Menuet

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Menuet (frans. menuet, menu pas ? mayda qadam so?zidan) ? qad. fransuz xalq raqsi. 17-asrdan boshlab (Lyudovik XIV saroyida ) bal raqsi sifatida mashhur bo?lib, "qirollar raqsi" hamda "raqslarning qiroli" nomlariga sazovor bo?lgan. Tez orada butun Yevropa mamlakatlarida keng tarqalgan. Vazmin, xushmuomala harakatlardan iborat. Musiqa o?lchovi 3/4. Keyinchalik kompozitorlik musiqa ijodida rivoj topib, opera va balet (ilk namunalari ? J. B. Lyulli), kamer-cholg?u musiqa janrlari ? syuita (Paxelbel, I. S Bax, G. Gendel), sonata (I. Gaydn, V. Motsart) hamda simfoniya (Mangeym maktabi, I. Gaydn)ga kiritilgan. Shuningdek, J. Vize, P. Chaykovskiy, K. Debyussi, M. Ravel, B. Bartok, S. Prokofyev, I. Stravinskiy, A. Shyonberglarning turlicha M.lari mashxur. [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil