq, Marta aslida Harlanga dori idishiga yozilgan matnni o?qimasdan turib, tajribali bo?lgani uchun dori hajmiga qarab, to?g?ri dori-darmonlarni bergan va shuning uchun Harlanning o?limida mutlaqo aybsiz. Harlanning o?z joniga qasd qilishi haqida xabar topganidan so?ng, Ransom anonim tarzda Blancni Martani qotil sifatida fosh qilish uchun yollagan. Keyinchalik Fran tasodifan Ransom dalillarni yashirganini ko?radi va unga shikoyat xatini yuboradi. Ransom Martaning o?zi bilmagan holda Harlanga to?g?ri dori-darmon berganini bilib qoladi, shuning uchun shikoyat xatini Martaga yuboradi. U Martaning aybsizligi haqidagi dalillarni yo?q qilish maqsadida tibbiy laboratoriyaga o?t qo?yib yubordi. Nihoyat, u Franga haddan oshiq yuborilgan morfin yuboradi va uning manzilini Martaga elektron pochta orqali yuboradi, u Franning o?ldirilishi bilan jinoyatini yashirmoqchi bo?lgan.

Marta Franni omon qolganini aytib, yolg?on gapirish orqali Ransomni iqror bo?lishiga urinadi; Ransom iqror bo?ladi, Marta esa yolg?on so?zlagani uchun qayd qiladi, Ransom esa Fran haqiqatdan ham o?lganini aniqlaydi. Jahli chiqqan Ransom orqaga tortiladigan sahna pichog?i bilan Martaga hujum qiladi. Ransomning iqrorini yozib olgan politsiya esa uni darhol hibsga oladi.

Blanc Martaga u Harlanning o?limi bo?yicha tergovda rol o?ynaganini va uning poyafzalida qon izi borligini sezganligini aytadi. Linda Harlandan erining xiyonati haqida xatni topadi. Ransom hibsga olingandan so?ng, Marta Thrombeylarni hozir uniki hisoblangan uy balkonidan turib kuzatmoqda.

Rollarda [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • Daniel Craig roli Benoit Blanc: Dunyoga mashhur xususiy detektiv, Harlanning ishini hal qilish uchun anonim tarzda yollangan.
  • Chris Evans roli Hugh Ransom Drysdale: Harlanning nevarasi (Linda va Richardning o?g?li) hamda to?pori yigit
  • Ana de Armas roli Marta Cabrera: Harlanning hamshirasi va yashirin do?sti
  • Jamie Lee Curtis roli Linda Drysdale: Harlanning to?ng?ich farzandi
  • Michael Shannon roli Walt Thrombey: Harlanning eng kichik farzandi, Harlanga tegishli nashriyot CEOsi
  • Don Johnson roli Richard Drysdale: Harlanning kuyovi (Lindaning eri)
  • Toni Collette roli Joni Thrombey: Beva (Harlanning o?rtancha farzandi Neilning rafiqasi)
  • Lakeith Stanfield roli Detektiv Lieutenant Elliott: Mahalliy politsiya detektivi
  • Katherine Langford roli Meg Thrombey: Harlanning nevarasi (Joni va Neilning qizi), liberal kollej talabasi
  • Jaeden Martell roli Jacob Thrombey: Harlanning nevarasi (Walt va Donnaning o?g?li)
  • Christopher Plummer roli Harlan Thrombey: Badavlat bir yozuvchi, 85 yoshida tug?ilgan kunidan so?ng o?lik holda topilgan.
  • Riki Lindhome roli Donna Thrombey: Harlanning kelini (Waltning rafiqasi)
  • Edi Patterson roli Fran: Harlanning uy bekasi, u Harlanning jasadini topadi.
  • Frank Oz roli Alan Stevens: Harlanning advokati
  • K Callan roli Wanetta ?Great Nana“ Thrombey: Harlanning keksaygan yuz yoshga kirgan onasi
  • Noah Segan roli Trooper Wagner: Massachusetts shtati politsiyasi detektivi hamda Harlanning kitoblari ishqibozi
  • M. Emmet Walsh roli janob Proofroc: Harlanning uyining qo?riqchisi
  • Marlene Forte roli Cabrera xonim: Martaning onasi
  • Shyrley Rodriguez roli Alicia Cabrera: Martaning singlisi
  • Kerry Frances roli Sally: Alanning yordamchisi
  • Joseph Gordon-Levitt roli detektiv Hardrock (ovoz kameo)

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. ?Nathan Johnson to Reteam with Rian Johnson on 'Knives Out'“ . Film Music Reporter (14-mart). 1-aprel, 2019da asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 11-avgust, 2019.
  2. Fleming Jr., Mike ?Toronto Whopper: MRC Buys World Rights To Daniel Craig-Rian Johnson Whodunit 'Knives Out'“ . Deadline Hollywood (7-sentabr, 2018). 31-martda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 12-mart.
  3. ?Knives Out“ . Toronto xalqaro film festivali . 23-iyul, 2019da asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 23-iyul, 2019.
  4. Roxborough, Scott ?'Knives Out' Director Rian Johnson on Shifting From 'Star Wars' to Agatha Christie-Style Whodunnit“ . The Hollywood Reporter (7-sentabr, 2019). 9-sentabr, 2019da asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 9-sentabr, 2019.
  5. ?Knives Out (2019)“ . Box Office Mojo . 16-mayda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 16-may.

Havolalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]